Toshkent davlat sharqshunoslik instituti koreyashunoslik fakulteti koreys filologiyasi kafedrasi


O‘zbek va koreys tillarida hurmat kategoriyasining lingvistik qiyosiy tahlili



Yüklə 43,8 Kb.
səhifə4/5
tarix06.11.2022
ölçüsü43,8 Kb.
#67628
1   2   3   4   5
Toshkent davlat sharqshunoslik instituti koreyashunoslik fakulte

4.O‘zbek va koreys tillarida hurmat kategoriyasining lingvistik qiyosiy tahlili.
Lingvistika bu tilshunoslik bo‘lib, u tilga oid bo‘lgan barcha muammolarni o‘rganadi, ya ‘ni lingvistika tilshunoslikning aynan o‘zi hisoblanadi. Til so‘zlash, fikrlni ifodalash vositasi sifatida ham o‘ziga xos bir olamdir. Uning xususiyatini o‘rganuvchi va o‘rgatuvchi fan tilshunoslik ya’ni lingvistika deyiladi. Lingvistika fani bir necha tarkibiy qism, ya’ni bo‘limdan iborat.
O‘zbek tilshunosligida ham badiiy asar tilini o‘rganishga bag‘ishlangan ishlarda, asosan, ikkita yo‘nalish yetakchilik qilganligini kuzatish mumkin.
1.Lingvistik yo‘nalish. Tilning muayyan tarixiy davrdagi holati ayni holatga xos bo‘lgan xususiyatlar, leksik, fonetik va grammatik xususiyatlar, tilning hozirgi holati bilan umumiy va farqli jihatlarini ilmiy tadqiq etish maqsadida o‘sha davrga oid adabiy-badiiy asarlarning tili o‘rganiladi. O‘zbek tilshunosligida bu yo ‘nalishda juda ko‘p tadqiqotlar yaratilgan.
2.Lingvopoetik yo‘nalish. Badiiy asar tilini lingvopoetik yo‘nalishda o‘rganishning asosiy maqsadi esa bundan farq qiladi. Bu o‘rinda masala tilning turli vazifalarga egaligiga borib taqaladi. Tilshunoslikka oid zamonaviy adabiyotlarda tilning, asosan, to‘rt-besh vazifasi qayd etiladi.
1.Kommunikativ vazifa - tilning kishilar o‘rtasidagi asosiy aloqa vositasi ekanligi.
2.Ekspressiv vazifa - turli fikr va tuyg‘ularni ifodalash vazifasi.
3.Konstruktiv vazifa - fikrlarni shakllantirish, tartibga soliah, ifoda tarzini belgilash vazifasi.
4.Akkumulyativ vazifa - ijtimoiy tajriba va bilimlarni to‘plash, saqlash vazifasi.
Shu o‘rinda akademik V.V.Vinogradovning muhim bir fikrini eslamaslik aslo mumkin emas. U tilning uchta eng muhim vazifasini ta’kidlagan edi: aloqa, xabar, ta’sir etish.
Ma’lumki, tilning markaziy, yetakchi vazifasi - kommunikativ vazifadir. Har qanday nutqiy kommunikatsiyaning yuzaga kelishida, voqealanishida esa uchta asosiy unsurning ishtiroki majburiydir, ya’ni so‘zlovchi (yozuvchi) - axborot(matn) - tinglovchi(o‘quvchi). Ularning birontasisiz muloqot jarayoni amalga oshmaydi.
O‘zbek va koreys tillarida hurmat kategoriyasining lingvistik xususiyatini ifoda etuvchi so‘zlar.
Kishilar o‘rtasida aloqa-kommunikatsiya og‘zaki nutqdan tashqari matnlar vositasida amalga oshar ekan, matn tuzuvchi tegishli badiiy va nobadiiy matn turini tanlaydi.
