Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi phD 03


-rasm. Talabalar stress holatida koping-strategiyalar diagnostikasi



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə11/30
tarix16.09.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#144436
növüReferat
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30
Автореферат Эрназарова Р Ю (2)

3-rasm. Talabalar stress holatida koping-strategiyalar diagnostikasi,
D.Amirxanning «Koping-strategiyalar indikatori» metodikasi asosida
Birinchi kurs talabalarda: muammoni yechishga qaratilgan koping-strategiya tahlili TG bо‘yicha о‘rtacha 43,3% (juda past), NG bо‘yicha о‘rtacha 45,5% (juda past); ijtimoiy kо‘mak olishga qaratilgan koping-strategiya tahlili TG bо‘yicha о‘rtacha 95,2% (yuqori), NG bо‘yicha о‘rtacha 92,6% (yuqori); muammodan qochishga qaratilgan koping-strategiya tahlili TG bо‘yicha о‘rtacha 92,0% (yuqori), NG bо‘yicha о‘rtacha 92,3% (yuqori). Ikkinchi kurs talabalarida: muammoni yechishga qaratilgan koping-strategiya tahlili TG bо‘yicha о‘rtacha 55,6% (past), NG bо‘yicha о‘rtacha 53,0% (past); ijtimoiy kо‘mak olishga qaratilgan koping-strategiya tahlili TG bо‘yicha о‘rtacha 78,2% (о‘rta), NG bо‘yicha о‘rtacha 78,7% (о‘rta); muammodan qochishga qaratilgan koping-strategiya tahlili TG bо‘yicha о‘rtacha 83,1% (yuqori), NG bо‘yicha о‘rtacha 86,3% (yuqori). Talabalarda stress omillar kо‘pligi, stressga moyillik yuqoriligi va stressga barqarorlik pastligi ularda muammodan qochish va boshqalardan kо‘mak kutish xulqi yuzaga kelishiga asos bо‘lgan. Talabalarda о‘quv faoliyati stress omillari, stressga moyillik mavjudligi ularda muammodan qochish xulqi yuzaga kelishiga asos bо‘lgan.
Uchinchi va tо‘rtinchi kurs talabalarida esa koping strategiya sо‘rovnomasi shkalalari, birinchi va ikkinchi kurs talabalariga qaraganda ijobiy natijalarni taqdim etgan. Bu esa, talabaning kurslar tizimidagi yuqorilab borishiga bog‘liq ekan. Talabalarda о‘quv faoliyati va shaxsiy hayot bilan bog‘liq stress omillari mavjudligi, stressga moyillik yuqoriligi ularda muammodan qochish va boshqalardan kо‘mak kutish xulqi yuzaga kelishiga asos bо‘lgan.
Dissertatsiyaning «Talabalardagi psixologik stress holatini yengishning psixokorreksion rivojlantiruvchi texnologiyalari» deb nomlangan uchinchi bobda stress holatini yuzaga keltiruvchi asosiy omillar, ularning stressga moyillik darajasi, stressga barqarorlik darajasi, stress ta’sirida talabalarning emotsional holati hissiyoti, faolligi va kayfiyati hamda stress holatidagi xulq kо‘rinishida koping-strategiyalarni qо‘llash bо‘yicha diagnostik natijalarga asosan tajriba guruhi sifatida ishtirok etgan talabalarda stress holatini psixologik korreksiyalash amaliyoti yoritilgan.
Talabalar bilan olib borilgan stress holati psixokorreksiyasi amaliyoti tо‘rt bosqichda tashkil etildi.
Psixokorreksiya amaliyotining birinchi bosqichi о‘quv faoliyati bilan bog‘liq va о‘quv faoliyatidan tashqari stress omillar ta’sirini kamaytirish maqsadida olib borilgan. Stress omillar ta’sirini kamaytirish uchun jismoniy mashqlar, stresslarni boshqarish usuli, ijtimoiy kо‘mak berish usuli qо‘llanilgan. Stressga moyillik darajasini me’yorlashtirish uchun meditatsiya, autotrening va relaksatsiya mashqlari tashkil etilgan.
Psixokorreksiya amaliyotining ikkinchi bosqichida talabalarning stress holatidagi hissiyot, kayfiyat va faollik darajalarini me’yorlashtirishga e’tibor qaratilgan. Ushbu bosqich amaliyot davomida vizuallashtirish «Qor odam», «Gulg‘uncha», «Sokin uy», «Men о‘zgarmoqchiman», «Men о‘rmondaman», «О‘zimni baholayman», «Rasmimni chizaman» mashqlari, biblioterapiya badiiy adabiyotlar jamlanmasi va rasm terapiyasi «Xursandchilik rasmi», «Og‘riqni yengaman», «О‘zimga xat», «Mening olamim», «Mening uyim», «Mening odatiy kunim», «Uch xohish», «Xursandchilik oroli» rasmli mashqlar olib borildi.
Psixokorreksiya amaliyotining uchinchi bosqichida stressga barqarorlik darajasini oshirishga e’tibor qaratilgan. Stress barqarorlikni ta’minlash jarayonida «Men va stress», «Tugallanmagan jumla», «Stress plyus va minuslari», «Bо‘y bо‘yicha saflan», «Mening hayotimda stress», «Shovqin kvadrati», «Mukammallik doirasi» kabi psixologik treninglar qо‘llanildi.
Psixokorreksiya amaliyotning tо‘rtinchi bosqichida stress koping-strategiyalar xulq kо‘rinishini korreksiyalash vazifasi bajarildi. Muammoni yechish strategiyasi past kо‘rsatkichini oshirish, ijtimoiy kо‘mak olish strategiyasi yuqori kо‘rsatkichini me’yorlashtirish va muammodan qochish strategiyasi yuqori kо‘rsatkichini kamaytirish amaliyoti tashkil etildi.
Talabalarning stressga moyillik darajasini kamaytirishga qaratilgan korreksiya amaliyotidan keyin J.Teylorning «Xavotir shkalasi» testi qо‘llanilib ularning stressga moyillik darajasi qayta diagnostika qilindi, 3-jadvalga qarang.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin