O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIG FARG`ONA DAVLAT UNIVERSITETI Fizika-matematika fakulteti Informatika o’qitish metodikasi yo’nalishi 4-kurs 13.404-guruh talabasi Mamaro’ziyeva Xilolaning «Informatika va аxborot texnologiyalari fanining “Dasturlash asoslari” modulini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish» mavzusidagi
Ilmiy rahbar:
O’qituvchi
O.Jo’rayev
REJA
Kirish
I BOB. “INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” FANIDAN DASTURLASH ASOSLARI MODULINI O‘QITISHNING NAZARIY MASALALARI
1.1. “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish metodikasining ustuvor yo‘nalishlari
1.2. Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish metodikasidagi innovatsiyalar va ilg‘or xorijiy tajribalar
2.2. “Algoritmlar. Algoritmlarning berilish usullari, xossalari va turlari” mavzusidagi ma’ruza matni
2.3. Dasturlash tillari o‘quv moduli bo‘yicha keyslar, amaliy topshiriqlar, ishlanmalar
2.4. Ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar uchun yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llagan xolda texnologik xaritasini ishlab chiqish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlarning hal qiluvchi omili haqida gapirganda, avvalo odamlarimizning ongu tafakkurida ro‘y berayotgan tub o‘zgarishlar, ularning yon-atrofdagi voqealarga munosabati, daxldorlik hissi, siyosiy faolligi va fuqarolik pozitsiyasi tobora o‘sib borayotganini ta’kidlash lozim.
Shu borada, hech shubhasiz, bundan 20-yil oldin Kadrlar tayyorlash va shuningdek, Maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy dasturlarini qabul qilganimiz ta’lim-tarbiya sohasida eski qolip va asoratlardan xoli bo‘lgan, bugun o‘zgalarning havasini tortayotgan yangi tizimni hayotimizda tatbiq etganimiz haqiqatan ham tarixiy bir voqea bo‘ldi, desak, adashmagan bo‘lamiz.
Buning natijasida mustaqil va yangicha fikrlaydigan, zamon talabiga javob beradigan avlodni shakllantirishga erishdik, Vatanimizning ertangi kunini, taqdirini o‘z qo‘liga olishga qodir bo‘lgan farzandlarimiz bugun minbarga chiqmoqda, - degan edi birinchi prezidentimiz I.Karimov