Vinilendihlorid va hlorli vinildan tayorlangan plyonkalar saran deb ataladi. Saran bilan mahsulotni havo kirmaydigan qilib o’ralsa, havoni upakovka ichidan tortib olsa bo’ladi. Issiq havo ta’siri bilan saran qisqaradi. Mahsulotlar solingan haltani bir necha sekund qaynab turgan suvga solinadi, natijada plyonka torayib mahsulotga jips yopishadi (masalan, pishloq, muzlatilgan, so’yilgan parranda). Ayniqsa sarandan yasalgan va germetik ravishda yopiladigan qoplar foydalanish uchun yaxshidir. Saran qoplardan havoni tortib olish mumkinligi sababli mahsulotni saqlash muddati 3-4 marta oshadi.
Poliefirlarasosida ishlangan plyonkalar oziq-ovqat mahsulotlari, ayniqsa go’sht mahsulotlari o’rash uchun ishlatishda diqqatga sazovordir. Bu poliefirlar ikki atomga ega spirtli va ikki asosli kislotalarni kondensastiya etish natijasida hosil bo’ladi. Bu plyonkalar lavsan nomi bilan yuritiladi va chet elda keng qo’llaniladi. Poliefir plyonkalari boshqa plyonkalarga qaraganda ancha pishiq, tashqi zarbalarga chidamli, himiyaviy jihatdan turg’un, shuningdek, bakteriya va pupanakka nisbatan ham chidamli bo’ladi. Lavsan tarkibi buzilmagan holda 150° gacha qizdirilganda ham issiqqa chidaydi, demak, unga o’ralgan mahsulotni sterilizasiya etish mumkin bo’ladi. Fiziologik jihatdan lavsan plyonkalari zararsiz, hushbo’y hidlarni o’tkazmaydigan bo’ladi, suv bug’lari va gazni esa juda oz miqdorda o’tkaziladi. AQSh da lavsanni polietilen va qog’oz bilan aralashtirib bo’tqa tayyorlanadi, undan sut olish uchun shishalar yasaladi.
Neylondan ishlangan poliamid plyonkalar ayniqsa o’zlarining pishiqligi bilan boshqa polimer materiallaridan ajralib turadi. Yog’ va moylar ta’siraga chidamli bo’lganligi tufayli oziq-ovqat sanoatida shu mahsulotlarni o’rash uchun ishlatiladi. quruq mahsulotlarni poliamid plyonkalariga o’rash maqsadga
muvofiq emas, chunki ulardan suv bug’lari o’tadi va mahsulotni namlikdan saqlay olmaydi.
Kombinasiyalashtirilgano’rash,joylashmateriallari - suv bug’lari o’tmaydigan moddalar - lak, parafin, bitum va mum bilan ishlangan materiallardir. Materiallarni bu moddalar bilan ishlash qog’oz, karton, yupqa metall plyonkalaridan keng foydalanishga imkon beradi. Bu moddalar metallni zanglamaydigan, qog’ozni ivimaydigan qiladi. O’rash, joylash materiallariga lak berishda ko’pincha polivinilastetat va saran eritmalaridan foydaniladi.
Qog’oz va kartonni nam o’tmaydigan qilish uchun ularning bir yoki ikki tomoniga parafin yoki mum surkaladi. Bitum bilan ishlangan qog’ozga mahsulot bevosita tegmaydigan qilib o’raladi. Bu qog’ozdan nam o’tmaydi.
Parafin bilan ishlangan qog’oz turli konditer mahsulotlarini o’rashda keng qo’llaniladi. Parafin surkalgan qog’oz ma’lum darajada nam o’tkazmaydi, ammo qog’oz mo’rtlashib sinadigan bo’lib qoladi. Ba’zi paytlarda parafin o’rniga parafinning polizobutilen va boshqa moddalar bilan qotishmasi ishlatiladi. Natijada parafinga qaraganda elastik gupka hosil bo’ladi va u qog’oz hamda metalldan ishlangan o’rash, joylash materiallari sifatini yaxshilaydi. Parafinpolimer aralashmasi bilan ishlangan haltalarga solingan non va kalbasa mahsulotlari tezda qurimaydi. Nam o’tmaslik xususiyatiga ega bo’lgan ba’zi aralashmalar masalan parafin, petroleum va polizobutilen qotishmasini bevosita mahsulotga (masalan pishloqqa) surkab, uning atrofida ancha plyonkalar hosil xilsa bo’ladi.