Xalqaro patent tasnifi.
1.8.2. Patent axborotini qidirish usullari. Ma’lumotlar bazalari bilan ishlash, jahon mamlakatlari patent xujjatlari.
1.8.1 Xalqaro patent tasnifi
Bugungi kunda zamonaviy texnik bilimlar, ixtirolar sanoat namunalari va hakozalar to’g’risidagi axborotning qanchalik muhimligi barchaga ayon. Aniq va o’z vaqtidagi axborotga ega bo’lish aksariyat holarda muvaffaqiyat va mag’lubiyat o’rtasidagi farqni bildirishi mumkin. Masalan, yangi ixtirolar to’g’risida axborotga ega bo’lmagan har qanday tadqiqot instituti kimdir allaqachon hal qilib qo’ygan muammo ustida tadqiqot olib borayotganini aniqlaguncha qancha vaqt va mablag’ni behuda sarflashi mumkin.
Bunday o’zini oqlamaydigan tavakkalchiliklarga faqat bir usul – har qanday loyihani tegishli axborot tadqiqotlari o’tkazishdan boshlash bilan yo’l qo’ymaslik mumkin.
Patent axborotini universal axborot resursi deb atash mumkin, chunki u ham
katta tijorat qimmatiga ega, xususan:
Patent axboroti doimiy ravishda hajmi oshib borayotgan zamonaviy texnika yutuqlaridan tez va to’la xabardor bo’lib borish imkonini beradi. Patentlar hamma vaqt eng so’ngi axborotni beradi, chunki bozor iqtisodiyoti va raqobat kurashi ixtirochilar (yoki ularning ish beruvchilari)ni o’z g’oyalarini patentlashni birinchi navbatdagi vazifa deb hisoblashga majbur qiladi. Chunki bir xil ixtiroga talabnoma beruvchilar ichida birinchi bo’lib talabnoma bergan kishi patent oladi va demak bu patentdan kelib chiqadigan huquqlarga ega bo’ladi;
Muhim huquqiy axborotlar, masalan, patent bilan muhofazalangan ixtiro hajmi, mutlaq huquqlarning amal qilish muddati va hokazo to’g’risidagi axborotlarni o’z ichiga oladi;
Nafaqat muayyan intellekual mulk ob’ektlarini iqtisodiy tahlil qilish, balki texnika, ishlab chiqarish tarmoqlari, tadbirkorlik faolligining rivojlanishini kuzatish imkonini beradi va hokazo;
Bundan tashqari, patent axboroti patent egalari, ixtirochilar, ularning patent agentlari bilan aloqa bog’lash uchun ular to’g’risidagi (manzili, telefonlari va h.k.) foydali axborotlarni ham o’z ichiga oladi. Bu litsenziya shartnomalari tuzish, patentlangan mahsulotni sotish yoki sotib olish, hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlari yoki innovastiya loyihalarini bajarish uchun zarur bo’lgan amaliy aloqalarni tezda o’rnatish imkonini beradi.
Patent axborotini talabnoma berilgan va sanoat mulki ob’ektlari (ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari) sifatida tan olingan turli texnik echimlari va ishlanmalar to’g’risidagi, shuningdek patentlar va ushbu mulkka tegishli sub’ektlarning huquqiy maqomi to’g’risidagi axborot deb atash mumkin.
Tuzilishi jihatidan patent axboroti shartli ravishda quyidagi axborot resurslariga bo’linadi.
Patent xujjatlari, u o’z ichiga rasmiy chop etilgan patent olish uchun berilgan talabnomalar yoki patent berilgan ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarining tavsiflari, shuningdek ro’yxatga olingan tovar belgilari to’g’risidagi ma’luotlarni oladi. Qayd etib o’tamizki, ko’p mamlakatlarda patent olishga berilgan talabnomalar Patent idoralari o’tkazadigan va talabnoma berilgan ixtiroga qarshi bo’lgan bir qator materiallarni o’z ichiga oladigan patent qidiruv to’g’risidagi xisobotlar bilan birga nashr etiladi.
Patentga bog’liq adabiyotlar, u dastlabki patent xujjatlari: referatlar, annotastiyalar, formula bandlarini taxliliy sintetik qayta ishlash natijasidagi turli materiallardan iborat bo’ladi. Bunday materiallar odatda, tarkibidagi axborotning xarakteri va maqsadiga ko’ra ixtisoslashgan turli referativ yoki obzorlarda chop etiladi.
Patent axborotining texnik va tijorat axborot manbai sifatida yuqorida sanab o’tilgan afzalliklariga patent xujjatlarining quyidagi o’ziga xos xususiyatlari tufayli erishiladi:
Barcha patent xujjatlari bir xil tuzilishga ega.
Xar bir ixtiro tavsifida ixtirodan oldingi texnika darajasi ochib beriladi va ixtironing ushbu texnika darajasiga qo’shgan xissasi (uning yangiligi) ajratib
ko’rsatiladi. Bu patent xujjatidan foydalanuvchiga boshqa ilmiy-texnik adabiyotlarni o’rganmasdan turib ham ixtironi taxlil qilish imkonini beradi, shuningdek shu soxaning texnologik rivojlanish tarixini ochib beradi.
Patent xujjatlari faqat g’oyaning o’zini ochib beribgina qolmay, balki, odatda uni sanoatda amaliy qo’llanish imkoniyati to’g’risidagi mufassal axborot (muayyan misollar)ni beradi. Aksariyat xollarda patent xujjatlari boshqa adabiyotlarda chop etilmaydigan axborotlarni beradi. Masalan, Amerika mutaxassislarining baxolashicha, AQSh patentlarida ochib berilgan texnologiyalarning kamida 70 % patent adabiyotlaridan boshqa adabiyotlarida ochib berilmagan.
Patent xujjatlari tasnif ramzlariga ega bo’lib, ular patent xujjatlarini ularning mazmuni qaysi texnika soxasiga tegishli bo’lsa, shu soxaga muvofiq tasniflash imkonini beradi. Bu esa axborot qidiruvini osonlashtirish uchun patent axboroti massivlariga ishlov berish va sistemalashtirish imkonini beradi.
Barcha patent xujjatlari bibliografik ma’lumotlar bilan ta’minlanadi, ular xuquqiy ma’lumotlar, masalan, patent berilgan sana, ixtironing ustuvorlik sanasi, talabnoma beruvchi to’g’risidagi ma’lumotlar va boshqalar keltiriladi. Patent xujjatlarini qidirish va ishlov berishni engillashtirish uchun bibliografiya umumqabul qilingan maxsus kodlar bo’yicha sistemalashtiriladi.
Patentlar tarkibida referat bo’lib, u axborot qidiruvini tezda, ixtiro tavsifi va formulasiga faqat zaruriyat tug’ilgandagina bevosita murojaat qilgan xolda, amalga oshirish imkonini beradi.
Tasnif ramzlarining mavjudligi va bibliografik ma’lumotlarning kodlanishi avtomatlashtirilgan ma’lumot-axborot tizimlari ma’lumotlar bazalarini yaratish imkonini beradi, ulardan axborot tadqiqotlari o’tkazishdan keng foydalaniladi.
BIMTning statistik ma’lumotlariga ko’ra jaxonda bir yilda beriladigan talabnomalar soni 1,5 mln. dan oshadi. Yarim milliondan ortiq talabnoma patentga aylanadi. Bugungi kunda dastlabki patentlar paydo bo’lgan vaqtdan boshlab qancha patent xujjatlari chop etilganligi to’g’risida aniq statik ma’lumotlar yo’q. Lekin taxminan ularning soni 40 mln. dan ortiqni tashkil etadi. Tabiiyki, patent xujjatlarining asosiy qismi etakchi industrial rivojlangan mamlakatlarga to’g’ri keladi.
BIMT standartlari (RST shartnomalari) bilan ixtirolarga patent berilishi so’rlagan talabnoalar bo’yicha patent-axborot qidiruvi o’tkazishda Patent idoralari (shu jumladan O’zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi) tayanadigan patent xujjatlari minimumi belgilanganda. Ushbu minimum o’z ichiga 1920 yildan boshlab Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya (sobiq SSSR bilan birga), AQSh, Franstiya, Shveystariya (faqat franstuz va nemis tillarda) va Yaponiyada nashr etilgan patent xujjatlarini oladi. Bu minimumga shuningdek Yevropa patent idorasi nashrlari va BIMT nashr qiladigan RST xalqaro patent talabnomalari kiradi.
Axborot qidiruvi texnikaning u yoki bu soxasi rivojlangan boshqa mamlakatlar bo’yicha xam o’tkazilishi mumkin. O’zbekiston patentini olish uchun talabnoma talabnoma beruvchilar albatta O’zbekiston Patent xujjatlari bo’yicha axborot qidiruvi o’tkazishlari shart. Patent axboroti qidiruvini olib borish
mamlakati qidiruvining vazifasidan kelib chiqib tanlanishi kerak. Masalan, ixtironi Avstraliyada patentlash mo’ljallanayotgan bo’lsa, axborot qidiruvi o’z ichiga Avstraliya patent xujjatlarini olishi zarur.
Axborot qidiruvi olib borishda patent xujjatlarining u yoki bu mamlakatning muayyan qonunchiligiga bog’liq bo’lgan bir nechta turlari mavjudligini bilish zarur.
Patent xujjatlarining muayyan turlari ixtiro tavsiflarida BIMTning St 16 standarti bo’yicha xarfiy raqamli kodlar bilan belgilanadi. O’zbekistonning bosh patent fondi davlat patent kutubxonasi (Toshkent sh.) xisoblanadi. Bu fondda jaxonning 57 dan ortiq mamlakatidan to’plangan ixtirolarning tavsiflari va patent byuletenlari saqlanadi.
XX asrning oxirlarida Butun jaxon Internet tarmog’ining tarqalishi munosabati bilan patent axborotidan foydalanish va unga ishlov berish samaradorligini oshirishda yangi bosqich boshlandi. Yangi axborot texnologiyalari va kommunikastiyalarining joriy etilishi bir vaqtning o’zida soni chegaralanmagan iste’molchilarning patent axboroti bo’yicha ma’lumotlar bazalari zaxiralaridan foydalanishi uchun keng imkoniyatlar ochib beradi. Yirik ma’lumotlar bazalarining rivojlanishi bilan patent axborotining eltuvchilari sifatida optik disklar va kichik patent fondlariga extiyoj pasayadi. Har bir foydalanuvchi o’z ish joyini tark etmagan xolda o’zining kompyuteri orqali kerakli axborotni oson topishi mumkin.
Bugungi kunda eng to’liq va foydalanish uchun qulay ma’lumotlar bazalari quyidagilardan iborat:
ERO espacenet (manzili: http://www.epo.org)/espacenet), u orqali Yevropa Patent idorasining patent xujjatlari, RST, Yevropa mamlakatlari, shuningdek AQSh, Yaponiya, Kanada va boshqa mamlakatlarning talabnomasini qidirish mumkin;
BIMT ma’lumotlar bazalari (manzili: http://ipdl.wipo.int), unda RST talabnomalari, AQSh, Yevropa, Lotin Amerikasi mamlakatlari patent xujjatlari mavjud;
AQSh Patent idorasi ma’lumotlar bazalari (http://www.uspto.gov/web/menu/), u 1976 yildan boshlab to’plangan to’liq matnli va referativ ma’lumotlar bazalaridan foydalanish imkonini beradi.
Rossiya sanoat mulki federal instituti ma’lumotlar bazalari (http://www.fips.ru), u axborotni rus tilida qidirish uchun qulaydir;
Devent firmasining ma’lumotlar bazalari (http://www.dervent.com/), u 1963 yildan boshlab to’plangan farmastevtika bo’yicha xujjatlar, 1995 yildan boshlab to’plangan qishloq xo’jaligi va veterinariya bo’yicha xujjatlar, shuningdek jaxonning 40 dan ortiq mamlakatidan boshqa tarmoqlar bo’yicha talabnoma va patentlarni o’z ichiga oladi.
Jaxon ma’lumotlar bazalariga kirish uchun Internet tarmog’idan foydalanish patent axborotini tezkor qidirish va ishlov berish uchun yangi imkoniyatlar ochib beradi.
Xalqaro patent tasnifining maqsadi axborotni tezda qidirib topish va ishlov berish imkoniyatini ta’minlash uchun patent xujjatlarini sistemalashtirish (tartibga solish) tizimini yaratishdan iborat. Qabul qilingan tasniflash tizimi asosida patent
fondlarida patent xujjatlari indeksastiyalanadi va joy-joyiga qo’yiladi, ma’lumotlar bazalarida axborot qidiriladi va xokazo.
Patent axborotini qidirish usullari. Ma’lumotlar bazalari bilan ishlash, jahon mamlakatlari patent xujjatlari
XPT tashkil etish tarixi 1951 yilda, Yevropa patent ishlari bo’yicha kengashi tomonidan Patent tasnifi bo’yicha kichik komitet tashkil etilgan vaqtdan boshlanadi. Bu komitet, bir qator Yevropa davlatlari o’rtasidagi kelishuvga muvofiq, o’sha vaqtda qo’llanilayotgan ixtirolarni tasniflashning turli milliy tizimlarini unifikastyalashtirish ishlarini boshladi.
1954 yilda XPTning asosiy sxemasi tuzildi. 1966 yilda XPTning kichik guruxlargacha bo’lgan aniqlikdagi ishlanmasi (to’liq sxemasi) ni ishlab chiqish ishlari tugallandi va u 1968 yilning 1 sentyabridan boshlab kuchga kirdi. 1971 yilda Xalqaro patent tasnifi bo’yicha Strasburg bitimi tuzildi. Ushbu bitimning ishtirokchilari faqat 29 davlatdan iborat bo’lsa ham, aslida jaxonning 70 dan ortiq mamlakatidagi Patent idoralari, shuningdek mintaqaviy patent idorasi ham XPTdan foydalanadi. XPTning doimiy ravishda qayta ko’rib chiqish va uning zamon talablari darajasida bo’lishini ta’minlash uchun Strasburg bitimiga muvofiq ekspertlar komiteti ta’sis etilgan bo’lib, bitimning ishtirokchi davlatlari vakillari uning a’zosidir. XPT muntazam ravishda xar besh yilda bir marta qayta ko’rib chiqiladi 2000 yilning 1 yanvaridan boshlab XPTning ettinchi taxriri amal qilmoqda.
XPT bo’yicha asosiy nashr bu sinflar ko’rsatkichi bo’lib, xar biri lotin alifbosining bosh xarflari bilan belgilanadigan 8 ta bo’limdan iborat:
A – Insonning hayotiy ehtiyojlarini qondirish; B – Turli texnologik jarayonlar;
S – Kimyo va metallurgiya; D – To’qimachilik va qog’oz; E – Kurilish;
F – Amaliy texnika; yoritish va isitish; dvigatellar va nasoslar; qurol va o’q dorilar;
G – Texnik fizika;
H – Elektr.
XPTning xar bir bo’limi sinflarga bo’linadi. Sinf ramziy ifodasiga bo’lim indeksi va ikkita raqam kiradi. Xar bir sinf shuningdek o’z nomiga ega. Misol, A – Insonning hayotiy ehtiyojlarini qondirish bo’limi o’z ichiga “A 01 qishloq xo’jaligi” “A 61 Tibbiyot” va xokazo sinflarni oladi.
O’z navbatida sinflar kichik sinflarga bo’linadi, ularning ramziy ifodasiga lotin xarfi bilan belgilanadigan bo’lim nomi, ikki xonali sondan iborat sinf belgisi va kichik sinfni bildiruvchi lotin xarflari kiradi. Misol, “A 01 qishloq xo’jaligi” sinfi “A 01 D xosilni yig’ib-terib olish, o’rim,...” va xokazo kichik sinflardan iborat.
Kichik sinflar o’z ichiga guruxlarni oladi. Guruxlarning ramziy belgisiga bo’lim indeksi, sinf, kichik sinf belgisidan tashqari bitta, ikkita yoki uchta
raqamdan iborat ifoda kiradi, bu raqamli ifodadan keyin qiya chiziq va ikkita nol qo’yiladi. Misol, “A 01 D 46/00 Mevalar, sabzavotlar, xmel va xokazolarni yig’ishtirib olish, daraxt va butalarni silkitish qurilmasi”.
Xar bir XPT guruxi bittadan bir nechtagacha kichik guruxlaraga ega bo’lishi mumkin. Misol: “A 01 D 46/08 Paxta terimi” va xokazo.
Muayyan kichik gurux indeksi va uning matn bilan ochib beriladigan (masalan, indeks H 10 H 23/00; uning moxiyati Tumbler qayta ulagichlar) moxiyati XPT ruknisi deb ataladi.
Odatda XPT rukni quyidagi tushunchalar toifasini bildiradi:
Muxofaza qilinadigan ob’ektlar, ya’ni qurilmalar, usullar, moddalar turlariga muvofiq ravishda mahsulotlar jarayonlar (misol: “A 01 D 46/10 ~o’za ko’sagini poyadan ajratish uchun paxta terish mashinalari”);
Faoliyat soxasining belgisi (misol: “A 61 Tibbiyot yoki veterenariya"). Birinchi gurux belgilardan XPTning barcha darajalari uchun foydalaniladi.
Ikkinchi gurux, odatda, ierarxiyaning yuqori darajalarida (kichik sinf va undan yuqori) ularga qo’shiladi.
XPT ierarxik tuzilma bo’lganligi sababli, kichik guruxlar ham bir-biriga nisbatan bo’ysunishida ierarxik tuzulishga ega. Bunda bir kichik guruxning undan yuqori guruxga bo’ysunish darajasini, xususan kichik gurux unga nisbatan bitta kam nuqtaga ega bo’lgan yakin yuqori ruknga bo’ysunadigan rukn ekanligini ko’rsatadi. Bunda ruknlar matni oldidagi nuqta ierarxiya bo’yicha kattaroq guruxning matnini takrorlamaslik uchun uning o’rnida qo’llaniladi. Masalan, H 01 F 1/00 – “Tarkibida qattiq magnitli kukunsimon metallar yoki qotishmalar bo’lgan magnitlar yoki magnit jismlar” ruknining matni quyidagicha tashkil topadi:
H 01 F 1/00 Magnit materiali bo’yicha farqlanadigan magnitlar yoki magnit jismlar
1/02. tarkibida qattiq magnit materiallar 1/04.. metallar yoki qotishmalar
1/06... zarrachalar shaklida, masalan kukun.
XPT ruknlari matnining o’ziga xos muxim xususiyati ob’ektlarni belgilash uchun faqat umum qabul qilingan texnik atamalardan emas, balki ularning vazifasini ko’rsatadigan atamalardan foydalanilishidir, masalan, o’ziyurar transport vositalari (“avtomobillar” o’rniga) yoki issiqlikni izolyastiyalovchi qobiqli idishlar (“termoslar” o’rniga). Bu xususiyat patent xujjatlarining xuquqiy xarakteri, xususan ixtiro xajmini belgilash talablari bilan bog’liqdir.
XPTning ba’zi bir ruknlari izoxlar va xavolalar shaklidagi “ichki ma’lumot- qidiruv apparati” bilan ta’minlanadi. Bunday xavolalar quyidagicha bo’lishi mumkin:
Rukn xajmining cheklanganligini ko’rsatadi. Misol: bunday xavola u bilan belgilangan mavzu shu ruknning matni bilan qamrab olinganligiga qaramay, u tasniflash tizimining boshqa joyiga kiritilishini bildiradi.
Boshqa ruknlarning ustunligini ko’rsatadi. “A 42 V 3/02 Bargli yoki maydalangan tamakini namlash yoki quritish (3/12 ustunlikka ega); A 42 V 3/12 Tamakini bug’lash, fermentlash yoki aromatlash”. Bunday xavola ko’rsatilgan boshqa rukn ustunlikka egaligini ko’rsatadi, ya’ni ixtiro bir vaqtning o’zida shu
ikki ruknga teng kiritiladigan xollarda uni shu ruknlarning birida – A 42 V 3/12da tasniflash maqsadga muvofiqligini bildiradi. Bu misolda bug’lash, namlashning bir turi sifatida A 42 V 3/12 ruknida indeksastiyalanadi, tamakini namlashning boshqa usullari esa A 42 V 3/02 ruknida indeksastiyalanadi .
XPTning ba’zi joylari va kichik bo’limlarida oxirgi mos rukn qoidasi joriy qilingan. Ya’ni, ixtironing texnik mohiyati ega bo’lgan ikki yoki undan ortiq rukn bilan qamrab olinadigan bo’lsa, bu qoidaga muvofiq ixtironing texnik mohiyati ushbu ruknlardan faqat oxirgi ruknda tavsiflanadi. qayd etib o’tamizki, bu qoida tegishli izoxlr bo’lgan xollardagina, qo’llaniladi. Masalan, A 61 K, S07, S08, S10 va boshqa sinflarda.
XPTdan foydalanishni engillashtirish uchun sinflar ko’rsatkichiga to’liq yo’riqnoma – XPTga kirish ilova љilinadi. Shuningdek ixtiro moxiyatiga oid muxim so’zlar bo’yicha tegishli indekslarni topish imkonini beradigan Alifbo- predmetli ko’rsatkich XPTning tarkibiy љismi xisoblanadi. Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish uchun XPTga muxim atamalar ko’rsatkichi (u guruxlar ruknlari nomidan muxim atamalarni ajratib olish yo’li bilan yaratilgan APKning bir variantidan iborat), Teskari xavolalar ko’satkichi (masalan, A rukni uchun boshqa istalgan rukndan A rukniga dalillar keltiriladi) va XPT turli taxrirlarining bir biriga moslik ko’rsatkichlari ham chiqariladi.
XPTda yo’riqnomaga muvofiq ixtirolarni indeksastiyalashning quyidgi asosiy qoidalari qo’llaniladi.
Eng avvalo, ixtironing texnik moxiyatini to’g’ri belgilab olish zarur. Masalan, yangi porshen ixtiro qilingan bo’lsa, ixtironing asosiy predmeti porshenning o’zi yoki uni qandaydir qurilma masalan IYoDda joylashtirish uchun porshenning maxsus moslamasi ekanligini aniqlab olish zarur;
Shundan so’ng ixtiro predmeti tegishli qurilmalar sinfi (kichik sinfi) bo’yicha indeksastiyalanadi. Agar to’g’ri keladigan rukn topilmasa, ixtiro umumiy predmet sinfi (tur – zot, qism – butun) bo’yicha indeksastiyalanadi.
Agar talab etiladigan sinf bo’lmasa, ixtiro predmeti qo’llanilishi bo’yicha indeksastiyalanadi. Masalan, qurilma usulni amalga oshirish vositasi sifatida qaralishi va tegishlicha shu usul sinfi bo’yicha (masalan, suvga ishlov berish qurilmasi va xokazo) indeksastiyalanishi mumkin.
Agar qo’llanish bo’yicha sinfi bo’lmasa, ixtiro predmeti yakuniy mahsulotni olish vositasi sifatida qaralishi va yakuniy mahsulot (masalan, yogoch- qirindili plitalar tayorlash qurilmasi) sinfi bo’yicha indeksastiyalanishi mumkin;
Bundan tashqari, ixtiro ba’zi mahsulotlardan foydalanish (ishlovberish) vositasida sifatida qaralishi va shu mahsulot sinfida (masalan, kontakt linzalarini dezinfekstiyalash qurilmasi) indeksastiyalanishi mumkin.
Agar tegishli ruknlar topilmasa, ixtiro usulni amalga oshirish yoki yakuniy mahsulot olish uchun dastlabki mahsulot sifatida (masalan, keramika buyumlari ishlab chiqish uchun tarkib) qarashli mumkin. Demak, ixtiro ushbu usul yoki yakuniy mahsulot sinfi bo’yicha tavsiflanadi;
Nixoyat, ixtironig o’zi yakuniy mahsulot bo’lishi, demak uni olish usuli bo’yicha indeksastiyalanishi mumkin.
Patent xujjatlarini sistemalashtirish imkoninini beradigan boshqa muxim
xususiyat biliografiya ma’lumotlarining unifikastiyalashgan tizimi bo’lib, patent xujjatlari bu bibliografiya ma’lumotlari bilan ta’minlandi.
Xar bir patent xujjati ushbu xujjatning asosiy ma’lumotlarini ochib beruvchi biliografik ma’lumotlar bilan ta’minlanadi. Bu bibliografik ma’lumotlarni identifikastiyalash uchun ST-9 BIMT Sitandartiga muvofiq INID-kodlaridan foydalaniladi.
Bibliografik ma’lumotlarni identifikastiyalash uchun foydalaniladigan asosiy INID-kodlari va eng zarur ma’lumotlarni keltiramiz:
xujjatlarni identifikastiyalash
xujjat nomeri
xujjat turining so’zlar bilan ifodalanishi
ST-16 BIMTga muvofiq xujjat turi kodi
xujjatni e’lon qiluvchi mamlakatni idetifikastiyalashuchun ST-3 BIMT
kodi
nomi
Milliy ro’yxatga olish to’g’risidagi ma’lumotlar
Talabnomani ro’yxatga olish nomeri
Talabnoma berilgan sana
Sanoat mulki xuquqi amal qila boshlaydigan sana
Talabnoma dastlabki marta berilgan til
Talabnoma e’lon qilingan til
Ustuvorlik ma’lumotlari
Ustuvor talabnoma nomeri
Ustuvorlik sanasi
Ustuvorlik mamlakati
Texnik axborot
Xalqaro patent tasnifi
(54) Ixtironing nomi
Ixtiro referati yoki formulasi
Patent qidiruvi
xujjatga aloqador shaxslarni identifikastiyalash
Talabnoma beruvchi (lar)ning nomi (nomlari)
Patent egasining nomi
Patent vakili yoki agentining nomi
Ixtirochi, ham talabnoma beruvchi xisoblanadigan shaxs nomi
ham ixtirochi, ham talabnoma beruvchi va patent egasi bo’lgan shaxs
(98) Talabnoma beruvchi bilan yozishmalar olib borish uchun manzil.
Patent axborotlarini qidirish samaradorli bo’lishi uchun eng avvalo turli
davlatlarning rasmiy patent byulletenlari bilan ishlay bilish va bu mamlakatlarda qanday patent xujjatlari nashr etilishini bilish zarur.
Qayd etib o’tamizki, xar qanday qidiruvni O’zbekistonning patent xujjatlari bo’yicha boshlash zarur. Masalan, ixtiro deb kutilayotgan ishlanmaning yangiligini o’rganishda biz xuddi shunday ixtironi ochib bergan O’zbekiston patenti mavjudligini aniqlashimiz mumkin. Bu xolda boshqa mamlakatlarning patent xujjatlari bo’yicha ixtironing yangiligini tadqiq qilishni davom ettirish xech qanday
ma’no kasb etmasligi aniq.
Bugungi kunda O’zbekistonda quyidagi patent xujjatlari nashr etiladi:
berilgan dastlabki patent va patentlarga ixtirolarning tavsifi;
patent berilgan foydali modellarning tavsifi;
“Rasmiy axborotnima” rasmiy patent byulleteni, unda ro’yxatga olingan ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari, EHM uchun dasturlar, ma’lumotlar bazalari va seleksiya yutuqlari to’g’risidagi ma’lumotlar chop etiladi.
Qayd etib o’tamizki, berilgan muxofaza xujjati turining xarfiy belgisi (ixtiroga patent – IAP, ixtiroga dastlabki patent – IDP, foydali modelga patent – FAP, sanoat namunasiga patent – SAP, sanoat namunasiga dastlabki patent – SDP va tovar belgisiga guvoxnoma - MGU) va beshta raqamdan iborat ketma-ket nomerlanadigan nomerlarga ega. Masalan, IDP 04452 nomeri ixtiroga berilgan 04452-sonli dastlabki patentni bildiradi. Muxofaza xujjatlaridan farqli ravishda talabnomalar xar yili yangidan nomerlanadi, bunda talabnomalar xar yili yangidan nomerlanadi, bunda talabnomaning dastlabki ikki raqami talabnoma topshirilgan yilni bildiradi. Masalan, IHAP 9400582 nomeri bu ixtiroga talabnoma 1994 yildan 582-son bilan berilganligini bildiradi.
“Rasmiy axborotnoma” rasmiy byulleteni odatda quyidagicha tuzulishga ega bo’ladi:
birinchi bo’limlarda davlat restrida ro’yxatga olingan ixtirolar, foydali modellar, snoat namunalari va boshqa ob’ektlar to’g’risidagi ma’lumotlar chop etiladi. Ro’yxatga olingan tovar belgilarining rangli tasvirlari byulletenning oxirida alohida bo’limda keltiriladi;
keyin ro’yxatga olingan litsenziya shartnomalari va sanoat mulkining turli ob’ektlariga xuquqlarni berish to’g’risidagi shartnomalar chop etiladi;
so’ngra Patent idorasining turli rasmiy xabarlari, intellektual mulk sohasidagi turli me’yoriy xujjatlar, bitimlar chop etiladi;
shundan so’ng patent egalari nomlarining o’zgarishi, muxofaza xujjatlarining amal qilishini muddatidan ilgari bekor qilish to’g’risidagi ma’lumotlar va xokazo chop etiladi;
oxirgi bo’limda ushbu byulletenda chop etilgan ob’ektlarning sistematik va nomer ko’rsatkichlari keltiriladi.
Xar bir “Rasmiy axborotnoma” byuletenida barcha axborotlar ikki tilda: O’zbek va rus tillarda chop etilishini ta’kidlab o’tamiz. Endi axborotni qidirishning asosiy usullarini ko’rib chiqamiz.
Odatda quyidagi usullardan keng foydalaniladi:
Mavzuviy yoki predmetli qidirish. Masalan, ushbu qidirish turida texnika darajasidan shu ixtiro bilan o’xshash texnik echimlar aniqlanadi, qidirish biror-bir qiziqarli texnik belgilari yoki o’lchamlari bo’yicha amalga oshiriladi.
Nomli qidirish. Bunday qidirish muayyan firmaning texnikaning biror-bir soxasi (soxalari)dagi ixtirosini aniqlash zarur bo’lgan xollarda o’tkaziladi. Bundan tashqari, muayyan ixtirochining faoliyati to’g’risida axborot olish juda muhim va xokazo. Nomli qidirish nafaqat texnik, balki tijorat qimmatiga xam ega bo’lishi ravshandir;
Xujjatning rasmiy belgilari, masalan xujjat nomeri, ustuvorlik sanasi, xujjatning chop etilishi va turi (patent, talabnoma, foydali model) bo’yicha qidirish. Masalan, ixtironing patentga layoqatliligini tadqiq etish, ob’ektning patent sofligini baholashda ushbu qidirish usulidan foydalaniladi.
Biz ilgari qayd etib o’tganimizdek, bugungi kunda patent qidiruvining eng tezkor vositasi jaxon patent ma’lumotlari bazalarida Internet orqali qidiruv olib borishdir. Shuning uchun misol tariqasida Yevropa Patentidorasi (EPI) ma’lumotlar bazalarida patent axbortini qidirish usulini ko’rib chiqamiz.
Ushbu ma’lumotlar bazalari bilan ishlash quyidagicha bosqichlardan iborat:
Ma’lumotlar bazalariga ulanish. Ma’lumotlar bazalariga http://www.epo.org manzilini terib yoki bevosita http://ep/espacenet.com/.EPI veb sayti orqali chiqish mumkin. Ma’lumotlar bazalariga ulangandan so’ng kompyuterda 12-rasmda ko’rsatilgan “B1-es@cenet-yor gateway to patents” beti paydo bo’ladi. Ma’lumotlar bazalari bilan nafaqat ingliz, balki nemis va franstuz tillarida ishlash mumkinligiga e’tiborni qaratamiz;
Foydalanuvchiga uchta faol darcha taklif etiladi; Simple Text – mavzuviy va predmetli qidirish uchun;
Viev a patent application – nomerlar bo’yicha qidirish uchun;
Company name search – nom bo’yicha qidirish uchun;
Quyidagi qidirish vazifasiga bog’liq xolda tegishli qidirish topshiriqlari to’ldirilgan va Search bosiladi.
Agar kengaytirilgan mezonlar sonidan foydalanib qidirish o’tkazilishi zarur bo’lsa, quyiroqdan ko’rsatilgan, masala, “Wordldwide – 30 million documents” bosiladi. Bunda 13-rasmda ko’rsatilgan qidirish saxifasi paydo bo’ladi.
Bu erda faol darchalarga bizdagi mavjud qidirish mezonlarini kiritish mumkin. Masalan, agar bizning vatandoshlarimiz ixtirochi Zarif Tadjiboevning qanday talabnoma yoki patentlari borligini ko’rmoqchi bo’lsak (ma’lumot uchun shuni aytib o’tamizki, u RST tizimi bo’yicha xalqaro talabnoma bergan birinchi o’zbek ixtirochisi) tegishli darchada lotin xarfi bilan uning ismi va familiyasini terish kifoya. Bunday qidirish natijalari 14-rasmda ko’rsatilgan.
Endi topilgan xar qanday talabnoma yoki patentlar, masalan ER0794277 patentini ko’rib chiqish mumkin. Agar biz buni tanlasak, “B2-es@cenet - Document Viev Navigation” saxifasini ko’ramiz (15- rasmga qarang).
Bu erda patentnig to’liq bibliografik ma’lumotlari va referat keltiriladi. Yuqorida ko’rsatilgan faol menyudan foydalanib ixtiro tavsifi (Desc), formula (Claims) va chizmalar (Drawing) ni ko’rish mumkin.
Agar biz W09616219ga bosak Butunjahon intellektual mulk tashkilotining ma’lumotlar bazalari bilan aloqa o’rnatamiz va ushbu xalqaro talabnomaning faksimal tasvirini ko’rishimiz mumkin.
Xulosada shuni ta’kidlaymizki, barcha izlab topilgan patent axboroti keyinchalik taxlil qilish, printerda bosib chiqarish va xokazo uchun kompyuterning qattiq disketalarida saqlanishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |