Texnik jihatdan tartibga solish davlat tizimining huquqiy asoslari
O‘zbekiston Respublikasining "Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida"gi Qonuni tizimning asosiy hukuqiy hujjati xisoblanadi, shu asosda, yani ushbu Konun qabul qilinishi munosabati bilan "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun xujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida" gi Qonun loyihasi ishlab chikilishi kerak.
Inson hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligi, atrof muhit muhofaza qilinishi, shuningdek tabiiy resurslardan oqilona foydalanilishini ta’minlash texnik jihatdan tartibga solishning asosiy vazifalaridir. Ushbu vazifalarning amalga oshirilishi «Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida», «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida», «CHikindilar to‘g‘risida», «Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida», «Tabiatni muhofaza kilish to‘g‘risida», «Fukarolar sog‘lig‘ini muhofaza qilish to‘g‘risida», «Atmosfera xavosini muhofaza qilish to‘g‘risida», «O‘rmon to‘g‘risida», «Gidrotexnik inshootlarning xavfsizligi to‘g‘risida», «Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida» gi va boshqa o‘nlab qonun xujjatlari orqali ta’minlanadi.
Uzbekiston Respublikasi mazkur masalalar bo‘yicha xalqaro shartnomalar va bitimlarda faol ishtirok etadi. Masalan atrof-muhitni muhofaza kilish va tabiatdan oqilona foydalanish sohasida O‘zbekiston Evropa ittifoki, Gruziya, Qozogiston, Qirgiziston, Xitoy, Turkiya, Ukraina va boshqa mamlakatlar bilan bitimlar imzolagan.
Ko‘rsatib o‘tilgan konun hujjatlari, xalqaro va ikki tomonlama bitimlar ham texnik jihatdan tartibga solish tizimining huquqiy asosi bo‘lib xizmat qilishi mumkin.