Банклар ва тадбиркорлар хамкорлиги


Bitiruv ishining dolzarbligi



Yüklə 475 Kb.
səhifə2/3
tarix24.05.2022
ölçüsü475 Kb.
#59235
1   2   3
Xilola taqdimot

Bitiruv ishining dolzarbligi.
  • Kompyuter va axborot texnologiyalari o‘z foydalanuvchilaridan muloqot uchun ma’lum bir darajadagi maxsus tayyorgarlikni talab qiladi. Bu tayyorgarlikning qay darajada mukammal bo‘lishi muloqotning sifat darajasini belgilaydi. Mazkur muammoni hal qilish esa, boshlang‘ich, o‘rta maxsus va oliy ta’lim tizimidagi informatika fani va uni o‘qitish metodikasi oldida turgan eng dolzarb masalalardan biriga aylanib ulgurdi.
  • Kompyuter yordamida hal qilinadigan har qanday masala uchun maxsus dastur ishlab chiqish talab qilinadi. Kompyuter yordamida yechimini kutayotgan masalalar uchun “eski” dasturlash vositalari yordamida dasturlar ishlab chiqish iqtisodiy jihatdan o‘zini qoplamasligi hamda dastur ishlab chiqish jarayonining murakkabligi yangi dasturlash tillariga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltiradi.
  • Bu masala tajribali dasturchilar yoki dasturchi guruhlar tomonidan hal qilinadi. Ana shunday dasturchilarni tarbiyalab, voyaga yetkazish, ularni kelajakdagi kasbiy faoliyatlarida ehtiyojiga qarab foydalanishi uchun zarur ma’lumotlarni (dasturlash asoslari, dasturlash tillari, axborot texnologiyalari va x.k.) o‘rgatishdek jarayonni samarali tashkil etish o‘quv yurtlaridagi dasturlash asoslari fani o‘qituvchilarining eng asosiy vazifasi hisoblandi.
  • Dasturlash tillari rivojlanishdan to‘xtagani yo‘q. Bugungi kunda ma’lumotlarni ifodalash shakli, tuzilmasi va ishlash tamoyillari avvalgilaridan butunlay farq qilib, imkoniyatlari juda ham boy bo‘lgan yangi dasturlash tillari shakllandi va avvalgilariga nisbatan bir qator afzalliklarga ega bo‘lgan yangi versiyalar hisobiga rivojlanib bormoqda. Buning evaziga, dasturlash tillarini o‘qitishda bir qator muammolar yuzaga kelmoqda.
  • Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, talabalarda yangi dasturlash texnologiyalari bo‘yicha bilim va malakalarini shakllantirish va rivojlantirish, “Informatika” va “Zamonaviy dasturlash tillari”, “Algoritmlash va dasturlash tillari” fanlarini o‘qitish sohasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni bartaraf etish, bu fanlarni o‘qitish metodikasini tahlil qilish va takomillashtirish Oliy ta’lim tizimidagi eng dolzarb masalalalardan biri hisoblanadi.
  • Muammoning o‘rganilganlik darajasi
  • Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida talabalarga dasturlash tillari va asoslari uzoq yillardan beri o‘qitilishiga qaramay, u yoki bu dasturlash tilini, ayniqsa, obyektga yo‘naltirilgan dasturlash texnologiyalarini (Pascal, Java, C++, va h.k.) o‘qitish metodikasining usullari, vositalari o’rganish va foydalanish hozirgi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
  • Ushbu bitiruv ishida pedagogika oliy o‘quv yurtlarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda yuqorida tilga olingan ishlarni o‘rganish va takomillashtirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan.
  • Bitiruv ishi maqsadi
  • Dasturlash asoslari moduli bo`yicha innovatsion ta`lim texnologiyalaridan foydalangan holda dars mashg’ulotlarini tashkil etish va o’qitishda yuqori samaradorlikka erishish.
  • Bitiruv ishi vazifalari:
  • oliy o‘quv yurtlarida dasturlash tillarini o‘qitish sohasidagi muammolarni metodologik tahlil qilish;
  • Pascal dasturlash tili bo‘yicha adabiyotlar to‘plash, tahlil qilish va ularning imkoniyatlari bilan tanishish;
  • dasturlash tillarini, jumladan Pascal dasturlash tili misolida asosiy tushuncha va mavzularini aniqlash va ularni o‘qitish metodikasi usullari, vositalarini o’rganish, tahlil qilish, rivojlantirish va takomillashtirish.
  • Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida “Informatika o‘qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishida “Algoritmlash va dasturlash tillari” fanini o‘qitish jarayoni.
  • Bitiruv ishi predmeti
  • Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishning usul va vositalari.
  • Bitiruv ishi natijalarining amaliy ahamiyati
  • Bitiruv ishining amaliy ahamiyati quyidagi xollarda namoyon bo‘ladi:
  • bitiruv ishi mavzusi doirasidagi barcha masalalarda;
  • dasturlash tillari bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar tashkil qilishda;
  • to‘garak mashg‘ulotlarida rejalashtirishda;
  • talabalar ilmiy-uslubiy ishlarini tashkil qilishda.
  • Bitiruv ishi metodlari
  • Muammoga oid ilmiy, uslubiy, pedagogik - psixologik adabiyotlar tahlili; pedagogik kuzatish; test sinovlari; dasturlash tillarini o‘qitishda foydalanish uchun ishlab chiqilgan to‘garak mashg‘ulotlari dasturini, dars ishlanmalarini tajribadan o‘tkazish.
  • Bitiruv ishining tuzilishi va hajmi.
  • Bitiruv ishi kirish, ikkita bob, umumiy xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatilaridan iborat

Yüklə 475 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin