Standartlarning turlari
Standartlashtirish ob’ektining o‘ziga xos xususiyatidan va unga o‘rnatilgan talablaridan kelib chiqib quyidagi turdagi standart ishlab chiqiladi: asos bo‘luvchi standartlar; mahsulot (xizmat)ga standartlar; ishlar (jarayonlar)ga standartlar; nazorat usullari (sinash, o‘lchash, tahlillar) standartlari.
Asos bo‘luvchi standartlar aniqlangan faoliyat sohasi uchun umumiy tashkiliy-texnik holatlarni o‘rnatadi hamda umumtexnik talablar, me’yor va qoidalarini va quyidagilarni ta’minlaydi:
jamiyat hayoti va sog‘lig‘i uchun mahsulotni yaratish va foydalanish jarayonlariga, atrof-muhitni muhofazalash, mahsulot xavfsizligi, jarayon va xizmatlarga umumiy talablarni;
turli faoliyat sohalarida boshqarish jarayonlari aloqadorlikni (fan, texnik, ishlab chiqarish);
standartlashtirish ob’ektini bir xil ma’noli va ma’lumotlarni bir-biriga mosligini tushunish;
mahsulotni loyihalash, ishlab chiqarishni tayyorlash, saqlash, tashish, ekspluatatsiyasi va ta’mirlashning o‘rnitilgan umumiy usullari.
Asos bo‘luvchi standartlar aniqlangan tizimlar (komplekslar)ni hosil qilish, Davlat (davlatlararo, xalqaro) va tarmoq standartlari uchun tarkib topgan tarmoqning o‘ziga xos xususiyatlari bilan davlat hisobiga qo‘shishda qoidalari sifatida yuzaga keladi. Ushbu standartlar asosiy (umumiy) qoidalar, tartibi (qoidasi), atama va tushunchalar, umumiy talablar yoki me’yorlar, usullar, ruxsat etilgan chegaralar, namunaviy texnologik usullardan iborat bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |