Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi phD 03


Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə7/30
tarix16.09.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#144436
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30
Автореферат Эрназарова Р Ю (2)

Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqotning ilmiy ahamiyati ilgari surilgan g‘oyalar va olingan empirik ma’lumotlar oliy ta’lim muassasalarining pedagogika va psixologiya yonalishlarida o’qitiladigan «Psixodiagnostika», «Konsultativ psixologiya va psixokorreksiya», «Ijtimoiy-psixologik trening»fanlarini amaliy manba bilan boyitishga hamda amaliyotchi psixologlarning kasbiy kompetensiyasini oshirishga xizmat qiluvchi psixodiagnostika va psixokorreksion choralarni ishlab chiqish imkoniyatini berishi bilan belgilanadi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati shundaki, tadqiqot doirasida erishilgan natijalar talabalar bilan olib boriladigan psixokorreksion ishlarni aniqlashtirishga, stress holatida ularga xos muammolar yuzasidan olib borilayotgan tadqiqotlarda, oliy ta’lim muassasasi psixologi va pedagogining talabalar bilan ishlash jarayonida, talabalarning ma’naviy qarashlari bilan ishlashga mas’ul bo‘lgan tyutorlar faoliyatida, psixologik xizmat ko‘rsatish markazlarida qo‘llanma sifatida foydalanilish imkoniyatini berishi mumkinligi bilan belgilanadi.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalardagi psixologik stress holatining о‘zgarish dinamikasi bo‘yicha erishilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
talabalardagi psixologik stress holatini о‘zgarish dinamikasi yangi muhitga moslashish, katta о‘quv yuklamasi, imtihon oldi xavotir va guruhdagi nizolarning yuqori darajada ta’sir etishi tufayli stressga barqarorlikning shakllanganlik darajasiga bog‘liq ekanligi dalillanganligi takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya о‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 12-avgustdagi PM-51 sonli buyrug’i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Pedagogik psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya о‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 14-avgustdagi PM-51a sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalardagi psixologik stress holatini о‘zgarish dinamikasi stress holatini diagnostika qilish usullari borasida asosiy omillar yuqori darajada ta’sir etishini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
talaba shaxsiga о‘quv faoliyatidagi kognitiv, ijtimoiy omillar ta’siri natijasida faollik, hissiy komfortlik, pozitiv kayfiyat, qat’iyatlilik va muloqotchanlik xususiyatlarini kasbiy sifatlarga integral tarzda psixoemotsional sohada namoyon bо‘lishi holatini kuchayishi tufayli stressga bardoshlilikni yoshga bog‘liq ravishda shakllanishi asoslangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya о‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 12-avgustdagi PM-51 sonli buyrug’i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Pedagogik psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya о‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 14-avgustdagi PM-51a sonli ma’lumotnomasi). Natijada talaba shaxsiga o’quv faoliyatidagi kognitiv ijtimoiy omillar ta’siri natijasida faollik, xissiy komfortlik, pozitiv kayfiyat, qat’iyatlilik va muloqatchanlik xususiyatlarini kasbiy sifatlarga integral tarzda psixoemotsional sohada namoyon bo’lish holatining kuchayishi tufayli stressga bardoshlilikni yoshga bog’liq ravishda shakllanishiga oid uslubiy ma’lumotlar takomillashtirilgan;
talabalardagi psixologik stress holatini о‘zgarish dinamikasi stressga chidamlilik, muammoni yechish, muammoni konstruktiv baholash va о‘z vaqtida ratsional hal eta olish hamda yuqori tanqidiy tafakkur xususiyatarini yoshga oid differensial shakllanishi tufayli koping sifatlarning barqaror ravishda rivojlanishiga identiv ekanligi isbotlangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya о‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 12-avgustdagi PM-51 sonli buyrug’i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Pedagogik psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya о‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 14-avgustdagi PM-51a sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalardagi psixologik stress holatining o’zgarish dinamikasini tahlil qilish imkoniyati yaratilgan;
talabalarda stressga barqarorlikni shakllantirishda shaxslararo munosabatlarda stressni boshqarish, stress holatidagi faollikni konstruktivlashtirish, self-menejment, ijtimoiy mas’uliyat, irodaviy sifatlarni rivojlantirish muhimligi tufayli ratsional-emotiv sohaga korreksion adaptiv ta’sir etish zarurati asoslangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya о‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 12-avgustdagi PM-51 sonli buyrug’i bilan «Konsultativ psixologiya va psixokorreksiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya о‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 14-avgustdagi PM-51a sonli ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda stressga barqarorlikni shakllantirishda shaxslararo munosabatlarda stressni boshqarish, stress holatidagi faollikni konstruktivlashtirish, self-menejment ijtimoiy mas’uliyat, irodaviy sifatlarni rivojlantirish muhimligi tufayli ratsional-emotiv sohaga korreksion adaptiv ta’sir etish usullari yaratilgan.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin