ILAC - Лабораторияларни акредитациялаш буйича халқаро ҳамкорлик
Кузатувчи аъзолик
IEC - Электротехника буйича халқаро қўмита
IAF - акредитация буйича халқаро форум
CEN - стандартлаштириш буйича европа қўмитаси
APLAC - Осиё ва тинч океани давлатлари лабораториларни аккредита- циялаш соҳасидаги ҳамкорлик ташқилоти
Режарашти-рилган аъзолик
Xalqaro tajribada mahsulot, xizmat va jarayonlarga bo‘lgan majburiy talablar texnik reglamentlarda belgilanadi. Texnik reglamentlarga tegishli qonunlar, direktivalar va hukumat idoralari tomonidan berilgan farmoyishlar kiradi. Standartlar talablari esa majburiy emas. SHu sababli texnik reglamentlar amaldagi qonunchilikda muhim ahamiyatga ega.
Butunjahon savdo tashkilotining "Savdodagi texnik to‘siqlar bo‘yicha kelishuv"i talablarini bajarish maqsadida, «O‘zstandart»agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Butunjahon savdo tashkilotiga kirish maqsadida Respublikamizda olib borilayotgan siyosat, avvalambor ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar raqobatbardoshligini, eksport salohiyotini oshirishga yo‘naltirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Butunjahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha Idoralararo kengashni tashkil etish to‘g‘risida»gi 1995 yil 10 noyabrdagi 45-son va «2007 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qonun loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha ish Rejasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 2006 yil 22 dekabrdagi 264-son qarorlarini bajarish maqsadida ish-lab chiqilgan va 2009 yilning 23 aprelda kuchga kirgan «Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, bu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarning debochasi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.