Toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali s. A. Abdurahmonov


-rаsm. O‘z-o‘zini yanchuvchi tеgirmоn MMC 7000х2300



Yüklə 6,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/138
tarix10.09.2023
ölçüsü6,09 Mb.
#142499
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   138
Toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali s. A. Abdur

31-rаsm. O‘z-o‘zini yanchuvchi tеgirmоn MMC 7000х2300: 
1-bаrаbаn; 2-liftеr; 3-,14-yonbоsh qоpqоqlаr; 4-yuklоvchi kаmеrа; 5-,11-pоdshipniklаr;
6-yuklоvchi mоslаmа; 7-elеktrdvigаtеl; 8-tishli muftа; 9-klаssifikatsiyalоvchi mоslаmа;
10-tishli jig‘а; 12-bo‘shаtuvchi sаpfа; 13-pаnjаrа.
 
4.5. Barabanli tegirmonlarning ishlab chiqarish unumdorligi va 
unga ta’sir qiluvchi omillar 
Barabanli tegirmonlarning ishlab chiqarish unumdorligi vaqt 
birligi ichida yangidan hosil bo‘lgan ma’lum bir sinfning (masalan, 
0,074 mm li) miqdori bilan aniqlanadi. Tegirmonlarni ishlatish vaqtida 
uning ishlab chiqarish unumdorligiga va yanchish ko‘rsatkichlariga 
yanchishning ochiq va yopiq sikllari: yanchuvchi vositaning shakli, 
zichligi va qattiqligi, tegirmondagi bo‘tananing zichligi, tegirmonni 
yanchuvchi vosita bilan to‘ldirilish darajasi, tegirmon barabanining 
nisbiy aylanish chastotasi, klassifikatsiya samaradorligi va h.k. ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Tegirmondagi bo‘tananing zichligi uning oquvchanligini 
belgilaydi. Bo‘tananing zichligi qancha katta bo‘lsa, shuncha ko‘p yirik 
zarrachalar tegirmonning bo‘shatuvchi sapfasiga tushadi. Markaziy 
bo‘shatiluvchi sharli tegirmonlar (MSHTS)da bu yanchilgan zarrachalar 
o‘lchamining kattalashishiga olib kelsa, panjara orqali bo‘shatiluvchi 
tegirmonlarda yanchilgan mahsulot tarkibida yirik zarrachalar 


78 
ko‘payishi sodir bo‘lmaydi, chunki yirik zarrachalar panjara tomonidan 
ushlab qolinadi.
Bo‘tananing zichligi kichik bo‘lganda mahsulot MSHTS 
tegirmonlarida bo‘shatuvchi panjaradan tezroq o‘tib ketadi. MSHTS 
turidagi tegirmonlarda bo‘tana zichligining kamayishi yanchilgan 
mahsulot tarkibida mayin sinfning ko‘payishiga olib keladi. Yuqorida 
sanab o‘tilgan omillardan tashqari, barabanli tegirmonlarning ishlab 
chiqarish 
unumdorligiga 
dastlabki 
mahsulotning 
yirikligi 
va 
yanchiluvchanligi, yanchilgan mahsulotning o‘lchami, barabanning 
o‘lchamlari (
D
va 
L
), tegirmonlarning tuzilishi, uni ishlatish sharoitlari 
ham ta’sir qiladi. Bir xil sharoitda mahsulotning yanchiluvchanligi va 
tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligi orasida to‘g‘ri proporsional 
bog‘liqlik bor. Yanchilayotgan mahsulotning o‘lchami qancha kichik 
bo‘lsa va yanchilgan mahsulot qancha yirik bo‘lsa, tegirmonning ishlab 
chiqarish unumdorligi shuncha yuqori bo‘ladi. Bu bo‘liqlikni nazariy 
jihatdan tasdiqlovchi Rittenger qonunidir. 
6Qб
-1
(d
-1
-D
-1
)=k
1
*N (4.3) 
bunda: 
Q
– tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligi; 5 – yan-
chiluvchi mahsulotning zichligi; 
D
va 
d
– dastlabki va yanchilgan 
mahsulot zarrachasining o‘rtacha diametri
k
i
– mahsulotning 
yanchiluvchanligiga doir proporsionallik koeffitsiyenti; 
N
– tegirmon 
iste’mol qiladigan foydali quvvat. 
Yuqoridagi formula quyidagicha ifoda qilinishi ham mumkin: 
Q= E* N (4.4) 
bunda: E= k
1
/

