Burun sikozi – burun dahlizidagi soch (tuk) xaltachasining stafilokokklar yoki streptokokklar keltirib chiqaradigan yiringli yallig‘lanishidir. Bemor nafas olishga qiynalishidan, burunda achishish, og‘riq, burun kataklari terisining tortishishidan shikoyat qiladi.
Burun dahlizi ko‘zdan kechirilganda soch xaltachasi shishib, qizarib ketganligi, ba’zi xaltachalar pustulaga aylanganligi aniqlanadi. Davolanishning asosiy usullaridan biri – epilatsiya. Maxsus pinset yordamida zararlangan soch (tuk) lar olib tashlanadi, so‘ng teri yuzasi dezinfeksiya qilinadi. Bemorni ambulatoriyada davolash mumkin. Bunda burun dahlizi spirt bilan tozalanib, sintomitsin va gidrokortizonli surtmalar qo‘yiladi.