Vegetativ innervatsiyaning mahalliy buzilishi natijasida vaqt-vaqti bilan teri va teri osti qon tomirlari kengayishi sababli burun terisining qizarib turishidir. Kasallik tufayli qon tomirlarining kengayishi keyinchalik teleangioektaziyalar paydo bo‘lishiga olib keladi. Bu joylarda biriktiruvchi to‘qima o‘sib burun kattalashadi. Odamning yuz tuzilishi o‘zgarib ketadi. Bu kasallik rinofima deyiladi. Bu kasallik ko‘proq ovqat hazm qilish tizimida kasalligi va qabziyati bo‘lgan bemorlarda, shuningdek, ko‘p spirtli ichimlik ichgan, sovqotgan odamlarda uchraydi.
Davolashni keltirib chiqaruvchi omilni bartaraf qilishdan boshlash lozim. Mahalliy davodan 10% li rezorsin malhami bilan applikatsiya qilish tavsiya etiladi. Rinofima bo‘lgan bemorlar terisining o‘sgan qismlari kesib tashlanadi.