2.Topshiriq O‘qituvchining kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishning nazariy asoslari
Tabiatshunoslik fanida o’qituvchi o’z kasbiy mahorati orqali o’quvchilarni ushbu fanga qiziqishini ortirishi lozim. Buning uchun albatta o’qituvchi uchun “pedagogic mahorat” lozim bo’ladi. Tabiatshunoslik tabiiy fan bo’lganligi sababli o’quvchilar uchun juda qiziqdir. O’qituvchi bu qiziqishni hozirgi zamon talabiga muofiq vositalar va usullar orqali ortiradi.
«Pedagogik mahorat» fani, mahoratli o'qituvchilami tavyorlashga xizmat qiladi, o'qituvchilar va tarbiyachilaming kasbiy faoliyati sirlarini, mohirligini o'rgatuvchi va uni takomillashtirish to'g'risida ma’lumotlar berib boruvchi fan bo'lib, o'qituvchilarda pedagogik mahoratning mohiyat mazmunini, hozirgi zamon talablari doirasida kasbiy faoliyatini rivojlantirishning yo‘llarini, vositalarini, shakllarini o'rganadi. Pedagogik mahorat o'qituvchilar va tarbiyachilarga pedagogik ijodkorlik, pedagogik texnika, ta’lim - tarbiya jarayonida o'qituvchi va o'quvchilarning o'zaro hamkorligi, muloqot olib borish taktikasi, nutq madaniyati, tafakkuri, tarbiyachining ma’naviy - m a’rifiy va tarbiyaviy ishlarini tashkil etish va amalga oshirish, bu jarayonda xulq-atvomi va hissiyotni jilovlay olish xususiyatlarini o'rgatadi va o'z kasbini rivojlantirib boruvchi pedagogik faoliyatlar tizimi to'g'risida m a’lumotlar beradi. Pedagogik mahorat o'qituvchilarning pedagogik faoliyati zamirida takomillashib boradD Pedagogik faoliyat yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun jamiyat oldida, davlat oldida javob beradigan, ta’lim-tarbiya berishda maxsus tayyorlangan o'qituvchilar mehnati faoliyatidir. Bo'lajak o'qituvchilar o 'z pedagogik faoliyati jarayonida faoiiyatning quyidagi tarkibiy qismlarini bilishi lozim:
O ‘QITUVCHINING PEDAGOGIK FAOLIYATI TARKIBIY QISMLARI
Pedagogik faoliyatning maqsadi ;
Pedagogik faoliyatning obyekti va subyekti
Pedagogik faoliyatning vositasi
Pedagogik jarayonning mohiyatini anglamagan, bolaga nisbatan chuqur hurmatda bo'lmagan o'qituvchi ta ’lim-tarbiya samaradorligi va inson kamolotini ta’minlovchi fikrga ega bo'lmaydi. Pedagogik jarayonning vazifasi bilim berish, tarbiyalash, rivojlantirish bo'lib, o'qituvchilaming faoliyat mezonini begilab beradi. O'qituvchilarning faoliyati pedagogik jarayonning h arak at vositasidir. Pedagogik jarayonning obyektlari bo'lmish tarbiyalanuvchi insonga, o’quvchi va o'quvchilar guruhiga hamda alohida o'quvchiga pedagogik jarayonning subyektlar — ota-onalar, o'qituvchilar, tarbiyachilar, sinf jamoasi, pedagogik jamoj mas’uldirlar va ular jamiyat talablari asosida ta’lim va tarbiya berisl faoliyatini bajaradilar. O‘qituvchining pedagogik faoliyatida ijobiy nati jalarga erishishi, mehnat malakasini, ya’ni egallagan bilimlarini o'zinmj hayotiy va amaliy faoliyatida nechog'lik qo‘llay bilishi bilan belgilanadi. O'qituvchilarning pedagogik faoliyati samarali bo'lishi uchui zarur bo'lgan qobiliyatlar tizimini: bilim, bolani tushuna olish, kuza tuvchanlik, nutq malakasi, tashkilotchilik, kelajakni ko'ra bilish, diqqatn taqsimlab olish, vaziyatni to'g'ri baholash, yuzaga kelish ehtimol bo'lgan har xil ziddiyatlami o'z vaqtida bartaraf etish, o'quvchilarni bilim olishga qiziqtirish kabilar tashkil etadi.
«Pedagogik mahorat» fani kasbga oid bilim va qobili yatlami o'qituvchilarda shakllantirish, ijodkorlikni tarbiyalash, mahoral ko'nikma va malakalami egallashlari uchun, pedagogik texnika, pedago gik hamkorlik, pedagogik nazokat, nutq madaniyati to‘g ‘risida m a’lu motlar berib boradi.
tlar berib boradjj Bu maqsad bo’lajak o‘qituvchilarning quyidagi vazifalarni muntazam bajarib borishlari orqali amalga oshiriladi:
1. Bo'lajak o'qituvchilar pedagogik mahoratning nazariy va meto dologik asoslari bilan qurollantiriladilar.
2. Pedagogik mahorat fanining pedagogik texnika, pedagogik ham korlik (muloqot), pedagogik nazokat, pedagogik qobiliyat, tarbiyachili] mahorati, ta’lim jarayonini boshqarish, nutq madaniyati, tarbiya texno logiyasi, pedagogik ijodkorlik, refleksiya kabi tarkibiy qismlari to‘g‘ri sidagi bilimlar tizimini egallaydilar.
3. Bo'lajak o'qituvchilar milliy urf-odat va an’analarimizda va O'rta Osiyo mutafakkirlarining boy ijodiy meroslarida aks etgan pedagogil mahorat sirlarini mustaqil egallashga nisbatan o'zlarida ehtiyoj va havasni rivojlantirib boradilar.
4. Egallangan pedagogik-psixologik va metodik bilimlar, ko‘nikma va malakalar to'g'risidagi m a’lumotlar asosida har bir bo‘lajak o'qituvchi o‘zining shaxsiy pedagogik mahoratini shakllantiradi.
5. O‘quv-tarbiyaviy jarayonni jahon andozalariga xos so'nggi zamonaviy metod va shakllar asosida tashkil etish va boshqarishni amalga oshirishning nazariy va amaliy asoslarini muntazam o'zlashtiradilar.
6. O‘qituvchilar o'z kasbiy mahoratlarini takomillashtirishlari uchun shaxsiy-ijodiy malaka oshirishning shakl, usul va vositalarini egallaydilar.
7. Tarbiyachi mahoratining mohiyati, funksiyasi, tuzilishi to‘g‘risida o'qituvchilar uzluksiz ma’lumotlami o'rganib boradilar.
8. Yuksak zamonaviy axborot texnologiyalari va portal tizimidan erkin foydalanish asosida o 'z kasbiy mahoratlarini shakllantiradilar.
Bu maqsad va vazifalaming hal etilishi o'qituvchilar va tarbiyachilami zamon bilan hamnafas bo'lishga, yoshlami tarbiyalash dardi bilan yashash va kelajakni aniq ko'ra olishga o'rgatadi. Har bir o'qituvchi shaxsida mamlakatimizning dolzarb muammolarini, maqsad va vazifalarini vijdonan tasavvur qilib, aniq bajarib borishi uchun shijoat bilan o'z imkoniyati, bilimi, tajribalarini ishga solishga o'rgatadi hamda pedagogik faoliyatga ijodiy yondashish malakalariga ega bo'lishni tarbiyalaydi.
Pedagogik mahorat - о‘qituvchilarning shaxsiy (bolajonligi, xayrixohligi, insonparvarligi, mehribonligi va h.k.) va kasbiy (bilimdonligi, zukkoligi, fidoyi'ligi, ijodkorligi, qobiliyati va hokazo.) fazilatlarini belgilovchi xususiyat bo‘lib, о 'qituvchilarning ta ’lim-tarbiyaviy faoliyatida yuqori darajaga erishishini, kasbiy mahoratini doim iy takomillashtirib borish imkoniyatini ta’minlovchi faoliyatdir. U o'z fanini mukammal bilgan, pedagogik-psixologik va metodik tayyorgarlikka ega bo'lgan, о 'quvchilarni о 'qitish, tarbiyalash va rivojlantirishning optimal yo‘llarini izlab topish uchun, amaliy faoliyat olib boradigan har bir о‘qituvchining kasbiy faoliyatida namoyon bo 'ladi.
O'qituvchilarning kasbiy xususiyatlariga: o'z kasbini, bolalarni sevi shi, ziyrakligi, hozirjavobligi, vazminligi, pedagogik nazokati, tasavvuri qobiliyati, tashkilotchiligi, notiqlik madaniyati, chuqur va keng ilmiy saviyasi, kasbiy layoqatliligi, ma’naviy ehtiyoji va qiziqishi, intellekti, yangilikni anglay va qo'llay olishi, kasbiy ma’lumotni mvintazam oshirishga nisbatan intilishi va boshqa fazilatlari kiradi. O'qituvchilarning kasbiy pedagogik tayyorgarligi shartli ravishda quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi:
1) O'qituvchining shaxsiy fazilatlar bo‘yicha tayyorgarligi.
2) O'qituvchining ruhiy - psixologik tayyorgarligi.
3) O‘qituvchining ijtimoiy - pedagogik va ilmiy - nazariy jihatdan tayyorgarligi.
4) O‘qituvchining maxsus va ixtisoslikka oid uslubiy bilimlarni egallab borishi.
Yuksak pedagogik mahoratni shakllantirishni ta’minlovchi omillar quyidagilar:
a) ixtisoslik bo‘yicha o'quv predmetini, zamon, ilm-fan, texnika taraqqiyoti darajasida mukammal bilishi, uning boshqa o'quv fanlari bilan o‘zaro aloqadorligini ta’minlash malakasiga ega bo'lishi;
b) ta’lim oluvchilaming yosh, fiziologik, psixologik hamda shaxsiy xususiyatlarini hisobga olishi, ularning faoliyatini obyektiv nazorat qilishi va baholashi;
v) ta’lim jarayonini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish asosida o‘z faoliyatini tashkil etishi;
g) o‘quv - tarbiyaviy jarayonni zamon talablari darajasida tashkil qilish uchun asosiy pedagogik- psixologik va metodik ma’lumotlarga ega bo'lishi;
d) fanlami o'qitish jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalanishni bilishi;
e) jamoani «ko‘ra bilish», o'quvchilarning qiziqishlari, intilishlari, ularning hayot faoliyatlarida uchraydigan qiyinchiliklami tushunish va hamdard bo'la olish, o'z vaqtida ular fikrini anglay bilish, zukkolik bilan har bir bolaning xarakter xususiyati, qobiliyati, irodasini tushunish hamda ularga muvaffaqivatli ta’sir ko'rsatishning shakl, usul, vositalaridan xabardor bo'lishi;
j) o'z shaxsiy sifatlari (nutqining ravonligi, tashkilotchilik qobiliyati, badiiy ehtiyoji, didi va hokazo) ni takomillashtirish malakasiga ega bo'lishi.