Burunga yot jismlar kirib qolishi ko‘proq bolalar va ruhiy bemorlar orasida uchraydi. Ko‘p hollarda olcha danagi, pista, o‘yinchoqlarning mayda qismlari va shunga o‘xshash narsalar burun bo‘shlig‘ida turib qoladi. Bunda bir tomonlama nafas olishning qiyinlashuvi, tumovning uzoq vaqt tuzatilmasligi kuzatiladi.