Tilning kommunikativ vazifasi bilan birga estetik vazifasi haqida ham to‘xtalish lozim. Chunki, so‘zlovchi o‘z fikrlarini qanday ifodalash, tinglovchiga aniq yetkazib berishni o‘ylaydi, buning uchun o‘ziga xos usul tanlaydi. Aynan shu jarayonda tilning estetik vazifasi yuzaga chiqa boshlaydi. Badiiy matn ifoda imkoniyatlari va usullarining rang-barangligi, o‘ziga xosligi va betakrorligi uning ta’sirchanligini ta’minlaydi. Matnning badiiyligini ta’minlashda ijodkor o‘z badiiy niyatiga muvofiq ravishda ifoda imkoniyatlaridan istaganini tanlaydi. Bunday imkoniyat esa tilning barcha sathlarida mavjud.
Matnning badiiyligini ta’minlovchi vositalarni ikkiga bo‘lish mumkin:
1.Lisoniy(lingvistik) vositalar.
2. Nolisoniy(ekstralingvistik) vositalar.
Lingvistik vositalarga fonetik,leksik,morfologik,sintaktik vositalarni kiritish mumkin.
Tilning leksik sathini tashkil qiluvchi so‘zlar atash, nomlashdan tashqari so‘zlovchining shaxsiy munosabatini ifodalashga ham xizmat qiladi.
Nolisoniy omillarga esa imo- ishora va hatti-harakatlar kiradi. Nutqimiz orqali ifodalangan axborotdagi kamchiklari imo-ishoralar va mimikamiz orqali to‘ldirishimiz mumkin.
Yuqorida aytib o‘tilganidek koreys tilida hurmatni ifodalovchi so‘zlar bir qancha bo‘lib ular nafaqat hurmat so‘zlar balki hurmatni ifodalovchi qo‘shimchalardir ham. Hurmatni ifodalovchi alohida so‘zlarga keladigan bo‘lsak, ular quyidagilar:
죽다- 돌아가시다-vafot etmoq;
가다- 가시다- bormoq;
이다- 이시다- otdan fe’l yasovchi qo‘shimcha;
읽다- 읽으시다- o ‘qimoq;
듣다- 들으시다- eshitmoq;
만들다- 만드시다- tayyorlamoq;
았다- 있으시다- bor bo‘lmoq;
자다- 주무시다- uxlamoq;
먹다- 드시다- 잡수사다- yemoq;
밥- 진지- ovqat;
생일- 생신- tug‘ilgan kun;
나이- 연세-yosh;
집- 댁- uy;
말- 막씀;
Shuningdek, koreys tili lingvistikasida hurmat so‘zlarni ifodalash maqsadida ishlatiladigan qo‘shimchalar ham mavjudki, ular quyidagilar:
-는/은- 께서는
-이/가- 께서
-에게- 께
-에게서- 께
-이름- 성함
Koreys tilida har qanday gap kimdir tomonidan aytiladi va kimgadir yo‘llanadi. Yo‘llangan gap gapirilayotganlarning o‘rtasidagi o ‘zaro munosabatlarni hisobga oladi. Bu bilan bo‘lgan gapning subyektini ulug‘lash va kamsitish usullaridir. Bu usul ayrim qo‘shimchalar yordamida ifodalanadi. Fe‘lning o‘zagiga (으)시 hurmat so‘z yasovchi qo‘shimchasi qo‘shilsa, bu fe’l subyekti hurmat kategoriyasi deb ataladi,. Fe’lning yakunlovchi shakliga ania bir qo‘shimchalar qo‘shilib boshqa kishiga nisbatan hurmatni bildirgan kategoriya hurmat kategoriyasi deb ataladi. Ba’zi hollarda gapirayotgan kishi boshqa kishiga nisbatan hurmatni maxsus o‘z ichiga olgan hurmat-izzat ma’nosini bildiruvchi so‘zlar bilan ifodalaydi.

O‘zbek va koreys tillarida hurmat kategoriyasining ekstralingvistik xususiyatini ifoda etuvchi so‘zlar


Gapning subyektini gapirayotgan kishidan yoki kattaroq bo‘lsa, yoki uning ijtimoiy holati balandroq bo‘lsa, yoki ular gapirayotgan kishi bilan qarindosh, yaqin munosabatlarni bo‘lmasa, gapirayotgan kishi fe‘lning o‘zagiga hurmatni (yuzaki ifodalab) quyidagi hurmat so‘z yasovchi qo ‘shimchasi ( 으)시 qo‘shilishi mumkin.
어머니께서는 라디어를 듣고 계십니다.
Onam radio tinglayaptilar.
(으)시 hurmat so‘z yasovchi qo‘shimchani ishlatish anchagina murakkab va chegaralangan.
Tinglovchining gapirayotgan kishi tomonidan ulug‘lash hurmatning nisbiy kategoriyasi deb ataladi.
Koreys xalqi o‘z farzandlarini juda go‘daklik paytlaridan boshlab o‘z nutqlarida xushmuomalalikning to‘g‘ri shakllaridan foydalanishni o‘rgatadilar. Keyinchalik maktablarda bu qoidalarda batafsil o‘rgatiladi va bu koreys xalqi o‘z tillaridagi bunday qanchalik katta ahamiyat berishlarini ko‘rsatadilar.
Koreys tilida xushmuomalalik formalarning juda ko‘pligi, ulardan vaziyatga ko ‘ra u yoki bunisini tanlashni murakkabligi nafaqat bu tilni o ‘rganuvchilar uchun, balki koreys xalqi uchunham ba’zan muayyan qiyinchiliklar tug‘diradi.
Xulosa
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, sharq mamlakatlari so‘zlash xulqi, muomala madaniyati bilan ajralib turadi. Yuqorida ko‘rib chiqqan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, koreys xalqi ham kattalarga hurmat va kichiklarga izzatga juda katta ahamiyat berishar ekan.
Koreys tilida hurmat kategoriyasi boshqa millat tillariga qaraganda anchayin kuchli va anchayin e’tiborni talab qiladi. Ushbu mavzuimiz orqali koreys xalqining hurmat kategoriyasiga kuchli e’tibor berishi va bu orqali milliy o‘zligini namoyon etishini ko‘rib o‘tish bizning pirovard maqsadimizdir.
Yuqori ko‘rib o‘tilgan mavzu yuzasidan o‘zbek va koreys xalqining lingvistik va ekstralingvistik jihatidan bir-biriga qiyoslaydigan bo‘lsak, ko‘p jihatdan bir-biri bilan o‘xshab ketadi. Ikki xalq orasida ham kattalarni hurmatlash, ularga nisbatan ehtiromli muomalada bo‘lish, katta va kichiklarga bo‘lgan munosabatdagi farqlar ham bir-birini taqazo qilishi sezilib turibdi.
Koreya uzoq yillar davomida “Geum-su-gang-sang” deb atalgan, ya’ni shoyiga o‘xshagan shoyiga o‘tilgan tabiiy chiroyli mamlakat. Xitoyliklar esa Koreyada tug‘ilish va Geum-ganni ko‘rishni orzu qilishgan ekan. Koreyaning uch tomoni dengiz bilan o‘ralganligi sababli Koreyadagi har bir inson yer va dengiz go ‘zalligi va ajoyibotlaridan bir vaqtda bahramand bo‘lishi mumkin. Koreya mutlaq farqli to‘rt faslga ega. Xulosa qilib aytganda, g‘arb mamlakatlariga nisbatan Koreyada o‘qish ancha arzonga tushadi hamda turli grantlar va stipendiya sohibi bo‘lish imkoni bor. Koreya hukumati horijlik talabalarni qo ‘llab quvvatlaydi.
Hurmat kategoriyasi fikrni lo‘nda, aniq va obrazli qilib ifodalashda nutqimiz uchun juda zarur bo ‘lgan vositalardan biri hisoblanadi.
Shu o‘rinda ta‘kidlab o‘tish joizki, asrlar mobaynida Koreya azaldan qadrlanib kelgan, “언어예절” – “ Til madaniyati” o‘sha millatning milliy ruhini, e’tiqodini va muomala madaniyatini ochib berishga xizmat qilib kelmoqda.
Markaziy Osiyo davlatlari azaldan bir-birlari bilan hurmat kategoriyasini qo‘llab gaplashgani bois, eng hurmat ma’nosidagi so‘zlarni ko‘p ishlatadigan xalqlar sifatida tan olingan.
Kattalarni hurmat qilish sharq xalqlarining jumladan, koreyslarning ham qadimiy udumlaridan bo‘lib, bu odat asrlardan buyon davom etib kelmoqda. Koreys xalqi ham kattalarga hurmat va kichiklarga izzat naqliga amal qilishadi. Ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodni shu ruhda tarbiyalash, barchaga teng muomalada bo ‘lishni o‘qtirib kelishadi. Bu esa koreys xalqining yana bir xususiyatlaridan biridir.



Yüklə 43,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin