O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
“TASDIQLAYMAN”
__________ SH.Sharipov.
|
|
“KELISHILDI”
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
______________________
|
201__ yil “___”___________
|
|
201___ yil “_____”__________
|
|
Ro‘yhatga olindi: BD-5112200-3.02
201_ - yil“ __” ______
|
MIKROIQTISODIYOT VA MAKROIQTISODIYOT
FAN DASTURI
Bilim sohasi: 100000 - Gumanitar
Ta’lim sohasi: 110000 - Pedagogika
Ta’lim yo‘nalishi: 5112200 – Iqtisodiy bilim asoslarini o‘qitish metodikasi
TOSHKENT – 2019
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 201_-yil “____” _______dagi ____-sonli buyrug‘i bilanma’qullangan fan dasturlarini tayanch oliy ta’lim muassasasi tomonidan tasdiqlashga rozilik berilgan.
Fan dasturi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo‘yicha O‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashning 201 _-yil
“____” _______ dagi _____ -sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan.
Fan dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida ishlab chiqildi.
Tuzuvchilar:
G.A.Abdilakimov– Nizomiy nomidagi TDPU “Iqtisodiy bilim asoslari o’qitish metodikasi” kafedrasi dotsenti., PhD.
N.I.Rustamov– Nizomiy nomidagi TDPU “Iqtisodiy bilim asoslari o’qitish metodikasi” kafedrasi kata o`qituvchisi., PhD.
X.T. Jumanov– Nizomiy nomidagi TDPU “Iqtisodiy bilim asoslari o’qitish metodikasi” kafedrasi dotsenti.
Taqrizchilar:
B.T.Salimov - Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti“Sanoat iqtisodiyoti” kafedrasi professori, iqtisod fanlari doktori.
R.A. Isayev - Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti «Korporativ boshqaruv» kafedrasi dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi.
Fan dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti o‘quv-uslubiy Kengashida ko‘rib chiqilgan va tavsiya qilingan (201_ yil __ _______dagi ___-sonli bayonnoma)
I.O‘quv faning dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
Mustaqillikning o‘tgan yillari mobaynida O‘zbekiston ochiq, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish borasida ulkan yutuqlarga erishildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizda o‘tkazilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy islohotlar kishilar ongi va ruhiyatini o‘zgartirmoqda, ularni yangicha fikrlash, bozor iqtisodiyotini chuqurroq idrok etish va bozor talablariga moslashib ishlash va yashashga yo‘naltirilmoqda, tadbirkorlikka intilish keng tus olmoqda. Bu esa o‘z navbatida bozor ilmi iqtisodiy bilimlarni chuqurroq o‘rganishga katta ehtiyoj va qiziqishni keltirib chiqarmoqda.
O`zbekiston Respublikasida bozor iqtisodi - bizning xalqimiz oxirgi yillarda boshdan kechirayotgan qiyinchiliklarni bartaraf etishdagi zaruriy vosita hisoblanadi. Bozor iqtisodining o`rnatilishi og`ir ish, yo`li ko`p qirralidir. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining ro`y berganligi mazkur jarayonni yanada murakkablashtirdi.
Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o`tishi bilan jamiyatda bozor iqtisodiyotining amal qilish mexanizmini, turli mulkchilikka asoslangan korxonalarning xo`jalik yuritish faoliyatini, ularning bozor sharoitdagi harakatini, cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanish yo`llarini va shu asosda samarali faoliyat yuritishlarini tadqiq qilish fanninig dolzarbligini belgilaydi. Yuqorida ta`kidlangan masalalarni hal etishda hamda iqtisodiyotda tarkibiy o`zgarishlar va iqtisodiyotni modernizatsiyalashni yanada chuqurlashtirish, uning ko`lamini kengaytirish bilan bog`liq masalalarning nazariy va amaliy tomonlarini o`rganishda “Mikroiqtisodiyot” fanining ahamiyati beqiyosdir.
II. O‘quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o`qitishdan asosiy maqsad: talabalarda iqtisodiy sub`ektlarning bozordagi hatti-harakati va ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanish hamda firma foydasini maksimallashtiruvchi ishlab chiqarish hajmini tanlash bo`yicha nazariy va amaliy tushunchalarni hosil qilish.
Fanning vazifalari:
- bozor iqtisodiyoti qonunlari va bozor sub`ektlarining har xil bozor tuzilmalaridagi harakat faoliyati hamda ularning faoliyatiga ta`sir qiluvchi omillarni o`rganish;
- bozordagi talab va taklif to`g`risidagi statistik ma`lumotlar asosida bozorni tahlilqilish va xulosalar chiqarish;
- iste`molchining bozordagi hatti-harakati va ishlab chiqaruvchi firmalarning iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanish yo`llarini o`rganish;
- bozor muvozanati o`zgarishi va unga ta`sir qiluvchi omillarni tadqiq qilish;
- bozor sharoiti o`zgarishi oqibatlarini prognoz qilish va baholash.
- talabalarga milliy hisoblar tizimi asosida makroiqtisodiy ko`rsatkichlarni hisoblash usullari va makroiqtisodiy jarayonlarning o`zaro bog`liqligini o`rgatish;
- talabalarni jami talab va jami taklif, iste`mol va jamg`arish funktsiyalari, davlat xarajatlari va soliq mul'tiplikatorlarini davlat makroiqtisodiy siyosatiga ta`sirini ko`rsatish;
- talabalarga makroiqtisodiy muvozanat va uning modellari haqida to`liq ma`lumot berish hamda ochiq iqtisodiyot sharoitida makroiqtisodiy modellar mohiyatini tushuntirish va boshqalar.
“Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiradigan masalalar doirasida bakalavr:
- zamonaviy bozor iqtisodiyotining ishlashi va rivojlanishi, talab va taklif modeli asosida taqchil resurslarini taqsimlanish mexanizmi, raqobatlashgan bozorlarning asosiy xususiyatlarini va firmalarni ushbu bozorda harakat qilish qoidalari, makroiqtisodiy ko`rsatkichlarni va ularni hisoblash shartlari, tovarlar va xizmatlar bozoridagi makroiqtisodiy muvozanatga erishish mexanizmi, byudjet-soliq va pul-kredit siyosatlarining mohiyati, tashqi savdo siyosatining nazariy asoslari va vositalarihaqida bilimga;
- bozor iqtisodiyotining ishlashi, rivojlanishi hamda salbiy va ijobiy tomonlari, turli bozor strukturalarida firmaning harakati qoidalari, bozorning ishlash samaradorligi va unga ta`sir qiluvchi omillari, taqchil resurslarni taqsimlanish tamoyillari, xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning turli bozor sharoitlarida va turli oraliqlarda foydani maksimallashtirish shartlari, pul bozorida muvozanatning vujudga kelishi, makroiqtisodiy siyosatning iqtisodiy jarayonlarga ta`siri, byudjet-soliq va pul-kredit siyosatlarining qo`llanilishi, ochiq iqtisodiyotda makroiqtisodiy siyosatni amalga oshirishning iqtisodiy mexanizmlari to`g`risida
ko’nikmaga;
- bozordagi talab va taklif to`g`risidagi statistik ma`lumotlar asosida bozorni tahlil qilish va xulosalar chiqarish, statistik ma`lumotlar asosida talab va taklif funktsiyalarini tuzish va ular asosida bozordagi holatni tahlil va bashorat qilish, raqobatlashgan va raqobatlashmagan bozorda firmalarni xarakatini tahlil qilish asosida xulosalar chiqarish, makroiqtisodiy ko`rsatkichlarni tahlil qilish, iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishda makroiqtisodiy modellarni qo`llash, makroiqtisodiy siyosatning ijo'iy va salbiy oqibatlariga baho berish, makroiqtisodiy siyosatning natijalarning bashorat qilish malakasiga ega bo‘lishi kerak.
Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
1-MODUL. Iqtisodiyotning bazis tushunchalari, talab va taklif nazariyasining asoslari, iste`molchi tanlovi
1-mavzu. Iqtisodiyotning bazis tushunchalari
Iqtisodiy ehtiyoj tushunchasi. Iqtisodiy ne`matlar va ularning xususiyatlari. O`rnini bosuvchi ne`matlar. To`ldiruvchi ne`matlar. Iqtisodiy resurslar va ularning turlari. Tadbirkorlik qobiliyat itushunchasi. Al’ternativ xarajatlar va ularni aniqlash. Qaytarilmaydigan xarajatlarning vujudga kelishi. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning ahamiyati. Ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig`i. Ne`matlarni bir-biri bilan almashtirish (transformatsiya) koeffitsienti. Pozitiv va normativ tahlil. Tovarlar oqimi modeli. Buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot. Bozor iqtisodiyoti.
2-mavzu. Talab va taklif tahlili asoslari
Talab tushunchasi. Talab chizig`i. Talab funktsiyasi. Bir omilli va ko`p omilli talab funktsiyalari. Talabga ta`sir qiluvchi omillar. Talab miqdorining o`zgarishi. Talabning o`zgarishi. Taklif va taklif miqdori. Taklif chizig`i. Taklif funktsiyasi. Bir omilli va ko`p omilli taklif funktsiyalari. Taklifga ta`sir qiluvchi omillar. Taklif miqdorining o`zgarishi. Taklifning o`zgarishi. Talab va taklif qonunlari. Bozor muvozanati.
3-mavzu. Iste`molchi tanlovi nazariyasi
Iste`mol nazariyasida ne`mat tushunchasi. Iste`molchi tanloviga ta`sir qiluvchi omillar. Naflik tushunchasi. Iste`molchi ehtiyojini qondirish darajasi. Naflik funktsiyasi. Umumiy naflik,chekli naflik. Chekli naflikning kamayishi qonuni. Befarqlik egri chizig`i. Befarqlik chiziqlari kartasi va uning xususiyatlari. Byudjet chegarasi va uning o`zgarishi. Byudjet tenglamasi.Byudjet chizig`i. Byudjet chizig`i yotiqlik burchagi.Iste`molchi tanlovi masalasi. Naflikni maksimallashtirish.
2-MODUL. Ishlab chiqarish xarajatlari, qisqa va uzoq muddatli firma faoliyatining tahlili asoslari
4-mavzu. Ishlab chiqarish nazariyasi
Ishlab chiqarish jarayoni. Ishlab chiqarish texnologiyasi. Ishlab chiqarish omillari va ularning turlari. Ishlab chiqarish funktsiyasi tushunchasi. Izokvanta tushunchasi. Izokvantalar kartasi va uning xususiyatlari. Izokvantaning yopiqligi burchagi. Qisqa va uzoq muddatlardagi ishlab chiqarish. Bir o`zgaruvchan omil (mehnat) asosida ishlab chiqarishni tashkil etish. O`zgaruvchi omilning Yalpi o`rtacha, chekli mahsulotlari va ular o`rtasidagi bog`liqlik. Kapitalning chekli mahsuloti. Mehnatning chekli mahsuloti. Ishlab chiqarish omillari chekli mahsuldorligining kamayish qonuni. Ishlab chiqarish omillarining o`zaro almashuvi. Chekli texnologik almashtirish normasi. Izokosta tushunchasi. Ishlab chiqarish omillari sarfini minimallashtirish. Minimallashtirish masalasini grafik usuldagi yechimi va optimallik sharti.
5-mavzu. Ishlab chiqarish xarajatlari
Korxonaning qisqa muddatli va uzoq muddatli oraliqdagi faoliyati. Xarajatlar to`g`risida tushuncha. Boy berilgan imkoniyatlar va al’ternativ xarajatlar. Qaytarilmaydigan xarajatlar. Iqtisodiy xarajatlar, buxgalteriya xarajatlari. Ichki va tashqi xarajatlar. Iqtisodiy foyda va normal foyda. Yalpi xarajatlar. O`zgaruvchan va o`zgarmas xarajatlar. O`rtacha xarajatlar. Chekli xarajatlar. Ishlab chiqarish xarajatlari chiziqlari. Uzoq va qisqa muddatlardagi xarajatlargra fiklari. Qisqa va uzoq muddatdagi xarajatlarning o`zaro bog`liqligi. Ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash, O`rtacha ishlab chiqarish xarajatlari grafiklarining o`zaro joylashuvi.
6-mavzu. Raqobatlashgan bozorda qisqa va uzoq muddatli oraliqda firma foydasini maksimallashtirish va uning taklifi
Raqobatlashgan bozor va uning shartlari. Firmaning, Yalpi, o`rtacha va chekli daromadlari. Korxona foydasi. Korxona foydasini maksimallashtirishni nazariy jihatdan asoslash va uni grafik usulda tahlil qilish. Firma foydasini maksimallashtirishning umumiy sharti va mukammal raqobatlashgan bozor uchun sharti. Firmaning bezarar ishlash nuqtasi. Firma xarajatlarini minimallashtiradigan holat.Firmaning yopilish nuqtasi. Firmaning chekli mahsulot ishlab chiqarish qoidasiga amal qilishi. Firma taklifi. O`rtacha uzoq muddatli xarajat va uning xususiyatlari. Uzoq muddatli oraliqda ishlab chiqarish hajmini tanlash. Tarmoqqa qarashli tipik firma muvozanati. Tarmoqning muvozanat holati. Tarmoqning taklifi. Xarajatlari o`sayotgan tarmoqning taklif chizig`i, xarajatlari o`zgarmas bo`lganda tarmoqning taklif chizig`i. Xarajatlari kamayayotgan tarmoqning taklif chizig`i. Ishlab chiqarish masshtabi. Firmaning uzoq muddatli o`rtacha xarajatining kamayishiga va o`sishiga ta`sir qiluvchi omillar.
3-MODUL. Milliy iqtisodiyotning asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlari, ularning mutanosibligi va iqtisodiy o`sish
7-mavzu. Asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlar va ularni hisoblash
Yalpi ichki mahsulot. Sof milliy mahsulot. Milliy daromad. Shaxsiy daromad. Ixtiyordagi daromad. Daromadlar bo’yicha YaIMni hisoblash. Xarajatlar bo’yicha YaIMni hisoblash. Ishlab chiqarish usuli orqali YaIMni hisoblash.Yalpi milliy mahsulot. Nominal va real YaIM. Narxlar indeksi. Mehnat bozori. Ishsizlik tushunchasi. Ishsizlikning turlari. Ishsizlik darajasi. YaMM uzilishi. Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari. Ouken qonuni. Inflyatsiya mohiyati, hisoblanishi va turlari. Inflyatsiya sur`ati. Inflyatsiyaning sabablari, pulning miqdoriy nazariyasi. Inflyatsiyaning sur`atlariga ko’ra turlari. Talab inflyatsiyasi: mohiyati va modeli. Talab va taklif inflyatsiyasining qo’shilishi modeli. Kutilgan va kutilmagan inflyatsiya. Inflyatsiya va foiz stavkalari. Fisher samarasi. Inflyatsiyaning ijtimoiy oqibatlari. Inflyatsiya va ishsizlik. Fillips egri chizigi Inflyatsiya sur`ati va ishsizlik darajasi o’rtasidagi optimal mutanosiblik.
8-mavzu. Yalpi talab – Yalpi taklif modeli
Yalpi talab tushunchasi. AD egri chizigi. Baxo omillari. Foiz stavkasi samarasi.Boylik samarasi va import xaridlari samarasi. AD egri chizigi traektoriyasi. Pulning miqdoriy nazariyasi. Baholar darajasi va Yalpi talab o’rtasidagi teskari bog’liqlik. Bahodan boshqa omillarning Yalpi talabga ta`siri. Iste`mol xarajatlaridagi, investitsiya xarajatlaridagi, davlat xarajatlaridagi va sof eksportdagi uzgarishlar. Yalpi taklif tushunchasi va egri chizig’i. Yalpi taklifdagi o’zgarishlar. Yalpi taklifning klassik modeli. AS egri chizigining vertikalligi. AS egri chizig’ining ishlab chiqarish omillari va texnologiyalar ta`sirida siljishi. Yalpi taklifning keynscha modeli. Yalpi talab ta`sirida Yalpi taklif egri chizig’idagi siljishlar. Ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi. Umumiy muvozanat tushunchasi. AD – AS modelida muvozanatning ta`minlanishi mexanizmi.
9-mavzu. Iste`mol, jamgarish va investitsiya funktsiyalari
Daromad va iste`mol o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik. Jamgarish funktsiyasi va grafigi. Foiz stavkasi va jamg’arish. Iste`molga (APC) va jamg’arishga o’rtacha moyillik (APS). Iste`molga (MPC) hamda jamgarishga (MPS) chegaraviy moyillik. «Kuznets topishmogi». «Permanent daromad» kontseptsiyasi. «Hayot davri» kontseptsiyasi. Investitsiya tovarlarining Yalpi talabdagi o’rni. Avtonom investitsiyalar. Foiz stavkasi. Investitsiyalarga talab funktsiyasi. Investitsiyalar dinamikasini belgilovchi boshqa omillar. Investitsiyalashga chegaraviy moyillik. Investitsiyalarning beqarorligini belgilovchi omillar. Keynsning makroiktisodiy muvozanat nazariyasi. Bozor mexanizmi tomonidan Yalpi talab va Yalpi taklif muvozanati ta`minlashining doimiy emasligi.
10-mavzu. Keynsning tovarlar va xizmatlar bozorida makroiqtisodiy muvozanat modeli
«Daromadlar - xarajatlar» modeli – Keyns xochi. Xaqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar. Modelni tuzishdagi asosiy shartlar. Sof eksport funktsiyasi. Importga chegaraviy moyillik. Modelda makroiqtisodiy muvozanatga erishish mexanizmi. Tovar moddiy zahiralarining rejalashtirilmagan o’zgarishlari. Haqiqiy investitsiyalar va rejalashtirilgan investitsiyalar tengligi. Mul’tiplikator samarasi. Avtonom xarajatlarning mul’tiplikatsiya mezanizmi. Iste`molga chegaraviy moyillik va mul’tiplikatsiya samarasi. Mul’tiplikator formulasi. Retsessiya va inflyatsiyaga xos uzilish. Jamgarish-investitsiya modeli.
4-MODUL.Makroiqtisodiy siyosat va uni amalga oshirishning asosiy yo`nalishlari
11-mavzu. Byudjet-soliq va pul-kredit siyosatlari
Byudjet-soliq (fiskal) siyosati: mohiyati, maqsadlari, vositalari. Yopiq va ochiq iqtisodiyotda davlat xarajatlari mul’tiplikatori. Soliq mul’tiplikatori. Balanslashgan byudjet mul’tiplikatori. Soliqlarni kamaytirilishi samarasi va davlat xarajatlarini oshirilishi samarasi. Diskretfiskal siyosat. Davlat byudjeti taqchilligi va profitsiti. Nodiskret fiskal siyosat. Pul-kredit siyosatining maqsadlari va vositalari. Ochiq bozordagi operatsiyalar va hisob stavkasi. Majburiy zahiralash normasi. Pul-kredit siyosatini o`tkazish mexanizmi. Qat`iy va yumshoq pul-kredit siyosati. O`zbekiston respublikasi pul-kredit siyosatining o`ziga xos xususiyatlari.
12-mavzu. Ochiq iqtisodiyotda makroiqtisodiy siyosat
Tashqi savdo siyosati: mohiyati, maqsadlari, usullari. Tarif va notarif usullar. Import tariflari. Tariflarning baholar darajasi, iste`molchilar va ishlab chiqaruvchilarga ta`siri. Davlat ko’rgan yutuq. Tariflarni yoqlovchi hamda ularga qarshi fikrlar. Yangi paydo bulgan tarmoqlarni himoya qilish. Ichki bandlilik va davlat daromadlarining o’sishi. Dempingdan himoya. Tariflarning afzalliklari, kamchiliklari va qo’llash muammolari. Eksportga bojxona to’lovlari. Import kvotalari. Uzbekiston Respublikasi tashqi savdo siyosatining o’ziga xos xususiyatlari. Ochiq iqtisodiyotda muvozanatli ishlab chiqarish hajmi. Ochiq iqtisodiyotda Yalpi ishlab chiqarish hajmi. Ichki xarajatlar va savdo balansi. Sof eksport. Ichki xarajatlar va milliy ishlab chiqarish hajmi. Eksport va importning milliy iqtisodiyotga ta`siri. Eksport va import o’rtasidagi bog’liqlik. Sof eksport va muvozanatli ishlab chiqarish hajmi. Ochiq iqtisodiyotda pul-kredit siyosati.
IV. Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar.
1. Iqtisodiyotning bazis tushunchalari
2. Talab va taklif tahlili asoslari
3. Iste`molchi tanlovi nazariyasi
4. Ishlab chiqarish nazariyasi
5. Ishlab chiqarish xarajatlari
6. Raqobatlashgan bozorda qisqa va uzoq muddatli oraliqda firma foydasini maksimallashtirish va uning taklifi
7. Yalpi talab – Yalpi taklif modeli
8. Asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlar va ularni hisoblash
9. Iste`mol, jamgarish va investitsiya funktsiyalari
10. Keynsning tovarlar va xizmatlar bozorida makroiqtisodiy muvozanat modeli
11. Byudjet-soliq siyosati
12. Ochiq iqtisodiyotda makroiqtisodiy siyosat.
Amaliy mashg‘ulotlar multimedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhga bir o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilishi lozim. Mashg‘ulotlar faol va interfaol usullar yordamida o‘tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo‘llanilishi maqsadga muvofiq.
V. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
O`zbekiston Respublikasining iqtisodiy resurslari.
Mamlakatimizda intellektual resurslarni shakllantirish siyosati.
Mahalliy bozorda o`zaro o`rnini bosuvchi va bir-birini to`ldiruvchi maqsulotlar talabi o`zgarishining tahlili.
Mavsumiy tovarlar va ularning narx o`zgaruvchanligi.
Turli tovarlarning o`zgaruvchanlik koeffitsentlarini aniqlash.
Mahalliy bozordagi muvozanat narxga ta`sir etuvchi omillar.
O`zbekistonda ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish.
Oilamning byudjet va befarqlik chiziqlari.
Cheklangan naflikning so`nib borish qonuni qanday amal qiladi?
To`nkalgan xarajatlar tushunchasi va ularning amalda qo`llanilishi.
Raqobat va uning turlari.
Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va kamchiliklari.
Mahalliy bozorda amal qiladigan monopol tovarlarni ko`rsatib bering va harakatini baholang.
Doimiy va o`zgaruvchan xarajatlarning korxonalarda qo`llanilishi.
Korxonalarni rivojlantirishda investitsiyalarning ta`siri. O`zbekistondagi investitsiya siyosati.
16. O`zbekiston Respublikasida YaIM dinamikasi va tarkibi tahlili.
17. Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari.A. Ouken qonuni.
18. Inflyatsiya va ishsizlik o`rtasidagi bog`liqlik. Fillips egri chizig`i.
19. O`zbekiston Respublikasida inflyatsiya jarayonlarining kechishi va yuritilgan aksilinflyatsiya siyosati.
20. AD-AS modelida makroiqtisodiy muvozanat.
21. O`zbekiston Respublikasida Yalpi talab va Yalpi taklif dinamikasi va tarkiblari tahlili.
22. Pul taklifining kengaytirilgan modeli pul mul’tiplikatori.
23. Davlat byudjetining soliqlarga ko`ra tarkibi.Soliq yuki.
24. Soliq siyosati: mohiyati, maqsadlari, vositalari. O`zbekiston Respublikasi soliq siyosatining o`ziga xos xususiyatlari.
25. Pul-kredit siyosatining asosiy vositalari: depozitlarni majburiy zahiralash normasi, hisob stavkasi, ochiq bozordagi operatsiyalar.
26. Xalqaro savdoning zamonaviy nazariyalari.
27. O`zbekiston Respublikasida tashqi savdo aylanmasining dinamikasi va tovar strukturasiga ko`ra takomillashtirilishi tahlili.
28. O`zbekiston Respublikasining Butunjahon Savdo tashkilotiga a`zo bo`lib kirishini belgilovchi shart-sharoitlar.
29. To`lov balansini qisqa va uzoq muddatli tartibga solish usullari. Markaziy Bankning rasmiy valyuta zahiralari.
30. O`zbekiston Respublikasi valyuta siyosatining xususiyatlari va natijalari.
Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi. Darslik va o‘quv qo‘llanmalarining (ularning to‘la ta’minlanganligi taqdirda) boblari va mavzularini o‘rganish. Tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruza qismlarini o‘zlashtirish. o‘qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan ishlash. Fanning boblari va mavzulari ustida ishlash.
VI. Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbaalari
Asosiy adabiyotlar
1. Ғуломов С.С., Алимов Р.Х, Салимов Б.Т., Ходиев Б.Ю., Ишназаров А.И. Микроиқтисодиёт: Дарслик.-Т.: Шарқ–МАТБАА АК бош тахририяти, 2001 й.
2. Қ.С.Ҳамдамов. Микроиқтисод. Ўқув қўлланма.Тошкент 2001 йил.
3. Пиндайк Р., Рубинфельд Д. “Микроиқтисод” Инглиз тилидан таржима. –Т.: Шарқ нашриёт МАТБАА АК бош таҳририяти, 2002 й.
4. Erkin Egamberdiyev. Mikroiqtisodiyot. Toshkent., 2005 yil.
Qo‘shimcha adabiyotlar
5. Sh. Mirziyoyev. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak.// Xalq so‘zi. 16 yanvar 2017 yil.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yilning 7 iyundagi “Har bir oila - tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risidagi Qarori “Xalq so‘zi”, 8.06.2018 y.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”giPF-4947-sonli Farmoni. Xalq so‘zi. 8 fevral 2017 yil.
8. Ishmuxamedov A.E., Djumaev Z. A., Jumaev K.X. Makroiqtisodiyot .O`quv qo`llanma -T.: O`zbekiston yozuvchilar uyushmasi adabiyot jamg’armasi nashriyoti, 2005.–192 b.
9. Ishmuhamedov A.E. «O’zbekiston milliy iqtisodiyoti» Darslik. – T.: TDIU, 2005 yil. 320 b.
10.N.Maxmudov, M.Asqarova, I.Umarov. Makroiqtisodiytahlilvaprognozlash.Darslik.Toshkent., 2014 yil.
Internet saytlari
19. www.gov.uz
20. www.lex.uz
21.www.stat.uz
22.www. tdpu. uz
23. www.cbu.uz
24. www.economist.com
25.www.worldeconomics.com.
Dostları ilə paylaş: |