Moliyaviy hisoboti — korxona (tashkilot, muassasa)ning hisobot davri (oy, chorak, yil)dagi mablagʻlari holati va xoʻjalik-moliyaviy faoliyatini ifodalovchi koʻrsatkichlar tizimi; buxgalteriya hisobi ma’lumotlari boʻyicha tuziladi.
Buxgalteriya hisoboti statistika va operativ hisobotlari bilan birgalikda moliyaviy hisobotning tarkibiy qismini tashkil etadi. Davriyligiga koʻra Buxgalteriya hisoboti chorak, yarim yil, 9 oy va bir yil uchun tuziladi. Maqsadiga koʻra ichki va tashqi turlarga boʻlinadi.

Ichki Buxgalteriya hisoboti
Ichki Buxgalteriya hisoboti
Korxona va uning tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini tahlil etish hamda boshqarishga xizmat qiladi.
Tashqi Buxgalteriya hisoboti korxonaning moliyaviy holati haqida axborotlar oladigan boshqaruv hamda nazorat idoralariga beriladi. Hajmiga koʻra dastlabki (korxonalar tomonidan joriy buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga koʻra) va jamlanma (statistika muassasalari tomonidan hududiy tamoyillarga koʻra) Buxgalteriya hisoboti ga boʻlinadi.