Tayanch so’zlar:
Tovar, ISO 9000 standarti, sifat, sifatni yaxshilash jarayoni, talab, taklif, korxona, ishlab chiqarish, axborot, infrastruktura, assortiment, texnika, texnologiya.
Takrorlash uchun savollar:
Sifatni boshqarish jarayoni nima?
Mahsulot sifatini ta’minlash uchun nimalarga e’tibor berish lozim?
Sifatni boshqaruv tizimi nimalardan iborat?
Tavsiya etilgan adabiyotlar:
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari / I.A.Karimov. - T: O’zbekiston, 2009. - 56 b.
Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilashni izchil davom ettirish - davr talabi. Prezident Islom Karimovning 2008 yilda mamlakatimizni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi // Xalq so’zi, 2009 yil 14 fevral.
Karimov I.A. Eng asosiy mezon - hayot haqiqatini aks ettirish. T.: O’zbekiston, 2009. - 24 b.
Tovarlarni o’rash, joylash, saqlash va tashishni sertifikatsiyalash
Tovarlarni o’rash, joylash, saqlash va tashishning ahamiyati.
2.13.2. Tovarlarni o’rash, joylash, va saqlashda ishlatiladigan materiallar va ularning xillari.
2.13.1 Tovarlarni o’rash, joylash, saqlash va tashishning ahamiyati Tovarlarni o’rash saqlash, tashishni sertifikatlash va savdo qilishda qulaylik
yaratish uchun xizmat qiladi. Idishlar, mahsulotlar isrof bo’lishidan, ifloslanishdan saqlaydi, ularga aniq bir shakl beradi, tovarlarni o’tkazishda qulaylik tug’diradi. Ko’p hollarda idishlar tovar og’irligi va hajmiga o’lchov birligi sifatida ham xizmat qiladi va bu bilan tovarlar qabul qilib olish yoki sotish ishini engillashtiradi (qoplangan un, yashikli meva, shishali vino, bir quti gugurt va hokazo).
Idishlar qanday materialdan yasalishi va mehanik ta’sirlarga chidamliligi bilan nihoyat darajada turli – tuman bo’ladi. Idishlar turli materiallardan tayyorlanadi. Masalan, qoplar va o’rash matolari – to’qimachilik materiallaridan; yashiklar va savatlar – yog’ochdan; tetra paketlar, polietilen va hlorvinil paketlari – plastmassadan tayorlangan yashiklar va konteynerlar va h.k. Idishlar mehanik ta’sirlarga chidamliligi, ya’ni o’zining dastlabki shaklini saqlab qolish qobiliyatiga
qarab bir qancha turlarga bo’linadi, ichida mahsulot bo’lsa ham, bo’lmasa ham o’zgarmaydigan idishlar, yashiklar, bitonlar, flyagalar; tashqi va mehaniq zarblarga chidamli bo’lgan yarim qattiq idishlar - qog’oz va kartondan hamda novdalardan to’qilgan, ichidagi narsani tashqi mehanik zarblardan saqlay oldigan yumshoq idishlar - qoplar, haltalar, chipta qoplar, tovar o’raydigan matolar va hokazolar kiradi. Ishlatilishiga qarab idishlar ichki va tashqi idishlarga bo’linadi. Ichki idishlar (konfet karobkalari, murabbo solinadigan bankalar, vino hamda pivo shishalar va boshqalar) asosan ayrim mahsulotlarni solish uchun ishlatiladi va haridorga tovar bilan birga sotiladi. Tashqi idishlar (yashiklar, qoplar) ichki idishlarga solingan tovarlarni tashish va saqlash uchun xizmat qiladi. Tashqi idishlar tovar sotuvchida yoki shu tovar ishlab chiqargan korxonada qoladi, ya’ni tovar aylanishida qatnashadi. Idishlar bir marta va ko’p marta foydalanishi mumkin. Ko’p marta ishlatiladigan va tovar etkazib beruvchining mulki bo’lgan idishlar - maxsus yashiklar va konteynerlar inventar idishlar deb ataladi. Odatda idishlar mustaham, arzon va engil bo’lishi kerak. Shu bilan birga ularning shakli ham omborlarda kam joy oladigan bo’lishi zarur.
Idishlar va o’rash joylash materiallari oziq-ovqat mahsulotlarining sifatiga va saqlash muddatiga ham ta’sir qiladi. Bu idishlarning xususiyatiga, ya’ni ularning suv, bug’ va gaz o’tkazmaslik qobiliyatiga, suvda bo’kishi, o’ziga nam tortishiga, yog’ va moylarni shimib olishiga yoki o’tkazishi hamda o’ziga xos hidi bor-yo’qligiga bog’liq bo’ladi. Idish o’zidagi mahsulotga qandaydir bir begona ta’m va hid bermasligi zarur. Idishda mahsulotni yorug’lik nuridan saqlashi va unda mikroblarning ko’payishiga yordam beruvchi modda bo’lmasligi kerak.
Tovarlarni o’rash, joylash, va saqlashda ishlatiladigan materiallar va ularning xillari
Yog’och bochka idishlarini turli yog’ochlardan, chunonchi: eman, qora qayin, qayin, qaraqay, olcha, osina, archa va lipa yog’ochlaridan yasaladi. Bunday idishlar mustahkam hamda ancha yengil bo’ladi. Bu idishlarning xususiyatlari shu idishlar yasalgan yog’ochlarning kimyoviy tarkibi va solishtirma og’irligiga bog’liq, chunki bu yog’ochlar bir-biridan fizik kimyoviy ko’rsatkichlari bilan farq qiladi. Masalan, eman daraxtining solishtirma og’irligi eng yuqori bo’lib 0,783 birlikni tashkil etadi. O’zining salmog’i bilan qoraqayin daraxti unga yaqin turadi (0,720), qaraqayn daraxtiniki ancha past bo’lib 0,520, lipaniki esa 0,455 birlikni tashkil etadi. Bir xil yog’och idishlarning turli og’irlikda bo’lishi ham shu sabablidir. Idish yasash uchun ishlatiladigan yog’ochning muhim xususiyatlardan biri uning - namligidir. Idish juda ho’l yog’ochdan ishlangan bo’lsa, uni ko’pincha pupanak bosadi yoki u chiriy boshlaydi, bu esa mahsulotni buzadi. Agar yog’och juda quruq bo’lsa, o’zining gigroskopkligi tufayli nam tortadi. Aniq bir temperatura va namlikda turli xil yog’ochlarning o’ziga nam tortish qobiliyati amalda deyarli bir xil bo’ladi. Yog’och idishlar yashik, kontener va boshqalar shaklida bo’ladi. Yashiklar yupqa taxtachalardan yoki fanerlardan yasaladi. Odatda yashikning ikkita yuzasi, ikki yon sirti, tag va yuqori qismi bo’ladi. Bunday yashik ikki sirtli deyiladi. Yashik ichidan yana bir taxta bilan to’silgan bo’lishi mumkin.
Unda uch sirtli yashik hosil bo’ladi. Nina bargli daraxtlardan olingan yog’ochda mum moddalar bo’lib, u yog’ochlarni ancha chidamli qiladi, ammo shu bilan birga o’ziga xos hidi ham bo’ladi. Bundan tashqari bu xil yog’ochlar tez quriydi, yorilib ketadi va o’ziga ancha nam tortadigan bo’ladi. Shunday qilib, nina bargli daraxt yog’ochlarini hamma joyda ham ishlatib bo’lmaydi. Asosan bu yog’ochlardan quruq mahsulotlar uchun yashiklar yasaladi. Yangi ho’l mevalar uchun yashik yasalgan taxtachalar orasida 15 mm gacha ochiq qoldirib qoqiladi. Bunda taxtachalarni randalanmasa ham bo’ladi. Sabzavot uchun oddiy yashiklar, katak yashiklar (karam solish uchun), taxtachalar orasi bir-biridan 10-90 mm ochiq qoldirib qoqilgan, nina bargli yoki yaproqli, daraxt yog’ochidan yasalgan taxta yashiklar, oyoqli lotoklar, shahar atrofidagi ho’jaliklardan keltiriladigan mahsulotlar uchun osti yog’ochdan yoki alyuminiydan ishlangan tagliklar ishlatiladi. Konditer va makaron mahsulotlari qayin, qarag’ay yoki olcha yog’ochlaridan yasalgan yashiklarga solinadi. Sariyog’ eman va qora qayin yog’ochidan yasalgan yashiklarga solinadi. Sariyog’ uchun shuningdek, yumshoq yog’ochlar - archa va pihta yog’ochidan yasalgan yashiklar ham ishlatiladi. Sariyog’ yashiklariga chirik joyi bor, pupanak bosgan, qurt egan, ko’kara boshlagan, panjasimon ko’zli, chirigan va tushib qoladigan ko’zli taxtalarni ishlatish mumkin emas. Faqat ayrim taxtalarda yuzaki yoriqlar bo’lishiga yo’l qo’yiladi. Bankalarga solingan konservalar uchun yashiklarni tegishli kattalikda nostandart yog’ochlardan tayorlasa ham bo’ladi, chunki bu mahsulot bevosita yashikka tegib turmaydi. Ammo chirigan yog’och ishlatish mumkin emas. So’nggi yillarda meva sabzavotni konteynerlarda tashish keng yo’lga qo’yiladi. Yashiklar yasash uchun ishlatiladigan taxtachalar namligi 20 % dan (yog’ soladigan yashiklar uchun esa 18 % dan) oshmasligi kerak. Yog’och bochkalarni eman, lipa va boshqa yaproqli daraxt yog’ochlaridan tayorlanadi. Tarkibida ovlovchi moddalar bor eman yog’ochidan vino bochkalari, olcha yog’ochlaridan esa tuzlangan mahsulotlar solinadigan bochkalar yasaladi.
Bochka o’zining yon sathini tashkil etuvchi taxtachalardan va ikki tagdan iboratdir. Bochkaning tashqi tomoni temir yoki yog’ochdan yasalgan halqalar bilan mahkamlanadi. Ko’pgina suyuq mahsulotlarni nina bargli yog’ochlardan yasalgan bochkalarda saqlab bo’lmaydi. Bunday bochkalarning mumli qarag’ay hidini yo’qotish uchun ularni suvga tashlab qo’yiladi, soda eritmasi bilan yuviladi va yaxshilab bug’lanadi. Agar bochka o’ziga nam tortadigan bo’lsa, uning ichki tomoni sirlanadi, ya’ni issiq patoka, kazeinning yupqa qatlami bilan qopladi, ba’zi paytlarda parafin bilan ham sirlanadi.
Qog’oz va kartondan yasalgan idishlar mahsulotni sanitariya jihatdan yaxshi saqlaydi. Parafin yoki bitum bilan bilan maxsus ishlangan, mumlangan yoki plastmassa bilan qoplangan qog’oz va karton idishlar esa mahsulotlarni qurishdan, nam o’tishdan, gazlardan saqlaydi va hokazo. Qog’oz karton butkasidan, uni turli moddalarga namiqtirgandan so’ng qog’oz shishalar, korobkalar, yashiklar, stakanlar, bankalar yasaladi. So’nggi paytlarda quritilgan sut solish uchun quyma qog’oz bochkalar ishlatilmoqda. Bunday idishlar tobora yog’och, metall va shishadan yasalgan idishlar o’rnini egallamoqda. Ayniqsa qog’oz va kartondan yasalgan idishlar sir beradigan moddalar bilan tegishli ravishda ishlab chiqilganda
oziq – ovqat mahsulotlariga bu moddalar ta’sir etmaydi. Karton idishlar ko’p hollarda yog’och yashiklar o’rnini egallaydi va juda ko’p imorat va boshqa narsalar uchun ishlatiladigan yog’ochlarni tejashga imkon beradi.
