13
darajasiga ko‘ra faqat Kitakyusyu (Shimoliy Kyusyu)
sanoat aglomeratsiyasi
yuqori darajada rivojlangan metallurgiya va og‘ir mashinasozlik sanoatlari bilan
ajralib turadi.
Yaponiyaning uchinchi rayoni Kyusyuning janubiy qismi va butun Sikoku
hamda Xokkaydo orollaridir. Rayonda sanoat rivojlanish darajasiga ko‘ra Sapporo
sanoat aglomeratsiyasi ajralib turadi. Xokkaydo eng awalo, ko‘mir va baliqni qayta
ishlash sanoatlari bilan tanilgan bo‘lsa, Sikoku va Kyusyu hududlarida qishloq
xo‘jaligining ahamiyati yuqori.
Yalpi ichki mahsulot
2005 yil YaIM 1,3 % ga o'sdi va 4,96 trln dollarni tashkil etdi. (aholi jon
boshiga 38,9 ming dollar).
2011 yilda esa 3,9 % ga o‘sdi(101-o‘rin) va 5,46 trln dollarga yetdi.
Eksport tuzulmasi: kompyuterlar, elektrotexnika, avtomobil.
Import tuzilmasi: ximikatlar, yoqilg'i, ruda va boshqa xom-ashyo, oziq-ovqat
mahsulotlari.
Xalq xo'jaligining asosiy sektorlari:
Hizmatlar sferasi 61 %
Sanoat 37 %
Yaponiya YaIMning o’sishi (mlrd $)
14
Qishloq ho'jaligi 2 %
Ish bilan ta'minlanganlik.Ishsizlik darajasi 4,2 %.
II-BOB. Yaponiya iqtisodiyotining jahon xo‟jaligida tutgan o‟rni va
tashqi iqtisodiy aloqalari
2.1 Yaponiyaning jahonda tutgan o‟rni.
Shu yilning 14-fevral kuni Yaponiya hukumati 2010-yilda yalpi ichki
mahsulot (YIM) hajmi bo‗yicha jahonda uchinchi o‗ringa tushganligini tan oldi.
Endilikda o‗z iqtisodiyotini tinmay rivojlantirib borayotgan Xitoy jahonning
AQShdan keyingi ikkinchi raqamli iqtisodiyotiga aylandi.
Hukumat hisobotiga ko‗ra, 2010-yilda Yaponiyaning YIM hajmi 5,47 trln. $
ni tashkil qilgan. Bu ko‗rsatkich Xitoyda 5,88 trln. $ dan iborat, deya xabar beradi
The New York Times gazetasi.
Yaponiya iqtisodiyoti o‗tgan yili 2009-yilga qaraganda 3,9% ga o‗sdi. 2009-
yil mamlakat iqtisodiyoti uchun juda og‗ir kechganligi hammamizga ma‘lum.
Yaponiya 1968-yildan beri YIM hajmi bo‗yicha jahonda AQShdan keyingi
ikkinchi o‗rinni egallab kelayotgan edi. Biroq, 1990-yillar
boshida mamlakat
iqtisodiyotining o‗sish sur‘ati biroz sekinlashdi. Oradan 10 yil o‗tib, 2000-yillarda
vaziyat asta-sekin yaxshilana boshladi. Shunga qaramasdan Yaponiya bir qator
jiddiy muammolarni boshidan kechirmoqda. Xususan, Yaponiyaning davlat qarzi
mamlakat YIM hajmidan ikki baravar ortiqdir! Bu esa, iqtisodiy jihatdan juda
xavfli ko‗rsatkich hisoblanadi.
Shunday qilib, Yaponiya YIM hajmi bo‗yicha
jahonda Xitoydan ortda
qolmoqda, biroq Yaponiyada kishi boshiga YIM miqdori Xitoynikidan o‗n barobar
ortiqdir! Bugungi kunda Xitoyda kishi boshiga YIM miqdori 3 600$ ni tashkil
qiladi, Yaponiyada esa 40 000$ dan ortiqdir.
15
Associated Press agentligi ekspertlarining baholashicha, Xitoy iqtisodiyoti
shu ketishda o‗sishda davom etadigan bo‗lsa, u 2020-2030-yillar oralig‗ida
AQShni quvib o‗tib, jahonning eng yirik iqtisodiyotiga aylanishi mumkin.
Tashqi iqtisodiy aloqalar Yaponiya iqtisodida hayotiy ahamiyatga ega.
Buning sababi mamlakat iqtisodiyotining ko‘p sohalari
deyarli butunlay import
xom-ashyolarga qarab qolganligidir. Yaponiya, asosan, sanoat xomashyolarini
import qiladi va iste‘molga tayyor mahsulotlarni eksportga chiqaradi.
Yaponiya jahonning juda ko‘p mamlakatlari bilan tashqi iqtisodiy aloqalarni
olib boradi. Ular orasida eksportining 1/3 va importining 1/4 qismi AQSh hissasiga
to‘g‘ri keladi.
Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasi bilan tashqi
iqtisodiy aloqalari ham
rivojlanib bormoqda. U O‘zbekiston iqtisodiyotiga tobora ko‘p investitsiya
kiritmoqda. Buxoro neftni qayta ishlash zavodi va Sho‘rtan gaz-kimyo
kompleksini investitsiyalashda Yaponiya faol qatnashdi. Yaponiyadan texnologiya
vositalari, tayyor iste‘mol mahsulotlari, aloqa
kommunikatsiya vositalari
O‘zbekistonga keltirilayotgan boisa, O‘zbekistondan Yaponiyagatobora ko‘p paxta
va ipaktolasi, tog‘-kon, metallurgiya sanoati mahsulotlari, turli iste‘mol
mahsulotlari eksport qilinmoqda.
Xitoy va Yaponiya o‘zaro hisob-kitoblarda AQSh dollaridan foydalanishni
to‘xtatib, uning o‘rniga iyena va yuandan foydalanishga kelishib oldi.
Bu haqda
Pekinda bo‘lib o‘tgan ikki mamlakat bosh vazirlari Ven Szyabao (Xitoy) va
Yosixiko Noda (Yaponiya) o‘rtasidagi muzokaralar yakunida xabar qilingan, deya
yozadi ―Vedomosti‖ nashri.Shunday qilib AQSh dollaridan voz kechish natijasida
ikki mamlakat kompaniyalari o‘zaro savdoda valyuta ayirboshlar xarajatlarini tejab
qolishlari hamda ikki tomonlama savdoni rivojlantirishlari mumkin.
Bundan tashqari, kelishuvga binoan, Yaponiyaning Xalqaro hamkorlik banki
yuanda baholangan obligatsiyalar ham chiqaradigan bo‘ldi. Xitoy Xalq
16
Respublikasi ilk marta yaponlarga bunday imkoniyatni yaratmoqda. Yaponiya,
shubilan birga, Xitoyning hukumat obligatsiyalarini sotib olish huquqini ham
qo‘lga kiritdi.
Dostları ilə paylaş: