Toshkent Davlat Texnika Universiteti Muxandislik Texnalogialari Fakulteti Biotibbiyot muhandisligi kafedrasi 134_ guruh talabasi RAYIMOV SHOXRUZ
Galvaniztsiya apparatlarining sxemasi.
Reja:
1.Potok-1 apparati haqida qisqacha
2.Apparat sxemasi haqida
Galvanizatsiya, elektroterapevtik davolash usuli boʼlib, bemor badanining maʼlum qismlariga zichligi oz oʼzgarmas tok bilan taʼsir koʼrsatishdan iborat. Elektr toki oʼzgarmas tok manbasidan, simlar vositasida unga ulangan ikkita elektrod orqali beriladi. Oʼzgarmas tok manbasi, ulangan simlar, elektrodlar va bemor badani elektr zanjirni tashkil qiladi. Zanjir ulanganida (galvanizatsiya vositasi ishga tushirilganida) bemor badani orqali oʼzgarmas tok oqa boshlaydi. Bu tok badan toʼqimalarida mavjud boʼlgan biologik suyuqliklar, qon va limfadagi ionlarni xarakatga keltirib, ularni organizm tomonidan oʼzlashtirilishini tezlatadi. Shu bilan oʼzgarmas tok bemor organizmidagi tabiiy kasalga kurashish jarayoniga yordam beradi. Galvanizatsiya muolajasini oʼtkazish uchun zichligi 0,05 - 0,2 mA/cm2 boʼlgan tokdan foydalaniladi. Bunday tok zichligini taʼminlab berish uchun oʼzgarmas tok manbasining chiqish kuchlanishi 25 – 30 V boʼlishi talab etiladi.
Galvanizatsiya va elektroforez uchun ishlatiladigan “Potok-1” apparati
“Potok -1” apparati galvanizasiya va dorili elektroforez muolajalarini oʼtkazish uchun moʼljallangan. Аpparat oʼtgan asirning 60-yillarida yaratilgan.
Аpparat quyidagi asosiy texnik koʼrsatgichlariga ega: chiqish tokining maksimal qiymati 50 mA (500 Ω aktiv yuklama qarshiligida), tok tarkibidagi pulsatsiyalar o`zgarmas tok qiymatining 0,5 %dan oshmaydi; apparat 220 V ± 10 % kuchlanishli va 50 Hz chastotali oʼzgaruvchan tok tarmogʼidan manba oladi; manbadan oladigan quvvati 15 VA dan oshmaydi; elektr tokidan himoyalanganlik darajasi tokdan shikastlanishdan himoya qilishning II sinfiga mansub; gabarit oʼlchamlari 260 x 230 x 80 mm; vazni 3 kg dan ortiq emas.
Аpparat tarmoqdan manbalanadigan boshqariladigan oʼzgarmas tok manbasi sifatida yaratilgan. Аpparatning elektr prinsipial sxemasi 1-rasmda keltirilgan. Аpparat elektr manbani tarmoqdan Tr transformatori orqali oladi. Transformatorning ikkilamchi oʼramlaridan (6 – 8 terminallari) kuchlanish koʼprik sxemasida yigʼilgan B1 toʼgʼrilagichiga beriladi. Sigʼimi 50 µF boʼlgan C1 – C4 kondensatorlari va qarshiligi 220 Ω boʼlgan R1 – R2 rezistorlaridan yigʼilgan filtr toʼgʼrilangan kuchlanish pulsasiyalarini tekislab beradi. Vaqt oʼtib, elektrolitik kondensatorlar qurishi sababli sigʼimi kamaysa ham, toʼgʼrilangan kuchlanishdagi pulsasiyalar miqdori 0,5 %dan oshmaydi. Аpparatning chiqish toki tarkibidagi pulsasiyali oʼzgaruvchan tokning fiziologik taʼsiri boshqacha boʼlgani sababli, uning miqdori kamaytirilishi shart.
1-rasm. “Potok – 1” apparatining printsipial elektr sxemasi
Apparatni ishlatish tartibi:
Apparat bemorga o`zgarmas tok bilan ta`sir ko`rsatadi. Apparatning musbat va manfiy chqish konnektorlariga komplektidagi simlar bilan qo`rg`oshin elektrodlar ulanadi. Elektrodlar bemor badaniga joylashtiriladi. Tok dastagi chap tomonga oxirigacha buralib, manba knopkasi bosiladi. Chiqish tokining kerakli ko`lami “DIAPAZON” knopkasi bilan o`rnatiladi. Shunda muvofiq LED ”5 mA” yoki “50 mA” yorishadi. “TAYMER” knopkasini bosib muolaja muddati o`rnatiladi. Muddatni 1 minutdan 30 minutgacha o`rnatsa boladi. “TOK” dastagini asta burab, bemor tokni sezishiga qarab muolaja tokining qiymati o`rnatiladi. Display muolaja toki qiymati bilan muolaja tugashigacha qolgan vaqtni ko`rsatib turadi.
2-rasm. Potok-1
Muolaja muddati tugashi bilan apparat bemorning zanjirini uzadi, muolaja yakunlanadi, displeyda “0 mA” va o`rnatilgan vaqt aks etib turadi. Agar apparat, muolaja muddati tugashidan avval tok dastagini chapga burab yoki “SBROS” knopkasini bosib, to`xtatilsa, xotirasida qolgan vaqt qiymati aks etadi. Muolaja boshlanganidan apparat 2-3 sekundda qaytarilib turadigan qisqa tovush berib turadi. Muolaja tugashida va muddati tugashidan avval to`xtatilsa apparat 3-4 sekund davomida uzliksiz tovush beradi.z