1.2. Pul agregatlari. Dunyoning barcha mamlakatlarida pul muomalasini amalga oshirish va tartibga solish Markaziy banklarga yuklatilgan. Bu yerda Markaziy banklarning mustaqillik darajasi muhim o’rin tutadi. Ayrim davlatlarda misol: Ispaniyada Markaziy bankning mustaqillik darajasi past. Shu jumladan Angliyada ham past. Shu sababli pul muomalasiga oid muhim qarorlarni qabul qilishda hukumatning roziligi talab qilinadi. Markaziy bank pul muomalasini amaldagi qonunchiliklarga qat’iy rioya qilgan holda boshqaradi. Bunda eng asosiy qonun hujjati bo’lib “Markaziy bank” to’g’risidagi qonun hisoblanadi.
Pul muomlasini tashkil qilish va tartibga solish bir nechta omillarga asoslanadi:
1. Pul-tovar munosabatlarining mavjudligi.
2. Pul mablag’larining tovarsiz harakatlanishi. M-n X.Yu.S lar va aholi davlatga soliq to’lashi.
3. Pul muomlasining me’yoriy huquqiy asoslarining mavjudligi.
4. Pul muomalasini tashkil qiluvchi va tartibga soluvchi institutlarning mavjudligidir. Odatda pul muomlasini Markaziy bank tomonidan tashkil qilinadi va tartibga solinadi. Lekin pul muomalasini tashkil qilishda bank tizimining 2-chi pog’onasida turuvchi tijorat banklari rol o’ynaydi.
AQSh da pul massasini aniqlash uchun 4 ta pul agregati, Yaponiya va Germaniyada – 3 ta, Angliya va Frantsiyada – ikkita pul agregatidan foydalaniladi.
Pul agregatlari – bu pul massasini muqobil o’lchash imkoniyatini beruvchi ko’rsatkichlardir.
Rivojlangan mamlakatlarning moliya statistikasida pul massasini aniqlashda quyidagi asosiy pul agregatlari to‘plamidan (guruhidan) foydalaniladi:
Rivojlangan mamlakatlarning moliya statistikasida pul massasini aniqlashda quyidagi asosiy pul agregatlari to‘plamidan (guruhidan) foydalaniladi:
M1 agregati - muomaladagi naqd pullar (banknotalar, tangalar) va joriy bank schyotlaridagi mablag‘larni o‘z ichiga oladi;
M2 agregati - M1 agregati va tijorat banklaridagi muddatli va jamg‘arma qo‘yilmalaridan (to‘rt yilgacha) tarkib topgan;
M3 agregati - o‘z ichiga M2 agregati va ixtisoslashgan kredit muassasalaridagi jamg‘arma qo‘yilmalarini kiritgan;
M4 agregati - M3 agregati hamda yillik tijoriy banklarining depozitli sertifikatlaridan iborat.
O‘zbekistonda pul massasi qo‘yidagi pul agregatlaridan iborat:
М0
Muomaladagi naqd pullar
М1
M0+ tijorat banklaridagi talab qilib olinadigan va joriy hisobvaraqlardagi qoldiqlar
М2
M1+ Tijorat banklaridagi muddatli depozitlar va jamg‘armalar
М3
M2+Tijorat banklari depozit sertifikatlari, obligatsiyalar, davlat zayom obligatsiyalari, xazina majburiyatlari
Rossiya Federatsiyada muomaladagi jami pul massasi hisob-kitobi uchun quyidagi pul agregatlari qo‘llaniladi.
Rossiya Federatsiyada muomaladagi jami pul massasi hisob-kitobi uchun quyidagi pul agregatlari qo‘llaniladi.
MO agregati - naqd pullar;
M1 agregati - MO agregati va hisob-kitob, joriy va boshqa schyotlar (maxsus schyotlar, kapital qo‘yilmalar schyotlari, akkreditiv va chek schyotlari, mahalliy byudjet schyotlari, kasaba, uyushmalari jamoat va boshqa tashkilotlarning schyotlari, davlat sug‘urta mablag‘lari, uzoq muddatga kreditlash fondi)dagi mablag‘lar tijorat banklariga qo‘yilmalar va jamg‘arma banklaridagi talab qilib olinadigan depozitlarning yig‘indisiga teng;
M2 agregati - M1 agregati va tijorat banklaridagi muddatli qo‘yilmalardan iborat;
M3 agregati - M2 agregati hamda depozit sertifikatlar va davlat zayom obligatsiyalari yig‘indisidan iborat.
Pul massasi naqd pullardan tashqari muddatli hisobvaraqlardagi mablag‘ va jamg‘armalarni, depozit sertifikatlari, investitsion fondlarning aktsiyalarini o‘z ichiga oladi. Pul massasining yuqoridagi elementlari «kvazi» pullar deb ham yuritiladi. Kvazi pullar likvid aktivlar bo‘lib, ular tez orada pulga aylanishi mumkin.
