Toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali s. A. Abdurahmonov


 Yanchish sexida dastgohlarning joylashishi



Yüklə 6,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/138
tarix10.09.2023
ölçüsü6,09 Mb.
#142499
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   138
Toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali s. A. Abdur

 
4.7. Yanchish sexida dastgohlarning joylashishi 
Sharli va sharsiz usulda yanchish sexlarida dastlabki ruda bunkerdan 
ta’minlagich orqali yig‘uvchi tasmali konveyerga beriladi. Keyin qiya 
konveyer orqali u klassifikator, gidrosiklon yoki g‘alvir bilan yopiq 
siklda ishlovchi tegirmonga beriladi. Klassifikator qumlari, odatda 
tegirmonga o‘z-o‘zidan oqib tushadi. Agarbuning iloji bo‘lmasa, qum 
nasoslari, vintli konveyer va h.k.lardan foydalaniladi. 32-rasmda temirli 


82 
rudani o‘z-o‘zini yanchishni qo‘llab, boyitish bosh binosida 
dastgohlarning joylashtirilishi ko‘rsatilgan. 
Dastlabki mahsulot bo‘lib oichami 350–0 mm bo‘lgan, tog‘ jin-sini 
panjarali g‘alvirda elashdan keyin karyerdan tasmali konveye­ riga 
to‘g‘ridan to‘g‘ri kelib tushadigan ruda hisoblanadi. Dastlabki rudani 
yanchish ikki bosqichda amalga oshiriladi: birinchi bosqich «Kaskad» 
turidagi tegirmonda (7,0x2,3 m) 60% miqdorda – 0,074 mm.li sinf 
olinguncha yanchiladi. 
Yanchishning birinchi bosqichi spiralli klassifikator bilan yopiq 
siklda, ikkinchi bosqichi esa gidrosiklonlar bilan yopiq siklda amalga 
oshiriladi. Ikkinchi bosqich qumi «Kаskаd» tegirmonida qaytadan 
yanchiladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
32-rasm. Boyitish fabrikasida dastgohlarni joylashtirish sxemasi: 
1-MMS 7000–2300 tegirmoni; 2-vibratsion g‘alvir; 3-gidrosiklon; 4-ruda-galkali tegirmon;
5-magnitli shlamsizlantirgich; 6-diskli vakuum-filtr; 7-vakuum-nasos;
8-barabanli magnitli separator; 9-bir spiralli klassifikator.
 
Boyitish uch bosqichli: birinchi bosqich klassifikatsiyasi 
quyulmasi, ikkinchi bosqich yanchishning quyulmasi va ikkinchi 
bosqich klassifikatsiyasining shlamsizlangan quyulmasi magnitli 
separatsiyaga tushadi. Konsentrat shlamsizlantiriladi va diskli vakuum-
filtrda suvsizlantiriladi. Boyitish korpusi uch bo‘limdan iborat: ruda 
saqlash, yanchish, magnit separatsiyasi va filtrlash bo‘limlari. Yanchish 
bo‘limida «Kaskad» va rudagalkali tegirmonlar parallel joylashgan. 
Dastlabki rudani «Kаskаd» tegirmoniga berish plastinkasimon 
ta’minlagich yoki konveyerlar sistemasi orqali amalga oshiriladi. 


83 
Tegirmondan yanchilib chiqqan mahsulot 0–15; 15–40 va 40–120 mm I 
sinflarga klassifikatsiyalanadi. 0–15 mm li sinf spiralli klassifikatorga 
tushadi, uning qumlari esa 15–40 mm li sinf bilan birga konveyerlar 
sistemasi orqali «Kaskad» tegirmoniga tushadi. Yanchish bo‘limiga 320 
tonna yuk ko‘tara oluvchi kran o‘rnatilgan. «Kаskаd» tegirmonini 
fundamentdan ajratib olish uchun maxsus domkratlar ko‘zda tutilgan. 
Boshqa bo‘limlarning joylashtirilishi ham sharli yanchuvchi bo‘lim 
joylashtirilishidan farq qilmaydi. 
Sharli yanchish bo‘yicha loyiha yechimlari yangi, ishlab chiqarish 
unumdorligi yuqoriroq bo‘lgan dastgohlarni ishlatish, maydalangan 
mahsulot o‘lchamini kichraytirish (oxirgi bosqichda maydalashning 
yopiq siklini qo‘llash natijasida), so‘ngra magnit separatsiyasini ishlatish 
yo‘li bilan takomillashib bormoqda. O‘z-o‘zini yanchishni qo‘llovchi 
boyitish 
fabrikalarida 
konstruktiv 
joylashtirish 
masalalarini 
takomillashuvi ish jarayonida aniqlangan noto‘g‘ri yechimlarni 
yo‘qotilishi hisobiga hal bo‘lmoqda. 
Yanchish sxemasi tegirmonning klassifikatsiyalovchi apparatining 
turi va soni, shuningdek, boyitilish sohasiga qarab, tegirmonlarni bir 
yoki ikki qatorda ko‘ndalang, bo‘ylama va aralash joylashtirish mumkin 
Tegirmonlarni to‘g‘ri ishlatishning muhim shartlaridan biri ularga 
mahsulotni miqdor jihatdan ham, qattiqik va granulometrik tarkib 
bo‘yicha ham bir tekis berish, shuningdek, yanchuvchi vosita bilan o‘z 
vaqtida qo‘shimcha yuklashdir. Qo‘shimcha sharlar qo‘shish amalda 
qayta ishlangan foydali qazilma va yanchuvchi vositaning solishtirma 
sarfini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Sharlari avtomatik tarzda 
qo‘shish uchun tegirmonning bo‘shatuvchi bo‘ynida shadi ta’minlagich 
ornatilgan. Sharlar yeyilmaydigan 50G. 60G va 65G markali po‘latdan 
tayyorlanadi. Sterjenlarni qayta qo‘shish tegirmon to‘xtatilganda 
ko‘prikli kranlar yordamida amalga oshiriladi. 
Quyida 11 konsentrat olish uchun sarflanadigan elektr energiyasi 
va turli mahsulotlarning sarfi keltirilgan: 
– elektr energiya, kW/soat – 50,7–76,0; 
– suv (texnik), m
3
– 18,6–30,3; 
– sharlar, kg – 2,499–3,966; 
– steijenlar, kg – 0–0,859; 


84 
– po‘lat qoplama, kg – 0,262–0,456. 
Tajriba asosida aniqlanishicha, yanchishga saiflangan 1 kW·soat 
uchun yanchuvchi vositaning sarfi, (kg): sharlar – 0,091, steijenlar
– 0,12. Tub podshipniklarni va tebranish podshipniklarini moylash 
uchun industrial yog‘ (ko‘pincha, 50 markali) ishlatiladi. 
Moylash moylashning markazlashgan sirkulatsion sistemasidan 
amalga oshiriladi. Ochiq tishli uzatmani moylash uchun ko‘pincha, 
konsistent moy ishlatiladi. Yanchish bo‘limida ishlovchi shaxslar 
yanchuvchi va klassifikatsiyalovchi dastgohlarda ishlash qoidalariga 
qat’iy rioya qilishlari kerak. Yanchilish bo‘limidagi dastgohlarni ishga 
tushirish va to‘xtatish fabrika bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan 
texnologik yo‘l-yo‘riqlar bilan aniqlanadi. Tegirmonlarni tovush va 
yorug‘lik signallar sistemasi buzuq bo‘lganda, harakatlanuvchi qismlar 
himoyalovchi to‘siqlar bilan to‘silmaganda, moylash sistemasida moy 
bo‘lmaganda 
hamda 
zich 
yopilmagan 
birikmalardan 
bo‘tana 
oqayotganda ishga tushirish man etiladi. Xizmat ko‘rsatuvchi shaxslar 
qayerda shikastlanish sodir bo‘lishi mumkinligi, ularni kelib chiqish 
sabablari va yo‘qotish usullarini bilishlari kerak. 

Yüklə 6,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin