Toshkent davlat texnika universiteti


-ma’ruza. Texnik reglamentlar



Yüklə 219,58 Kb.
səhifə7/46
tarix12.05.2022
ölçüsü219,58 Kb.
#57658
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   46
Toshkent davlat texnika universiteti

3-ma’ruza. Texnik reglamentlar
Texnik jihatdan tartibga solish mahsulotlar raqobatbardoshliligini oshirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, mahsulotlar hamda ularni ishlab chiqarish jarayonlari xavfsizligini ta’minlash va mamlakat tashqi iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishda muhim ustuvor ahamiyatga molik yo‘nalish hisoblanadi.

2009 yil 23 apreldan kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasining "Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida"gi Qonuni ishlab chiqarish jarayonlari, ish va xizmatlar, mahsulotlarga talablar o‘rnatish va qo‘llashning yangi tizimini belgilab berdi.

Qonun avvalo xalqaro talablarga javob beradigan texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohalarida yagona siyosiy negizni barpo etishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ushbu Qonun qabul qilinganligi munosabati bilan yangi huquqiy hujjatlar yaratilmoqda, qolaversa mamlakatimiz iqtisodiy hayotida jiddiy o‘zgarishlarga olib kelishi lozim bo‘lgan texnik reglamentlar ishlab chiqilishiga kirishilmoqda.

Texnik jihatdan tartibga solishining asosiy quroli texnik reglament bo‘lib, u mahsulotlar, ularni ishlab chiqarish jarayonlariga nisbatan qonun bilan belgilangan majburiy qoida va talablarni o‘z ichiga oladi.

Uzbekiston Respublikasining "Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida"gi Qonuni fuqarolar sog‘lig‘i va hayoti, atrof-muhit muhofazasi va mamlakat mudofaa va milliy xavfsizligini ta’minlash mexanizmini yaratishga yo‘naltirilgan.

Mamlakatda texnik reglament tizimini shakllantirish birinchi navbatda milliy ishlab chiqarishni himoyalash va ilmiy-texnik faoliyat natijalarini milliy iqtisodiyot manfaatlarida qo‘llashga ya’ni, davlat texnologik xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

Bunday mazmundagi Qonunni qabul qilishdan maqsad eski texnik iqtisodiy xo‘jalik yuritish tizimidan yangi iqtisodiy boshqaruv tizimiga o‘tish va texnik jihatdan tartibga solish, shuningdek, Butunjahon savdo tashkilotiga(VTO). azo bo‘lishda texnik qto‘siqlarking oldini olish hamda ushbu tashkilot Kelishuvlari talablari to‘lik bajarilishini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida mamlakatimizdagi ishlab chiqaruvchilarning chet el hamkorlari bilan teng rakobatlashishiga imkoniyat yaratadi.

Texnik jihatdan tartibga solishning asosiy maqsadi - fuqarolar hayoti va sog‘lig‘i, jismoniy va yuridik shaxslar va davlat mulkini himoyalash, atrof-muhit muhofazasi, xayvonot va o‘simliklar xavfsizligi shuningdek, iste’molchilarni chalg‘itishga qaratilgan harakatlarni bartaraf kilishga karatilgan texnik reglamentlar qabul qilinishiga erishishdir.


Yüklə 219,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin