Agar burunga hasharotlar kirib qolsa burun bo‘shlig‘ini natriy xlor eritmasi bilan yuvib uni chiqariladi. Agar yot jism burun bo‘shlig‘ida uzoq vaqt turib qolsa u asta-sekin ohakli va kalsiy fosfatli tuzlar qatlami bilan qoplanib rinolit burun toshiga aylanadi. Rinolitlar aniqlangan zahoti olib tashlanadi.
Tashqi burun kasalliklari
Burun saramasi
Saramas – gemolitik streptokokk qo‘zg‘atadigan va terida o‘tkir yallig‘lanishga xos o‘zgarishlar bilan kechadigan yuqumli kasallik. Kasallik bemorning umumiy ahvolining og‘irlashuvi bilan boshlanadi, bunda tana harorati ko‘tariladi, et uvushadi, yaqin joylashgan limfatik tugunlar kattalashadi.
Zararlangan burun terisi qizarib, pufakchalar bilan qoplanadi, tekshirilganda og‘riq bo‘ladi. Burun saramasi bilan og‘rigan bemorni darhol statsionarga yotg‘izish kerak. Kasallik umumiy va mahalliy davolanadi. Yallig‘langan joylarga malhamli antiseptik bog‘lamlar qo‘yiladi. Gemolitik streptokokka ta’sir qiladigan antibiotiklardan foydalanish maqsadga muvofiq.