Pul massasi naqd pullardan tashqari muddatli hisobvaraqlardagi mablag‘ va jamg‘armalarni, depozit sertifikatlari, investitsion fondlarning aktsiyalarini o‘z ichiga oladi. Pul massasining yuqoridagi elementlari «kvazi» pullar deb ham yuritiladi. Kvazi pullar likvid aktivlar bo‘lib, ular tez orada pulga aylanishi mumkin.
Pul agregatlari M1 va M2 ning bir-biridan farqi M2 ning o‘z tarkibiga yaqin orada pulga aylanishi mumkin bo‘lgan «kvazi» pullarni olishdadir.
Pul massasining turli xil ko‘rsatkichlarini ishlatish pul muomalasi holatini tahlil qilishga turli tomonlardan yondashishga imkon beradi.
Rezerv pullar - Markaziy bankning majburiyati bo‘lib, o‘z ichiga quyidagi passivlarni oladi:
Markaziy bankdan tashqaridagi naqd pullar, majburiy zaxiradagi mablag‘lar, tijorat banklarining Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘idagi mablag‘lar va Markaziy bank mijozlarining depozitlari.
Kvazi pullar esa – pul massasi kabi bank tizimining majburiyati sifatida u o‘z ichiga quyidagi passivlarni oladi: talab qilib olinguncha depozitlar, muddatli depozitlar, jamg‘arma depozitlari, xorijiy valyutadagi depozitlar.
Rezerv pullarning xususiyati shundan iboratki, u bir tomonidan Markaziy bankning majburiyati bo‘lsa, ikkinchi tomondan monetar siyosatning maqsadli ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Germaniyada pul agregatlari M1 Muomaladagi naqd pullar (banknotalar, tangalar) va joriy bank schyotlaridagi mablag’lar M2 M3 M1 agregati va tijorat banklaridagi muddatli va jamg’arma qo’yilmalaridan (4 yilgacha)
M2 agregati va ixtisoslashgan kredit muassasalaridan jamg’arma qo’yilmalari + deposit sertifikatlari
Pul agregatlari
Germany Money
Last
Previous
Highest
Lowest
Unit
Money Supply M1
2180.70
2195.00
2196.80
65.40
EUR Billion
Money Supply M2
3013.60
3021.50
3021.50
34.40
EUR Billion
Money Supply M3
3045.40
3053.20
3053.20
122.90
EUR Billion
Banks Balance Sheet
7927.46
7893.15
10087.65
30.82
EUR Billion
Foreign Exchange Reserves
178016.00
176720.00
203337.00
71335.00
EUR Million
Loans to Private Sector
1476.91
1445.47
2367.06
171.69
EUR Billion
Central Bank Balance Sheet
1737.60
1822.30
1823.00
365.50
EUR Billion
Pul agregatlarining evolyutsiyasi
Ko'p yillar davomida iqtisodchilar moliyaviy aktivlarning umume'tirof etilgan guruhlari bo'yicha konsensusga erisha olmadilar. 1944 yilda Federal Rezerv Tizimi Boshqaruvchilar Kengashi tashabbusi bilan ikki turdagi almashuv ommaviy axborot vositalari bo'yicha oylik ma'lumotlar hisobotlari paydo bo'ldi . Ommaviy axborot vositalarida banklardagi talab qilinadigan depozitlar, masalan, naqd pulga ayirboshlanadigan, shuningdek, cheklar orqali o'tkaziladigan omonatlar va banklardan tashqaridagi valyutalar kiritilgan. M 1 jami talab qilib olinmagan depozitlar va banklardan tashqari valyutaga murojaat qilish uchun ishlatilgan.
Aksariyat takliflar eng yaxshi o'lchov sifatida pulga qaratilgan, ammo pulning universal ta'rifi yo'q. Pulni aniqlashda qo'llaniladigan yondashuvlardan biri moliyaviy aktivlarning aniq maqsadlari va ulardan foydalanishni aniqlashdir. Usul pulni qiymat ombori va ayirboshlash vositasi sifatida tasniflaydi. Ikkinchi yondashuv - moliyaviy aktivlar guruhlarini tashkil etish, ularning harakati ma'lum mikroiqtisodiy o'zgaruvchilar, jumladan bandlik, narxlar va milliy daromad bilan chambarchas bog'liq.
Kengash 1971 yilgacha M 1 dan foydalangan holda hisob-kitoblarni e'lon qildi. Yangi agregatlar, ya'ni M 1 va M 2 to'g'risidagi ma'lumotlar pul agregatlaridan foydalangan holda pul-kredit siyosatini shakllantirish muhimligini aks ettiradi. Bundan tashqari, ular, shuningdek, ba'zi iqtisodchilarning vaqtinchalik qiymat zaxirasini ta'minlashga qodir bo'lgan aktivlar ham pulning tegishli ta'rifini tashkil etishi kerak degan qarashlarini aks ettiradi.
1970-yillarda ko'plab moliyaviy vositalarning joriy etilishi yangi aktivlar sinflarini almashtirishga olib keldi. Yangi o'zgarishlar pul agregatlari va iqtisodiy o'zgaruvchilar o'rtasidagi munosabatlarga to'g'ri keldi.
Bunday nuqtada, Federal rezerv 1980 yilda pul agregatlarini qurish uchun pulni aniqlashning ikkita yondashuvidan foydalangan. M1 ta'rifi M 1A va M 1B bilan almashtirildi . Shu bilan birga, M 2 va M 3 eski M 2 ni M 5 ga almashtirdi . 1982 yildan beri kengash M 1B ni M 1 sifatida qayta ishlab chiqdi, ularning tegishli ta'riflari yillar davomida biroz o'zgartirildi.
Pul agregatlari va ularning ta'siri
Mamlakatning iqtisodiy salomatligi va moliyaviy barqarorligi pul agregatlari bo'yicha ma'lumotlardan foydalangan holda baholanadi. Natijada, o'nlab yillar davomida ular markaziy banklar tomonidan pul-kredit siyosatini belgilashda foydalanilgan.
Shunga qaramay, so'nggi bir necha o'n yilliklarda iqtisodchilar ishsizlik , YaIM va inflyatsiya kabi pul taklifi ko'rsatkichlarining o'zgarishi o'rtasidagi uzilishni isbotlay oldilar . Markaziy bankning pul-kredit siyosati Federal zaxira tizimi tomonidan iqtisodiyotga pul chiqarishni boshqaradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul mablag‘lari to‘xtovsiz harakatda bo'ladi, tovarlar va xizmatlar ayirbosh qilish jarayonida resurslar uchun to'lovlami amalga oshirishda, ish haqi hamda boshqa majburiyatlarni to‘lashda pul qo‘ldan qo‘lga o‘tib, aylanib turadi. Pulning o‘z vazifalarini bajarish jarayonidagi bu to‘xtovsiz harakati pul muomalasi deyiladi. Jahonda tarixan shakllangan hamda har bir mamlakat tomonidan qonuniy ravishda mustahkamlab qo‘yilgan pul muomalasining turli tizimlari amal qiladi. Mamlakat pul tizimin ng muhim tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: 1) milliy pul birligi (so‘m, dollar, iena, funt sterling, marka va h .k .); 2) naqd pul muom alasida qonuniy to ‘lov vositasi sifatida amal qiluvchi qog‘oz, tanga va kredit pullar tizim i; 3) pul emissiyasi, ya’ni belgilangan qonuniy tartibda pulni muomalaga chiqarish tizimi; 4) pul muomalasini tartibga soluvchi davlat idoralari. Pul muomalasi naqd va kredit pullar yordamida amalga oshiriladi. Naqd pul muomalasiga bank biletlari va metall tangalar (pul belgilari) xizmat qiladi. Naqd pulsiz hisoblar cheklar, kredit kartochkalari, veksellar, akkreditivlar, to‘lov talabnomalari kabilar yordamida amalga oshiriladi. Ularning hammasi pul agregati deb yuritiladi. Muomalada mavjud boyigan pul massasi ularni (naqd va kredit pullarni) qo'shish yo‘li bilan aniqlanadi.
Milliy iqtisodiyotda davlat tijorat banklari va boshqa moliyaviy muassasalarning majburiyatlari pul sifatida foydalanadi. Pul operatsiyalarining asosiy ko`pchilik qismi naqd pulsiz, cheklar va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar yordamida amalga oshiriladi. Shu sababli muomalada bo`lgan pul miqdorini hisoblash uchun M1….Mn pul agregatlari yoki tarkibiy qismi tushunchasidan foydalaniladi. Barcha pul agregatlari yig‘indisi yalpi pul massasi yoki yalpi pul taklifini tashkil qiladi. R espublikamizda umumiy pul miqdori quyidagi (tarkib)lar asosida hisoblanadi:
M0 — muomaladagi naqd (qog‘oz va metall) pullar.
M1 = M0 + aholining joriy hisob varaqalaridagi pul qoldiqlari, korxonalarning hisob varaqalaridagi pul mablag’lari, banklardagi talab qilib olish mum kin bo`lgan pul omonatlari.
M2 = M1 + tijorat banklaridagi m uddatli omonatlar va jamg‘arma hisob varaqalaridagi pullar, ixtisoslashtirilgan moliyaviy muassasalardagi depozitlar va boshqa aktivlar. Mazkur agrégat tarkibiga kiruvchi pul mablagarini bevosita bir shaxsdan boshqa biriga o‘tkazish hamda ayirboshlash bitimlarida foydalanish mumkin emas. Ular asosan jamg‘arish vositasi vazifasini bajaradi.
M 3 = M2 + bank sertifikatlari + aniq maqsadli zayom obligatsiyalari + davlat zayom obligatsiyalari + xazina majburiyatlari.
Bundan ko‘rinadiki, pul massasining har bir alohida agregati o‘zining likvidligi darajasiga ko‘ra farqlanadi. Likvidlik — bu turli aktivlarning o‘z qiymatini yo‘qotmasdan (ya’ni, eng kam xarajatlar asosida) tezlik bilan naqd pulga aylana olish qobiliyatidir. Pullar (metall tanga va qog‘oz pullar) eng yuqori Iikvidlikka ega boladi. Mijoz o‘zi istagan vaqtida olishi mumkin bo‘lgan bank hisob varaqalaridagi pul omonatlari ham likvidli hisoblanadi. Pul massasi tarkibiga to`lov vositasi vazifasini bajarish layoqati pastroq bo’lgan aktivlar qo‘shilib borishi bilan ularning likvidlik darajasi ham pasayib boradi.
Naqd pullar rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida umumiy pul massasining 9-10 foizini, bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mustaqil hamdo'stlik davlatlarida 35-40 foizni tashkil qiladi.
Pul bozori — bu mamlakatdagi pul miqdori hamda foiz stavkasining turli darajalarida pul mablag‘lariga bo’lgan talab va pul taklifining o‘zaro nisbatini ifodalovchi mexanizm .
Pul taklifi — bu bozorda pul sifatida muomalada bo`lgan turli-tuman moliyaviy mablag‘lar, ya’ni pul agregatlari yig‘indisi hisoblanadi. Mamlakatdagi pul taklifi asosan Markaziy bank tomonidan tartibga solinadi.
Pul taklifi asosan Markaziy bank tomonidan tartibga solinsada, u iqtisodiyotdagi barcha taklifni qamrab ololmaydi. Chunki, bu jarayonga uy xo‘jaligi xatti-harakati hamda tijorat banklarining siyosati ham ta’sir ko'rsatadi.
Tijorat banklari o‘z ixtiyorlarida bo’lgan aktivlari hisobiga yangi pullarni hosil qilishlari, ya’ni ularni bank krediti sifatida mijozlariga berishlari mumkin. To‘g‘ri, ularning bu faoliyatlari Markaziy bank tomonidan o‘rnatiluvchi majburiy zaxira me’yorlari orqali cheklanadi. Ya’ni, tijorat banki o ‘zining joriy xarajatlarini qoplashi hamda mijozlar tomonidan kreditlar qaytarilmasligi xavfining oldini olish maqsadida ma’lum miqdordagi pul mablaglarini zaxira sifatida saqlashi lozim. Aktivlarning qolgan qismi esa muomalaga chiqarilib, u ma’lum muddatdan so‘ng yana bankka qaytishi hamda majburiy zaxira me’yoridan ortiqcha qismi yana muomalaga chiqarilishi mumkin. To‘xtovsiz ravishda takrorlanuvchi bu jarayon pul taklifi multiplikatori yoki bank multiplikatori deyiladi.
0 ‘zbekistonda pul bozorining b ir q an ch a segm entlari yaratilgan b o ‘lsada, ulardan hech biri odatdagi pul bozori funksiyasini bajarish darajasigacha rivojlana olm agan. B undan tashqari, kuzatilayotgan davr boshida qisman orqaga tisarilish (chekinish) yuz bergan. M asalan, G K O bozoridagi aylanm a 2000-yilda, 1999-yilga qiyoslaganda, ularning past darom adliligi tufayli ikki b aro b ar qisqardi. B u ning natijasi shundan dalolat beradiki, respublikada erkin m oliyaviy in stru m en tlar va bozor tom o n id an o ‘rnatilgan bazaviy foiz stavkalari y o ‘q. Bu bilan qism an 143 bo‘lsada, tijorat banklarning katta sum m adagi ortiqcha zaxiralami ushlab turganligi, pul m assasida naqd pullar ulushi oshishiga olib keluvchi foiz stavkalari tuzilm asi betartibligini tushunish m um kin. M uom aladagi naqd p u llam in g pul agregati M 2 ga m unosabati 1996-yil dekabrdagi 42% dan 2000-yil iyunda 49% gacha o ‘sdi. Bu 0 ‘zbekiston M B ochiq bozorda keng operatsiyalar olib borolm aganligining asosiy sabablaridan biri b o ‘ldi. U ban k tizim i likvidliligini tartibga solishda xorijiy valuta savdosiga va m a ’m uriy — buyruq tadbirlariga (nom onitar om illarga) tayanishi lozim edi.