Tovarlarni o’rash, joylash, saqlash va tashishni sertifikatsiyalash 238
2.13.1 Tovarlarni o’rash, joylash, saqlash va tashishning ahamiyati 238
2.13.2. Tovarlarni o’rash, joylash, va saqlashda ishlatiladigan materiallar va ularning xillari 239
bobga xulosa 246
KIRISH
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovni Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 14 fevraldagi majlisida so’zlagan ma’ruzasidan kelib chiqqan holda ta’lim va kadrlar tayyorlash sifatini tubdan oshirish, mustaqil fikrlaydigan, o’zining qat’iy xayotiy e’tiqod va qarashlariga ega bo’lgan yoshlarni tarbiyalashga hissa qo’shish maqsadida ushbu fan dasturi tuzildi.
Talabalarga mazkur fan xususiyatlari doirasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etish yo’llari va choralari” nomli asarida keltirilgan materiallar, qoidalari va xulosalarni puxta o’zlashtirishlari, kelgusi faoliyatida samarali foydalanishlari hamda ijodiy yondoshishlarini ta’minlash fanni o’rganish oldida turgan asosiy vazifalardan biridir.
Dunyoning nufuzli ekspertlarini fikrlariga ko’ra, bu inqiroz 2009 yilda va 2010 yilda ham davom etishi va ehtimoli yanada chuqurlashishi kutilmoqda. Bulardan kelib chiqqan holda, o’z-o’zidan ayonki, O’zbekiston jahon iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo’yicha 2009-2012 yillarga mo’ljallanib qabul qilingan Inqirozga qarshi choralar dasturi O’zbekistonning 2009 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustivor yo’nalishi bo’lib qoladi. Bu o’rinda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, xalqaro sifat standartlariga o’tish bo’yicha qabul qilingan tarmoq dasturlarini amalga oshirishni tezlashtirish vazifasi kun tartibiga qo’yilmoqda. Bu esa o’z navbatida, O’zbekistonning ham tashqi, ham ichki bozorida barqaror mavqega ega bo’lishini ta’minlash imkonini beradi.
Jahon bozorida talabni rag’batlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo’llab-quvvatlash O’zbekiston iqtisodiy o’sishining yuqori sur’atlarni saqlab qolishda g’oyat muhim ahamiyatga ega. Ushbu dastur doirasidagi loyihalarda keng iste’moldagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarni ishlab chiqarish korxonalari uchun keng ko’lamli rag’batlantirish tizimi, ya’ni soliq va bojxona imtiyozlari berilmoqda.
Patentshunoslik, litsenziyalash va sertifikatlash fani darslarida tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF)da tovarlarni nomenklaturasini o’rganish, uyg’unlashgan TN bojxona to’lovlari, intellektual mulk ob’ektlarini muhofazalash, ilmiy kashfiyotlar va ixtirolar, seleksiya yutuqlari va sanoat namunalari hamda belgilari, eksport va import tovarlar bo’yicha shartnomlar tuzish, patent axborotlari, xalqaro, Yevropa va MDH patentshunoslik, litsenziyalash va sertifikatsiyalash to’g’risidagi axborotlar bilan tanishgan va huquqiy normalarni bilish to’g’risida ma’ruza va seminar darslari olib boriladi.
Bugungi kunda hal etilishi lozim bo’lgan masalalarni yechimi uchun Respublikamizga patentshunoslik, litsenziyalash va sertifikatsiyalash sohasida jahon andozalariga mos keluvchi yuqori malakali mutaxassislar kerak. Shu kunning mutaxassisiga, birinchidan, iste’molchilarni ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda intellektual bozorni har tomonlama tahlil qila bilish, ikkinchidan bozorga ta’sir eta bilish talabi qo’yiladi.
«Patentshunoslik, litsenziyalash va sertifikatlash» fani maqsadi–talabalarga mamlakatimiz iqtisodiyotini erkinlashtirish va iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish hamda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitlarida O’zbekiston Respublikasida ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar, seleksiya yutuqlari, xalqaro patent tizimi va boshqalarni o’rganishda va ularni faoliyatini to’g’ri tashkil etish va uni takomillashtirishdan iboratdir.
Fanining asosiy vazifalari – patentshunoslik, litsenziyalash va sertifikatsiyalashning mohiyati, rivojlanishining asosiy bosqichlari, marketingning asosiy tamoyillari, vazifalari va turlari, axborot bilan ta’minlash siyosati kabilarni o’rgatishdir.
Ushbu o’quv fani «Huquqshunoslik», «Siyosatshunoslik», «Axborotlar texnologiyasi», «Xalqaro marketing», «Marketing faoliyatini prognozlash va tahlili», «Xorijiy investitsiyalar» va boshqa fanlar bilan o’zaro aloqadorlikda o’rganiladi.
«Patentshunoslik, litsenziyalash va sertifikatlash» fanini o’qitishda, talabalar tomonidan fanni to’liq o’zlashtirilishini ta’minlash maqsadida, mavzularda ko’rilayotgan masalalarning mohiyatidan kelib chiqqan holda ilg’or pedagogik texnologiyalarning “aqliy hujum”, “kichik guruhchalar”, “klaster”, “blist-so’rov”, “diskussiya”, “keys-stadi”, “muammoli vaziyatni yechish” usullaridan foydalaniladi.
Bu usullarning natijaviylik darajasini oshirish uchun har bir mavzuni yoritishda kompyuter, slaydlar, eshitish(audio) va ko’rish(video) vositalari, multimediya vositalari hamda Internet sahifalari va xizmatlaridan foydalanish tavsiya etiladi.