Metall idishlar oq tunuka, temir prokat va alyuminiydan yasaladi. Metallardan yasalgan idishlar odatda ichki idish (konserva bankalari) va tashqi idishlar (bitonlar, sisternalar) sifatida suyuq, mahsulotlarni saqlash uchun ishlatiladi. Konserva bankalari tuli katta – kichiklikda bo’ladi. Ko’pincha hajmi 353,4 ml (diametri 100 mm, balandligi 45 mm ) № 7 bankalar ishlatiladi. Bu bankalar ikki tomoni sof qalay bilan qoplangan yupqa po’lat haltalardan yasaladi. Tunuka idishlarda har qanday mahsulotni ham, ayniqsa o’tkir tuzlangan mahsulotlarni saqlab bo’lmaydi. Metall zanglamasligi uchun konserva bankalarining ichki tomonini Davlat sanitariya inspeksiyasii ruhsat etgan maxsus elastik plastmassali lak bilan qoplanadi. Ammo u mahsulotga o’tmasligi va unga begona hid bermasligi lozim. Konservalar uzoq muddat saqlanganda bankani mustahkamlashda ishlatiladigan qalay idishdan mahsulotga o’tishi mumkin. Mahsuloti tarkibiga o’tgan qalay miqdori 1 kg mahsulotga 200 mg dan oshmasligi zarur. Metall bankalar tashqi va ichki tomoni laklangan va laklanmagan bo’lishi mumkin. Bankalarning tashqi tomoni silliq, tekis bo’lishi, yorilgan, bukilgan, tirnalgan va zanglagan joyi bo’lmasligi, ustidagi laki buzilmagan, bo’lishi kerak. Tunuka bankalardagi konservalarni karton yashiklarga solinadi. Bu yashiklar uch qatlam qavat-qavat buklangan kartondan yasalgan bo’lib, karton tarkibida 10 % li sulfat sellyuloza bo’ladi. Alyuminiydan yasalgan tubalar (ichiga mahsulot solingan alyuminiy giloflar) ning ichki tomoni lak yoki polimer materiallari bilan qoplanadi. Shisha idishlar oziq – ovqat sanoatining ko’pgina tarmoqlarida ishlatiladi.
Shisha idishlar shu jihatdan qimmatliki, ulardagi mahsulot ko’rinib turadi, oksidlanmaydi, idish esa mahsulot bilan reaksiyaga kirmaydi. Bu idishlar turli hajmda va shaklda bo’ladi. Shisha idishlarni yuvish oson, ulardan ko’p marta takror foydalanish mumkin. Shisha idishlarning asosiy kamchiligi - ularning tezda sinishi (bu esa shisha idishlarni ishlatishda ehtiyotkorlik talab qiladi) va ma’lum darajada salmog’ining og’irligidir. Katta hajmdagi (25 l va undan ham katta) shisha idishlarni tashqi tomonidan boshqa idish, masalan, to’qilgan kalava bilan himoya etiladi. Shisha idishlar po’kak, polietilen va yog’ochdan yasalgan va keyin mumlangan probkalar bilan, shuningdek metall qopqoqchalar bilan berkitiladi. Shisha bankalar esa halqasimon rezina qatlamli qopqoqga ega bo’ladi. Shisha idishlar tiniq, toza bo’lishi, ichki va tashqi tomonidan qavariqli, g’adir-budur va uchgan joyi bo’lmasligi lozim. Shu bilan birga shisha idishlarning burchaklari ham tekis, butun korpusi ham tekis, butun korpusi ham bir tekisda bo’lishi, do’ppayib yoki ichkari kirib qolgan joylari bo’lmasligi, shisha ham bir tekis qalinlikda bo’lishi kerak.
Qoplar to’qimachilik idishlar qatoriga kiradi. Qoplarni ip, zig’irpoya, kanop, jun matolaridan hamda kombinastiyalashtirilgan gazmollardan ishlatiladi. Zig’irpoya va ipdan, hamda kombinastiyalashtirilgan matolardan qilingan qoplar un, krupa, g’alla, don solish uchun, jun va kanopdan ishlangan qoplar esa shakar, qand solishda ishlatiladi.
Kanopdan ishlangan qop eng pishiq qop hisoblanadi. Jundan qilingan qoplar ancha mayin, lekin kanop qopga nisbatan chidamsizroq bo’ladi. Shu bilan birga zah joylarda turadigan mahsulotni namdan yaxshi saqlaydi. Ishlatilishiga qarab qoplar turli qalinlikda va katta-kichiklikda bo’ladi.
Qoplar - ko’p martalab ishlatiladigan idishlardan to’qiladi va qoplarning holatiga qarab besh kategoriyaga bo’linadi. Bu kategoriyalar qoplarning yamoqlari va yamalgan joylarining soniga qarab belgilanadi. Ammo barcha kategoriyalardagi qoplar toza, quruq va chirimagan bo’lishi kerak.
- kategoriyali qoplarga sanoatdan endi olingan yangi qoplar yoki birinchi marta ishlatilayotgan chet eldan keltirilgan qoplar, shuningdek ishlatiladigan. Lekin yamog’i yo’q qoplar kiradi;
- kategoriyaga – yamog’i uchtadan ko’p bo’lgan qoplar; 3 - solishni talab qilmaydigan qoplar;
- kategoriyaga yamog’i ettitadan ko’p bo’lmagan yoki shundan ko’p yamoq, talab qilmaydigan qoplar;
- kategoriyaga ko’p ishlatilishi natijasida iplari bo’shashib qolgan, yamog’i 12 tadan ko’p bo’lmagan yoki shunchadan ko’p yamoq talab qilmaydigan qoplar kiradi. 12 tadan ko’p yamog’i bor qoplar tashlandi va boshqa qoplarga yamoq solish uchun ishlatiladi.
I va II kategoriyadagi qoplarda sortli unlarning barcha turlari, krupa va shakar qand mahsulotalari tashiladi. III kategoriyali qoplar un va krupa (guruch, sut, mannaya krupa va dukkaqli donlardan tashqari) hamda turli temir yo’l bilan olib borilganda shakar va qand tashish uchun ishlatiladi. IV kategoriya qoplarda shu joyni o’zida iste’mol etiladigan javdari un, sanoatda qayta ishlash uchun jo’natiladigan shakar hamda kepak tashiladi. V kategoriya qoplarda savdo-sotiq korxonalariga tovar berish mumkin emas. Arktika, uzoq shimol va chet rayonlarda pishiq ishlangan bir qavatli qoplar yoki ikki qavatli qoplar ishlatiladi. To’qimachilik matolaridan qilingan qoplar mahsulotni namlikdan, changdan hamda ombor zarakunandalaridan saqlayolmaydi, biroq ularning afzal tomoni shundaki, mahsulotga havo kirib turishini va gaz almashuvini ta’minlaydi.
To’qimachilik matolaridan yasalgan idishlardan tashqari chiptadan to’qilgan idishlar ham qo’llaniladi. Bu xil idishlarga lipa daraxtining suvda ivitilgan po’stlog’idan to’qilgan chipta qop va haltalar kiradi. Chipta idishlar to’qima qoplarga qaraganda pishiq bo’ladi va nam yeganda ham o’zining pishiqligini yo’qotmaydi. Shu sababli sabzavot, baliq va boshqa mahsulotlarni tashishda chipta qoplar ishlatiladi.
To’qilgan idishlar - kalava, savat va boshqa to’qilgan idishlar tol novdalaridan, qamishdan va rezgi taxtachalardan to’qiladi. Bu idishlar havo kiradigan bo’ladi, odatda har xil meva va sabzavot tashish uchun ishlatiladi.
So’nggi vaqtlarda sintetik materiallar (polimerlar) dan yasalgan qattiq idishlar keng qo’llanilmoqda. Bu idishlar ancha yengil, ishlanilanishi oson va sinmaydigan bo’ladi. Polimerlardan yasalgan qattiq idishlardan nam, gazlar ko’pincha yog’ va moylar ham o’tmaydi, sterilizastiyaga chidamli bo’ladi, mahsulotlarni turli mikroorganizmdan saqlaydi, tashqi zarblarga ham chidamli
bo’ladi. Polimer materiallaridan yasalgan idishlar ishlatilishiga qarab turli shakl va konstruksiyada bo’lishi mumkin.
Suyuq va pastasimon mahsulotlar solinadigan qattiq paketlar parafinga namlangan karton yoki polimer plyonkasi bilan qoplangan kartondan yasaladi. Parafinga namlangan kartonning kamchilik tomoni shundaki, uni 40 - 45° dan yuqori temperaturada qizdirib bo’lmaydi. Karton idish polietilen plyonkasi bilan qoplanganda esa u mahsulotlarga (marmelad va tomat mahsulotlariga) ta’m beradi. Bundan tashqari yog’ va moylar bu plyonkadan singib o’tadi.
Parafinga singdirilgan va polimer materiallari bilan qoplangan qattiq idishlar sut mahsulotlari, meva sharbatlari solish uchun keng ravishda foydanilmoqda. Bu idishlar to’rt qirrali piramida shaklida ishlangan bo’lib, yorug’lik nurini o’tkazmaydi va ancha pishiq bo’ladi.
Odatda mahsulotga bevosita tegib turadigan o’rash, joylash materiallariga tashqi idishlarga nisbatan ancha ko’p talab ko’yiladi. O’rash, joylash materiallariga quyidagi materiallar kiradi:
staniol - qalinligi 0,008 - 0,012 mm bo’lgan qalay lenta yoki qalay qog’oz taxtachalar;
alyuminiydan yasalgan folga (zar qog’oz) - qalinligi 0,012-0,004 mm bo’lgan lentalar;
pergament (moy va nam o’tkazmaydigan yupqa qog’oz), podpergament, sellofan va polietilen materiallar.
Sellofan tiniq va yorug’lik nuri ta’siriga chidamli bo’ladi. Uning kamchiligi shundaki, o’ziga ko’p namni tortadi. Masalan, omborda sellofanga o’ralgan va tarkibida ko’p suv bor mahsulot saqlanganda sellofanni pupanak bosadi. Shu sababli sellofan odatda ko’p vaqt saqlanmaydigan mahsulotlarni o’rash, joylash uchun ishlatiladi. Biroq shuni ham aytish kerakki, ancha quruq mahsulotlarni (masalan, quruq mevalar) sellofanga o’ralganda uzoq vaqt saqlash mumkin. Sellofanning foydali xususiyatlari - ularning pishiqligi, gaz o’tkazmasligi, kislota va ishqorlar ta’siriga chidamliligi hamda unga kerakli ma’lumot yozish (bosish) mumkinligidir. Sellofan viskozani sulfat kislotasi maxsus ravishda ishlash va so’ngra uni glisterin bilan yuvish hamda qayta ishlash natijasida hosil bo’ladi. Sellofanning qalinligi 20 mk dan 50 mk gacha bo’ladi. Sellofandan kolbasaga po’st ham ishlatiladi. Ayrim paytlarda rangli sellofan ham chiqariladi. Sellyuloza efiri (aysetil - sellyo’loza) o’z xususiyatlari bilan sellofanga o’xshash materialdir, ammo unga nisbatan ancha oz nam o’tkazadi. qalinligi l’ - l5 mk bo’lgan astetil sellyuloza mehanik pishiqlik jihatdan sellofandan qolishmaydi.
O’rash, materiali sifatida ishlatiladigan polimerlardan eng ko’p ahamiyatga ega bo’lganlari polietilen, polivinilhlorid va poliamid materiallaridir.
Dostları ilə paylaş: |