-1
(d
-1
-D
-1
) yanchish samaradorligi t/(kw 

soat). 
Shunday qilib, mahsulot yanchishning doimiy sharoitida 
tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligi iste’mol qiladigan foydali 
quvvatiga proporsional. Amalda foydali quvvat umumiy quvvatning 
75%dan 90%gachasini tashkil qiladi. Barabanli tegirmonning geometrik 
o‘lchamlari va foydali quvvati orasida quyidagi bog‘liqlik mavjud: 
N= kD
2.5-2.6 
L (4.5) 
bunda: 
k
– proporsionallik koeffitsiyenti; 
D
va 
L
– tegirmon diame-tri va 
uzunligi. Panjarali sharli tegirmon uzunligi ortganda va u klassifikator 
bilan yopiq siklda ishlaganda tegirmon ichida aylanadigan yukni 
kichraytirish kerak, bu esa tegirmonning solishtirma ishlab chiqarish 


79 
unumdorligini kamaytiradi. Tegirmonlarning ichida aylanadigan optimal 
yuk tegirmon ma’lum sharoitda ishlaganda barabanning uzunligiga 
teskari proporsional. 

ning qiymatini (3) formuladan (2) formulaga qo‘ysak: 
Q= EkD
2.5-2.6
L=cD
2.5-2.6
L (4.6)
Shunday qilib, bir xil sharoitda tegirmonning ishlab chiqarish 
unumdorligi barabanning diametriga 2,5 : 2,6 darajada va uzunligiga 
to‘g‘ri proporsional. Sharli tegirmonlarda 
D
= 2,5, o‘z-o‘zini yanchuvchi 
tegirmonlarda 
D
= 2,6. Barabanning 1 m
3
hajmiga to‘g‘ri keladigan 
ishlab chiqarish unumdorligi solishtirma ishlab chiqarish unumdorligi 
deyiladi:
Bir xil mahsulotni bir xil sharoitda yanchuvchi ikkita tegirmonning 
solishtirma ishlab chiqarish unumdorligining nisbati.
Tegirmonni yanchuvchi vosita bilan to‘ldirilish darajasi ortgan sari 
yanchishga ketadigan energiyaning hajmiy sarfi ortib boradi, bunda v = 
50% bo‘lganda, u maksimumga yetadi. Bu holda, tegirmonning ishlab 
chiqarish unumdorligi ham tegishli ravishda ortadi. Yanchishning 
nisbatan yuqori ko‘rsatkichlariga
erishiladi: sharli tegirmonda 40–50%, steijenli tegirmonda 35–40%. 
Klassifikatsiyalash 
samaradorligi 
qancha 
yuqori 
bo‘lsa, 
tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligi shuncha yuqori bo‘ladi. 
Klassifikatsiyalash samaradorligining pastligi kam aylanadigan yuk 
bilan ishlaganda tegirmonga shuncha salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Klassifikatsiyalash 
samaradorligining 
ortishi 
mahsulot 
o‘ta 
yanchiluvchanligining oldini oladi. Mahsulotning baraban ichidan o‘tish 
tezligining ortishi yanchuvchi vositaning ish samaradorligini oshirishga, 
o‘ta yanchilish darajasining kamayishiga va tegirmonning ishlab 
chiqarish unumdorligi ortishiga olib keladi. 

Yüklə 6,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin