27
boshqarishning har bir tamoyiliga alohida-alohida ta’rif berishga harakat qilamiz.
Ta’lim muassasasi boshqaruv nazariyasi va tarixida
boshqarishning asosiy
tamoyillari quyidagilardir:
17
Pedagogik
tizimni
boshqarishni
demokratiyalash
va
insonparvarlashtirish. Pedagogik kadrlarni tanlov va shartnoma asosida ishga
qabul qilish, qabul qilinayotgan qarorlarni ochiq muhokama qilish, axborotlarning
barcha uchun ochiq va
tushunarli joriy etish, ta’lim muassasasi jamoatchiligi oldida
ma’muriyatning muntazam hisobot berishi, o`qituvchi va o`quvchilarga ta’lim
muassasasi hayotiga oid o`z fikrlarini bildirishga imkon berish, ta’lim muassasasida
demokratik g`oyalarning ustuvor o`rin tutishini anglatadi.
Ta’lim tizimini boshqarishda shaxsga alohida
hurmat bilan munosabatda
bo`lish, unga ishonish, pedagogik faoliyatda sub’ektning sub’ektga
munosabati
darajasiga erishish, o`quvchi va o`qituvchining huquq
va manfaatlarini himoya
qilish, o`z iste’dodlari va kasbiy mahoratlarini erkin namoyon etish uchun sharoit
yaratish insonparvarlik tamoyiliga asoslangan boshqaruv mohiyatini anglatadi.
Boshqarishning tizimliligi va yagonaligi. Ta’lim muassasasini boshqarishga
nisbatan tizimli yondashuv asosida rahbar ta’lim muassasasini bir butun yaxlit tizim
sifatida va uning belgilari haqida aniq tasavvurga ega bo`ladi. Tizimning birinchi
belgisi yagonaligi hamda uni bo`laklar, tarkibiy qismlarga ajratish mumkinligidadir.
Ikkinchi belgisi tizimning ichki tuzilishining mavjudligini anglatadi.
Uchinchi
belgisi tizimning integrsiyalana olishidir. Tizimning har bir tarkibiy qismi o`ziga xos
sifatga ega bo`lgani bilan, o`zaro harakat orqali tizimning yangi integratsiyalana
17
. Виханский О.С., Наумов A.И. Менежмент: Учебник для вузов по эконб. спес. и направл. – Трете изде. –
M.: Гардарика, 2008.
pеdagogik tizimni boshqarishni dеmokratiyalash va insonparvarlashtirish;
boshqarishning tizimliligi
va yagonaligi;
boshqarishning markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan holatlarining ratsional
uyg`unligi;
yakka hokimlik bilan jamoatchilik
boshqaruvining birligi;
ta'lim tizimini boshqarishda axborotlarning ob'еktivligi va to`liqligi
Dostları ilə paylaş: