Toshkent davlat iqtisodiyot



Yüklə 400,3 Kb.
səhifə68/70
tarix20.06.2023
ölçüsü400,3 Kb.
#133282
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70
Gjbjjgu

Polietilen materiallari asosan o’rash, joylash materiallari sifatida qo’llaniladi. Bu materiallar yuqori hamda past bosimlarda ishlab chiqariladi. Shu bilan birga yuqori bosimda ishlangan polietilenlar mayin bo’ladi, ammo qizdirilganda 80° dan yuqori temperaturaga chidamaydi. Past bosimda tayyorlangan polietilen esa qattiqroq bo’ladi, 130 - 180° temperaturada yumshaydi. Polietilen plyonkalar issiq dazmol bosganda osongina bir-biriga yopishadi, oz nam
o’tkazadi, pishiq va elastik bo’ladi, ammo korbonat kislotasi bilan havoni o’tkazadi. Non, meva, sabzavot, yog’sizroq baliq mahsulotlarini o’rash uchun ishlatiladi. Yuqori bosim polietilenidan kolbasaga po’st ham tayyorlanadi. Yog’, moy va yog’li mahsulotlarni o’rash uchun polietilen plyonkalari yaramaydi, chunki unga yog’ singadi, so’ngra havodagi kislorod bilan oksidlanib tahir bo’lib qoladi. Mahsulotlarni uzoq vaqt saqlash uchun ham polietilen yaramaydi. Ko’pincha polietilen plyonkalar mahsulotlarga yoqimsiz qid beradi. Turli shishalar, tublar va flakonlar yasashda polietilen keng qo’llanilmoqda.
Propilen - tiniq bir plyonka bo’lib, pishiqligi, gaz va suv o’tkazmasligi jihatdan polietilendan yuqori turadi va oziq-ovqat mahsulotlarini uzoq muddat saqlash uchun yaxshi o’rash materiali sifatida ishlatiladi. Propilenning yaxshi tomonlari shundan iboratki, u elastik, sovuqqa chidamli (60 gacha chidaydi), etarli darajada pishiq bo’ladi, 120 -160 gacha qizitilganda ham buzilmaydi, bu esa oziq- ovqat mahsulotlarini sterilizasiya etishga imkon beradi. Konserva bankalari yasashda metall o’rniga ishlatiladi. Polipropilendan yasalgan haltalarda bevosita mahsulotni qaynatish va qizdirish mumkin.
Polivinhlorid - shohsimon polimer materiallaring eng arzoni bo’lib, ovqat mahsulotlarini qurishidan va nam tortishidan saqlaydi. Bu material mo’zlatilgan mahsulotlar, turli ishimliklar va ziravor qo’shib sirkalangan sabzavotni o’rash uchun ishlatiladi. Sovet Ittifoqiga polivinilhlorid plyonkalar baliq sanoatida se’ld baliqlarini o’rash uchun keng ravishta qo’llanilmoqda.

Yüklə 400,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin