2. Hurmat kategoriyasining norasmiy va rasmiy uslubi.
Hurmatning rasmiy uslubi marosimlardagi nutq va ma’ruza , rasmiy davralarda ish yuzasidan uchrashganda ishlatiladi. -습니다/-ㅂ니다 shakllari gapda kesimlikni shakllantiradi. Hurmatning yuqori darajadagi shakli rasmiy suhbatlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, tinglovchiga nisbatan hurmatni ifodalaydi. Agar ikki suxbatdosh birinchi bor uchrashayotgan bo‘lsa, hurmat kategoriyasi qo‘llaniladi.
Hurmatning o‘rta shaklida so‘zlovchining mavqei va yoshi jihatidan katta bo‘lgan tinglovchiga ehtiromi ifodalanadi. Hurmatning o‘rta shakli o ‘zaro ikki yoshi ham,mavqei ham,ulug‘ bo‘lgan kishilarga ham qo‘llash mumkin.
So‘zlovchining lavozimi yuqori yoki yaqin kishisi bo‘lsa, unga quyi hurmat shaklini ishlatish mumkin. Shuningdek, quyi gazeta va jurnallarga maqolalar yozishda yoki biror xabarni e’lon qilishda ishlatiladi. Bunda o‘quvchilarga nisbatan hurmatsizlik emas,balki ularga xolis munosabat ifodalanadi. Buni quyidagi misollarda bilib olishimiz mumkin:
예:절수가 내일 학교에 갑니다.
Chol su ertaga maktabga boradi.
지금 선생님은 밥을 먹고 있어서 우리와 함께 드라마를 볼 수 없습니다.
Hozir o‘qituvchimiz ovqatlanayotgani uchun biz bilan kino ko‘ra olmaydi.
여행을 잘 다녀오십시오.
Sayohatga yaxshi borib keling.
Hurmatning norasmiy shakli o‘zaro yaqin kishilar o‘rtasida qo‘llanilib, so‘zlovchining tenglovchiga nisbatan do‘stona munosabatini bildiradi. Bu uslubning ikki ko‘rinishi mavjud bo‘lib, ehtirom shaklidagi kesim -아(어/여)요,qo‘shimchasi oddiy shaklida fe‘lga qo‘shilmaydi.
Ba ‘zan tenglovchini o‘zidan yuqori qo‘yib,haddan ortiq xurmat ko‘rsatib gapirganda -(으)옵, -삽/시입/상오,-잡/자옵/자오 qo‘shimchalari qo‘llaniladi. Bu ayniqsa, epistolyar janrida qo‘llaniladi.
예: 오늘 수업 후에 도서관에 갑니다.
Bugun darsdan so‘ng kutubxonaga boraman
어디에서 와요?
Qayerdan kelyapsan ?
어디 가니?
Qayerga ketyapsan ?
모든 일을 끝난 후에 집에 가.
Hamma ishlaringni tugatib, uyga bor.
3. Xurmat kotegoriyasining leksik uslubi
Koreys tilida yuqori va quyi hurmatni bildiruvchi maxsus so’zlar ishlatidi. Bu 종징어 va 경어 deb nomlanadi. Ammo hamma so’zlar ham o’zining hurmat shaklida hurmat kategoriyasini tasovchi qo’shimchalarini qo’shganda, to’g’ri ma’no kelib chiqmaydi. Bu kabi so’zlarning maxsus qatori bo’lib, bu so’zlarni yoddan bilish lozim bo’ladi. Quyidagi jadvalga e’tibor beradigan bo’lsak, unda ba’zi bir fe’l va so’zlarning hurmat shaklini ko’rishimiz mumkin. Bu yuqorida aytilganidek 종징어 va 경어 deb atalib, ular ham bir vaqning o’zida hurmat shaklini yasovchi qo’shimchalardan yasaladi. Ammo ularning o’zagi o’zgarish holatini ham ko’rishimiz mumkin. Koreyaliklarga xos vazminlik va bosiqlik milliy xarakterning eng muhim belgisi hisoblanadi va uni biz o‘zbeklar tomonidan to‘g‘ri anglashinuvi millatlararo muloqotni muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yishda, o‘zaro izzat-ikrom ko‘rsatishda va koreys tilini o‘rganishda juda muhimdir. Har qanday holatda tanish va notanish kishilar bilan uchrashganlarida yoki xayrlashganlarida koreys xalqi engilgina bosh egib ta’zim qilib qo‘yadilar. Bunday ta’zimda yoqtirgan yoki yoqtirmagan kishiga nisbatan ham xushmuomalalik bilan izzat-ikrom ko‘rsatish ifodalanadi. Koreycha kinofilmlarini ko‘rganimizda xatto sevishganlar ham bir-birlarini quchib, ehtirosga berilganlarini, yoki hammaning oldida og‘iz-burun o‘pishganlarini ko‘rmaymiz. Koreyada yigitlar o‘zi yoqtirgan qizga ehtirosli muhabbat izhor qilish o‘rniga uni elkasiga opichlab, uyigacha olib borib qo‘yadi. Ma’lumki, biror kishining boshqa kishini yaqindan bilishi, tanishligi muloqotning asosiy tarkibiy qismini tashkil qiladi. Ijtimoy psixologiyada bilish atamasi ob’ektning nafaqat jismoniy xarakteristikasini balki xulq-atvor, dunyoqarash, qobiliyat, emotsiyalari nuqtai nazaridan ham bilishni nazarda tutadi. [Andreeva 2000: 119]. Muloqot jarayonida odamlar nafaqat bir-birlarini bilib olishadi, balki bir-birlari o‘rtasidagi munosabat keyinchalik qanday bo‘lishini ham bilib, belgilab oladilar. Bunday munosabatlar erkin, soxtalikdan holi bo‘lishi uchun muloqot vaziyatidagi suhbatdosh hattiharakatlarini to‘g‘ri tushunish ham muhimdir. Koreys tilida emotivlik fe’lning morfologik strukturasi fe’l negizidan oldin yoki keyin keluvchi, nisbatni, gonorativni(murojaatning xushmuomalalik formasi), zamonni, modallikni, turni, sababni ifodalaydigan ko‘plab (doimiy yoki flektiv) grammatik kategoriyalarga kiruvchi qo‘shimchalar orqali ifodalanadi. Koreys tiliga xos xushmuomalalikni, mehr muhabbatni, hurmat-ehtiromni ifodalovchi so‘zlarning strukturasi va badiiy matnda, tilda qo‘llanilishi masalasi koreys xalqining o‘zlari uchun ham, bu tilni o‘rganayotganlar uchun ham muhim ahamiyatga ega. Koreys tili darslik va qo‘llanmalarida shu sababli bu masalani yoritishga katta-katta qismlar ajratiladi. Koreys tili emotiv leksikani qo‘llanilish jihatidan qat’iy irearxik qoidalarga rioya qilishni talab qiladi. Nutq stili asosi murojaatdagi xushmuomalalik formalari asosida farqlanadi va bu sistema turli-tumanligi va murakkabligi bilan xarakterlanadi. Nutq etiketi (xushmuomalalik) dunyodagi birorta tilda koreys tilidagidek aniq va puxta shakllantirilmagan. Masalan, o‘zbeklarda o‘zidan kattalarga «siz» deya murojaat qilishning yagona belgisi mavjud bo‘lsa, koreys tilida xushmuomalalik barcha so‘z turkumlariga xos belgilar bilan ajralib turadi. Bunday xususiyatni yana yapon tilidagina ham kuzatish mumkin. Tabiiyki tilning bunday xususiyati sevgi emotivlarida ham o‘z aksini topmay qolmaydi.
Hurhat ma’nosidagi so’zlar asosida gaplar tuzamiz va ularni tahlil qilamiz. 아버지는 지금 회사에서 회의를 하고 계십니다. Dadam hozir firmada majlis o’tkazyaptilar. 할아버지의 가방이 저 방에 있으십니다. Buvaming sumkasi anavi xonada(lar) Ushbu jadvalda berilgan qo’shimchalarni misollarda ko’rib o’tadigan bo’lsak, har bir darak gap, so’roq gapda hurmat kategoriyasining shakli o’zgarib boraveradi. Masalan: 아버지는 지금 회사에서 회의를 하고 계십니다. Dadam hozir firmada majlis o’zkazyaptilar Ushbu misolda dadasining majlis o’tkazayotgani haqida ma’lumot berayapti. 아버지는 지금 회사에서 회의를 하고 계십니까? Dadam hozir firmada majlis qilyaptilarmi? Yuqoridagi misolda so’roq gap shaklini ko’rishimiz mumkin ya’ni bunda so’roq ohangi bilan aytilgan, so’ralgan ma’lumotni ko’ramiz. 김 대리, 지금 회사에서 회의를 하십시오. Ishchi Kim, hozir firmada majlis o’tkazing. Bu gap buyruq gap bo’lib buyurish ohangi bilan aytiladi. Koreys tilida buyruq shaklini yasash uchun –십시오 va–세요 va og’zaki nutqda fe’lning infinitiv shakli hamda –라 qo’shimchasi qo’shiladi. O’zbek tilida esa, -sin, -gin va fe’lning infinitiv shaklida yasaladi. 철수, 지금 회사에서 회의를 합시다. Chol Su, hozir firmada majlis qilaylik. Bu koreys tilida taklif gapga teng kelib, –ㅂ시다 va og’zaki nutqda –자 qo’shimchalarini qo’shish orqali yasaladi. O’zbel tilida –y/ay Qo’shimchalari orqali yasaladi. 철수는 지금 회사에서 회의를 하고 있으십니다! Chol Su hozir firmada majlis qilmoqda! Bu koreys tilida 감탄문 deb ataladi va kuchli hayajon bilan aytiladi. O’zbek tilida ham xuddi shunday.
Dostları ilə paylaş: |