nag`masaroy, nag`masoz kabi shakllarda kelib, “kuylovchi, xonanda, sozanda,
ashula aytuvchi, cholg`uchi” ma’nolarini beradi
9
.
Yana tarona so`zi ham quyidagi ma’nolarda keladi:
1. Ashula, ohang, maqom; 2. Aruz ilmida ruboiy vaznining nomi; Tarona
surmak
−kuylab o`qimoq; so`zlamoq; Tarona tuzmak, tarona chekmak−ashula
aytmoq, xonish qilmoq, kuylamoq
10
.
Masalan:
Istasangkim, nag`mang ichra ko`p xaloyiq o`lmagay,
Ul ikavdin ko`p, vale mendin tarone oz tuz.
6
“Navoiy asarlari lug`ati” Porso Shamsiyev, Sobirjon Ibragimov.T.1972. 457-b.
7
Alisher Navoiy “Hayrat ul-abror” mukammal asarlar to`plami, yigirma tomlik, 7-tom. T. 1992. 93-b.
8
“Navoiy asarlari lug`ati” Porso Shamsiyev, Sobirjon Ibragimov.T.1972. 457-b.
9
“Navoiy asarlari lug`ati” Porso Shamsiyev, Sobirjon Ibragimov.T.1972. 458-b.
10
“Navoiy asarlari lug`ati” Porso Shamsiyev, Sobirjon Ibragimov.T.1972. 537-b.
10
Ushu so`zlarning ma’nodoshlaridan yana biri, surud bo`lib, bu so`z Navoiy
ijodida: ashula, qo`shiq, kuylash, musiqa, shuningdek, surud tortmoq
−kuylamoq;
surud yasamoq
−ashula qilmoq, kuyga solmoq kabi ma`no ko`lamini kasb etadi
11
.
Masalan:
Gar mening holim desang tuz barcha dostoni niyoz,
Dilbarimdin nag`ma soz etsang, surudi noz tuz.
Bu so`z surud chekmak shaklida kelib, ashula aytmoq, kuylamoq ma’nolarini
beradi:
Subh bo`lg`och yana surud chekib,
Nag`ma birla navoyi rud chekib.
Bu so`zlarga ma’no jihatdan teng keluvchi yana bir so`z yir bo`lib, “ashula,
qo`shiq, jir” ma’nolarini beradi va yirlamaq, yirlag`uchi, yirov tarzida so`z
yasovchi qo`shimchalarni ham qabul qiladi. Lug`atda har uch so`zning ham izohi
berilgan: yirlamoq
−jirlamoq, ashula qilmoq; yirlag`uchi−jirlovchi, ashula qiluvchi,
hikoyachi; yirov
−jirov, baxshi, doston aytuvchi, hikoya aytuvchi; ashulachi
12
.
Demak, yir so`ziga faol qo`shimcha -la qo`shilib, otdan fe’l yasalgan, so`ng
hosil bo`lgan yirla so`ziga -g`uvchi sifatdosh shakli yasovchi qo`shimcha
qo`shilgan. Ma’lumki, ko`pgina kasb otlari asli sifatdosh hisoblanib, yirlag`uvchi
so`zi ham shular jumlasidandir. Ayni shu so`zga ma’nodosh hisoblangan yirov esa
otdan yasalgan otdir. Umuman, yir va undan yasalgan so`zlar xalq kuy-qo`shiqlari
uchun qo`llanilgan atamalardir:
11
“Navoiy asarlari lug`ati” Porso Shamsiyev, Sobirjon Ibragimov.T.1972. 567-b.
12
“Navoiy asarlari lug`ati” Porso Shamsiyev, Sobirjon Ibragimov.T.1972. 296-b.
11
Ey yirov, sen ham eshikni ko`rguz,
Yo to`g`on birla ulug` yirni tuz.
Yo to`g`onchi degay o`turgach un,
Sen qadah ol-u to`quz qatla yukun
13
.
Yuqoridagi so`zlarning yana bir ma’nodoshi qo`shiq so`zidir.Ammo bu
so`zning asosini tashkil etuvchi qo`sh so`zi qaysi ma’nodan kelib chiqqanini
belgilashda biroz ehtiyotkorlik lozim. Navoiy va undan oldingi davr turkiysida
“qo`shuq” so`zi “ashula” ma`nosidan sal yiroq bo`lgan. Tadqiqotlarga ko`ra, qo`sh
so`zi eski tilimizda omonim so`z bo`lgan va quyidagi ma’nolarni anglatgan:
1. Ikki narsani bir-biriga aralashtirmoq yoki ulamoq.
2. To`qimoq (she’rga nisbatan).
3. Omoch, ho`kiz
14
.
Qo`shiq so`zi “qo`sh”ning ikkinchi ma’nosi “to`qimoq”dan yasalgan,
“omoch”dan emas. Tilimizda -k, -q qo`shimchalarining fe’ldan (otdan emas) ot
yasashi bunga yana bir isbot bo`la oladi. “Devoni lug`oti turk”da
qo`shuq
−to`qilgan narsa, ya’ni she’r ma’nosini bildirgan. “Hayrat ul-abror”dan
olingan quyidagi bayt ham shu izohga yaqin:
Anglamayin so`zda tuyuq bahrini,
Qaysi tuyuq, balki qo`shuq bahrini.
13
Alisher Navoiy “Farhod va Shirin” 698-b.
14
Q. Sodiqov “Navoiy – kuy va qo`shiq so`zining ma`nosi”. “Sharq mash`ali” jurnali 1,2-sonlar. T. 2001. 56-59-bb.
12
Shuningdek, “Mezon ul-avzon”da Navoiy quyidagilarni yozadi:
“Yana qo`shuq durkim, arg`ushtak usulida shoye’dur va ba’zi advor kutubida
ul usul zikr bo`lubtur va ul surud a’borning teva surar hudilari vazni bila madidiy
musammaniy solimda voqe’ bo`lur, aning asli bu navdurkim, bayt:
Vahki ul oy hasrati dard-u dog`i furqati,
Ham erur jonimga o`t, ham hayotim ofati.
Foilotun foilun Foilotun foilun”.
Ammo bu latif zamonda va sharif davronda bu surudni ramali musammani
mahzuf vaznig`a elitib, musiqiy va advor ilmida muloyim tabliq benazir yigitlar
g`arib nag`omat va alhon bila ajab tasarruflar qilib, sulton sohibqiron majlisida
ayturlarkim, aning muloyimlig` va xush oyandalig`i vasfqa sig`mas va ta’sir va
raboyandalig`i sifatqa rost kelmas, balki ul hazratning ixtiroidur va bu ham ul
hazratning masihoso anfosi natoijidin istihshodg`a kelturmak munosibroq erdi,
andoqkim, bayt:
Sabzai xatting savodi la`li xandon ustina,
Xizr go`yo soya solmish obi hayvon ustina.”
Foilotun foilun foilotun foilun
15
Demak, Navoiy davrida “qo`shuq” nomli alohida she’riy janr bo`lib, unda
musiqiylik yuqori darajada bo`lganligidan mug`anniylar ham bu qo`shuqlarga kuy
bog`lashgan. Xulosa shuki, qo`shuqning “she’r” ma’nosidan “ashula” ma’nosiga
qarab ketishi ayni shu jarayondan boshlangan.
15
Alisher Navoiy “Mezon ul-avzon” 180-b.
13
Kuy, qo’shiq ma’nosini anglatuvchi yana bir so`z chingadir. “Mezonul-
avzon”da keltirilishicha, chinga zufof (arabcha so`z bo`lib zifaf va zufof kabi
talaffuz etiladi, ma`nosi “nikoh to`yi”) va qiz uzatish marosimlarida aytilgan. Bu
jihatdan u hozirgi “yor-yor”ga to`g`ri keladi. Navoiyning uqtirishcha, chinganing
ikki turi bo`lib, birinchisi hech qaysi vaznga teng kelmaydi. Ikkinchi turi esa
munsarihi matviyi mavquf bahriga to`g`ri keladi va bu qo`shiqqa yor-yor so`zini
radif o`rnida keltiradilar:
Qaysi chamandin esib keldi sabo, yor-yor
Kim damidin tushdi o`t jonim aro, yor-yor.
Muftailun foilon muftailun foilon
16
Shoirning ayrim g`azallarida “ovoz” so`zi ham kuy ma`nosiniberadi. Masalan:
Ey mug`anniy, chun nihon rozin bilursen soz tuz,
Tortibon munglug` navo sozing bila ovoz tuz.
Ushbu baytda ovoz tuzmoq matndan kelib chiqib “kuylamoq, qo`shiq aytmoq”
ma`nolarida kelgan.
Navoiy ijodida ayalg`u so`zi quyidagi ma`nolarda kelgan.
1. Musiqa asboblaridan biri:
Sovururda do`st javrin zaxm ichra darj etib,
Do`stlar bedod-u zulmin ham, ayalg`u kelturung.
2. O`lan, ashula, alla, kuy, ohang ta`sirli qo`shiq:
Holimg`a hajr bazmi aro tortsam surud,
16
Alisher Navoiy “Mezon ul-avzon” 18-19-bb.
14
Bor navha maddi telba ko`nglumning ayalg`usi.
17
Shoir asarlarida shu ma’noda keluvchi yana bir so`z ohangdir. Bu so`z ayni
paytda shakldosh bo`lib, quyidagi ma’nolarni beradi:
I.1. Qasd, niyat, istak, intilish. 2. Boshlash. 3. Yo`nalish.
II. Ravish, tarz, o`xshash, monand, kabi: Oina ohang - oyna monand, oina
kabi.
III. kuy, ohang; ohangi rost - rost ohangi, kuyi
18
Masalan:
Navha ohangi tuzib, og`oz qil mahzun surud,
Ul surud ichra hazin ko`nglumg`a maxfiy roz tuz.
Shu ma’nodagi yana bir so`z savtdir. Lug’atda bu so`z quyidagicha izohlanadi:
I. Tovush, ovoz; shovqin; ohang, kuy, maqom: savti jaras - qo`ng`iroq ovozi;
savti alhon: 1. kuy, ohang. 2. Kuylash, sayrash (qush-bulbul haqida)
Chek navo, ey bulbuli gulzori shavq,
Savt-u alhoning kelib asrori shavq
19
Yuqoridagi izohdan kelib chiqib, savt so`zi ham shakldoshdir deyish mumkin.
Shuningdek, nag`am so`zi ham “kuy, soz” ma`nolarida keladi:
17
“Navoiy asarlari lug`ati” Porso Shamsiyev, Sobirjon Ibragimov.T.1972. 31-b.
18
“Navoiy asarlari lug`ati” Porso Shamsiyev, Sobirjon Ibragimov.T.1972. 494-b.
19
O`sha asar. 539-b.
15
“Ulki ko`rguzgay muloyim tarona-u nag`am, agar eshituvchining hayoti, naqdi
anga fido bo`lsa ne g`am”
20
Yana zaxma so`zi ham quyidagi ma’nolarni beradi:
1. Urish, zarb, chertish. 2. Yara, zaxm. 3. Cholg`u (chunonchi tanbur)ni
chertadigan asbob (noxun). 4. Cholg`u kuyi
21
“har mug`anniyki, dardomandonaroq nag`ma chekar, aning zaxmasi zaxmliq
yurakka korgarroq tegar”
Kuy, ohang ma'nosini beruvchi maqom so`zi ham shakldosh hisoblanadi:
1. Joy, o`rin, turar joy. 2. Daraja, bosqich. 3. Musiqada asosiy kuy, ohang
22
.
Shu ma`nodagi yana bir so`z rost bo`lib, u Navoiy ijodida quyidagi ma`nolarni
beradi:
I.1. o`ng. 2. To`g`ri, tik.
II. musiqa kuylaridan biri
23
.
Dostları ilə paylaş: |