Milliy standart (O‘z DSt) - bu standartlashtirish bo‘yicha milliy idora tomonidan qabul qilingan va iste’molchilar ommasi foydalana oladigan standartdir.
Korxona standarti (KSt) - bu mahsulotga, xizmatga yoki jarayonga korxonaning tashabbusi bilan ishlab chiqiladigan va uning tomonidan tasdiqlangan standartdir.
Tarmoq standarti – bu xalq xo‘jaligi (sanoat) tarmog‘ini boshqarish davlat idorasi tomonidan uning vakolatiga muvofiq tasdiqlangan standartdir.
Standartlarni qo‘llashda turli usullar mavjud. Bir mamlakat doirasida standartlar yangidan yaratilishi mumkin hamda xalqaro, mintaqaviy va davlatlararo standartlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llanishi ham mumkin.
Standartlardan tashqari rahbariy hujjatlar, texnikaviy shartlar, standartlashtirish bo‘yicha tavsiyanomalar, yo‘riqnoma (qoidalar) ham mavjuddir.
Dostları ilə paylaş: |