Toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali s. A. Abdurahmonov


 Yanchish texnologiyasi. Yanchish sxemalari



Yüklə 6,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/138
tarix10.09.2023
ölçüsü6,09 Mb.
#142499
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   138
Toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali s. A. Abdur

4.9. Yanchish texnologiyasi. Yanchish sxemalari 
Yanchish ma’lum yiriklikka ega zarrachalar olish, yanchilgan 
mahsulotning berilgan solishtirma yuzasiga erishish, rudali va noruda 
minerallar yuzasini ochish, mahsulotni fizik va kimyoviy o‘zgartirish 
maqsadida qo‘llaniladi. Yanchish texnologiyasini foydali qazilmani 
qayta ishlash texnologiyasining shartlarini hisobga olgan holda 
tanlanadi. Boyitish fabrikalarida ruda va boshqa foydali qazilmalarni 
barabanli tegirmonlarda yanchish bir, ikki va uch bosqichli sxemalar 
orqali amalga oshiriladi. 
Bir bosqichli yanchish sxemalari uncha katta bo‘lmagan quvvatga 
ega (200 t/sutka gacha), shunigdek, katta quvvatga ega bo‘lgan 


88 
fabrikalarda nisbatan dag‘al (0,2 mm gacha) yanchishda qo‘llaniladi. 
Barabanli sharli, sterjenli va ruda galkali tegirmonlar yopiq siklda va 
kamdan kam hollarda ochiq va qisman ochiq sikllarda ishlaydi. Ochiq 
siklda yanchilgan mahsulot tegirmonda faqat bir marta o‘tadi va 
tegirmondan tayyor yanchilgan mahsulot olinadi. Ochiq siklda yanchish 
sterjenli tegirmonlar uchun quruq va ho‘l yanchishda, sharli tegirmonlar 
uchun esa faqat quruq yanchishda ishlatiladi. Yopiq siklda tegirmon 
spiralli klassifikator, gidrosiklon yoki g‘alvir bilan birgalikda o‘rnatiladi. 
Ikki bosqichli yanchish sxemalari o‘rtacha va katta quvvatdagi 
boyitish fabrikalarida rudani ancha mayin (0,15 mm gacha) tuyushda 
qoplaniladi. Ikki bosqichli yanchish sxemalari mahsulotni birinchi 
bosqichdan ikkinchi bosqichga uzatish: quyulma yoki qum bo‘yicha 
uzatish usuli bilan bir-biridan farq qiladi. Birinchi holda birinchi va 
ikkinchi bosqichlardagi tegirmonlar to‘liq yopiq siklda, ikkinchi holda 
esa birinchi bosqich tegirmonlari ochiq yoki qisman ochiq siklda,
ikkinchi bosqichdagilari esa yopiq siklda ishlaydi. Birinchi va ikkinchi 
bosqichdagi tegirmonlar ketma-ket o‘rnatiladi. 
Yanchishning yopiq siklida yanchuvchi mahsulot tegirmondan 
klassifikatorga tushib, ikkita mahsulot quyulma va qumga ajraladi. 
Quyulma boyitishga yuborilsa, qum esa to talab qilinadigan 
kattalikkacha yanchilmaguncha qayta-qayta tegirmonga qaytariladi. 
Yopiq sikl tartibida qumning massasi doimiyga aylanib, u tegirmon 
ichida aylanuvchi yuk deb ataladi. Tegirmonga tushadigan rudaning 
miqdori, o‘lchami, qattiqligi, suvning berilishi, nasoslarning va 
gidrosiklonlarning ishlash tartibi o‘zgarganda tegirmon ichida 
aylanadigan yukda o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Tegirmon yopiq siklda 
ishlaganda tegirmonning ruda bo‘yicha ishlab chiqarish unumdorligining 
ortishi bilan uning ichida aylanadigan yuk ortadi. Uncha katta 
bo‘lmagan (400% gacha) aylanuvchi yuk tegirmonning ishlab chiqarish 
unumdorligini sezilarli darajada oshiradi. Tegirmon ichida aylanuvchi 
yukning miqdorini ortishi mahsulotni tegirmon ichidan o‘tish tezligini 
oshiradi, bu esa mahsulotning o‘ta yanchilishining oldini olib, 
tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligini oshiradi. Bu yukning 
keragidan ortishi tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligini 
pasayishiga olib keladi. 


89 
Sharli, rudali va ruda galkali tegirmonlar, asosan, yopiq siklda 
ishlaydi. Odatda, tegirmon ichida aylanuvchi yuk protsentlarda 
ifodalanadi: 
C = S/Q, (4.10) 
bunda: S – qumning og‘irligi; Q – dastlabki mahsulotning og‘irligi. 
Tegirmonga tushadigan umumiy mahsulotning og‘irligi: 
Q
um
= Q + S – Q + CQ = Q(1 + C). 
Aylanuvchi yuk dastlabki mahsulotning og‘irligiga qarab 50dan 
700%gacha chegarada o‘zgarishi mumkin. Tegirmonning dastlabki 
mahsulot bo‘yicha ishlab chiqarish unumdorligi ortsa yoki quyulmaning 
mayinligi ortsa, aylanuvchi yuk ortadi. Haddan ortiq aylanuvchi yukda 
yanchish sharoiti yomonlashadi. 

Yüklə 6,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin