alhon, ilhon so`zlari ham yoqimli ovozlar, ashulalar, xonishlar, sayrashlar kabi
ma’nolarni anglatib, alhonnamoy va alhonsaro tarzida sayroqi, sayrovchi;
ashulachi so`zlariga to`g`ri keladi.
Shu ma’nodagi yana bir shakldosh so`z amaldir. Lug`atda bu so`z quyidagicha
izohlanadi:
I. Umid, istak, tilak, orzu.
20
O`sha asar. 457-b.
21
“Navoiy asarlari lug`ati” Porso Shamsiyev, Sobirjon Ibragimov.T.1972. 248-b.
22
O`sha asar. 381-b.
23
O`sha asar. 530-b.
16
II. 1. Ish –harakat, ijro. 2. Mansab.
III. Kuy, ashula, ohang.
Amal ahli – kuy bog`lovchi; amal-u qavl - kuy-ohang:
Arg`aning savti-yu noqus uni birla har yon,
Yuz mug`oni amal-u qavl ila g`avg`o erdi.
Yana romish so`zi ham Navoiy lirikasida ashula, musiqa ma`nolarida kelib,
romish aylamak
−kuylamoq, musiqa chalmoq; romishiy−kuylovchi, chol`guvchi
deganidir:
Bir ohang ila aylagil romishe
Ki, yetgay manga bir dam oromishe.
24
Shunday qilib, Navoiy talqinida navo, nag`ma, tarona, surud, yir, qo`shuq,
chinga, ovoz, ayalg`u, ohang, savt, nag`am, zaxma, maqom, rost, alhon, amal,
romish kabi so`zlarning barchasi “kuy; qo`shiq” so`zlariga ma’nodosh bo`lib, ular
ayni paytda shakldosh so`zlardir. Bulardan kuy, yir, qo`shuq, chinga, ayalg`u
so`zlari turkiy; nag`ma, savt, nag`am, maqom, alhon, amal so`zlari arabiy; navo,
tarona, surud, ovoz, ohang, zaxma, rost, romish so`zlari forsiy tillarga mansubdir.
Yuqorida ushbu so`zlardan yasalgan shu sohaga oid ayrim kasb otlarini ham
keltirib o`tdik. Navoiy ijodida musiqa yo`nalishidagi yana bir qancha so`zlar
qo`llanilganki, ular tubandagilarni tashkil etadi:
Mug`anniy
−ashulachi, sozanda, cholg`uchi kabi ma`nolarni anglatuvchi arab
tilidan o`zlashgan so`z. Bu so`z Navoiyning ham nazmiy, ham nasriy asarlarida
ko`p bor uchraydi:
24
“Navoiy asarlari lug`ati” Porso Shamsiyev, Sobirjon Ibragimov.T.1972. 530-b.
17
Mug`anniy, “ajam” ichra tutqil nag`am,
Sig`ur anda zikri “muluki ajam”
Yoki:
“Otashin yuzluk mug`anniyki, halqidin muloyim surud chiqarg`ay hol ahlining
kuygan bag`ridin dud chiqarg`ay”
Mug`anniyga ma`nodosh so`zlardan biri “mutrib” bo`lib, bu so’z o’rni bilan
shakldoshlik ham hosil qiladi:
1. Cholg`uchi, sozanda, ashulachi.
2. Zuhra (vinera) sayyorasi
25
.
Masalan:
“muloyim mutribki, tab va fahm anga yor bo`lg`ay, odamiy ko`ngli toshdin
bo`lsa anga zor bo`lg`ay…”
Yana xushovoz so`zi ham yaxshi cholg`uchi, usta sozanda ma’nolarini
anglatgan.
Shoir asarlarida navo qiluvchi, xonanda, xonish qiluvchi ma’nolarini beruvchi
ahli navo birikmasi ham bir necha o`rinda qo`llanilgan:
Agarchi ahli navodur ul oy boqmas,
Navoiyo, necha bulbul kibi navo qilsang.
Shuningdek, xushnag`ma, xushnag`masaro so`zlari ham xushovoz, yaxshi
kuylovchi, yoqimli sayrovchi, sayroqi kabi ma’nolarni anglatadi. Bu so`zlar ko`p
25
“Navoiy asarlari lug`ati” Porso Shamsiyev, Sobirjon Ibragimov. T.1972. 429-b.
18
hollarda qushlarga nisbatan qo`llanilgan, ammo o`rni bilan ashulachilarga berilgan
sifatlar qatorida ham kelaveradi:
Nag`malar turkona soz ettim o`gush,
Mastlig`din o`ylakim, xushnag`ma qush []
Xulosa qilib aytish mumkinki, kuy va kuychi so`zlarining shakl va ma’no
jihatlarini talqin qilish yordamida ushbu so`zlarning Navoiy ijodiga xos ayrim
qirralarini inkishof etdik. Shoirning ijodida ayni shu ma’noni beruvchi yana bir
qancha so`zlar borki, ular haqida keyingi tadqiqotlarimizda fikr yuritish
niyatidamiz. Muhimi, Alisher Navoiy yuqoridagi so`zlardan shunday mohirona
foydalanadiki, natijada har bir vaziyat, har bir holatdan kelib chiqib, so`zlarning
ma’nodoshlarini o`rnida qo`llashga erishadi.Tadqiqotimizning keyingi qismlarida
bu masalaga alohida to`xtalib boramiz.
Dostları ilə paylaş: |