Toshkent davlat texnika universiteti


Xalq xo‘jaligida standartlashtirishning o‘rni



Yüklə 219,58 Kb.
səhifə4/46
tarix12.05.2022
ölçüsü219,58 Kb.
#57658
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
Toshkent davlat texnika universiteti

1.2. Xalq xo‘jaligida standartlashtirishning o‘rni

Jamiyatni rivojlanishida standartlashtirish xalq xo‘jaligini boshqaruvida asosiy vositalardari biri bo‘lib hisoblanadi. Standartlashtirish umumiy ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishda bevosita ta’sir etib, ishlab chiqarilaetgan mahsulot sifati va davlat nomenklaturasini kengaytirishda optimallashgan ilmiy uslubini o‘zida mujassam etadi. Standart va sifat ajralmasdir. Davlat standarti ilg‘or ishlab chiqarish usuli hamda yangi fan va texnika taraqqieti bilan xalq xo‘jaligi rivojlanish istiqboli bog‘lig‘ligini mujassamlashtiradi. Standart jamiyatda mahsulot sifatiga eng zaruriy talablarni me’yorlarda mujassamlaydi.

Standartlashtirishni quyidagi: amaliy faoliyat, boshqarish tizimi va fan sifatlarida ko‘rib chiqamiz.

Standartlashtirish amaliy faoliyat sifatida o‘rnatilgan me’yoriy hujjatlar bo‘yicha standartlashtirish va qoidalarni qo‘llash, ijtimoiy haet va jamiyatning ishlab chiqarish sohalarida takrorlanuvchi masalalarni optimal karorlarni ta’minlaydi. Bu faoliyat quyidagi yo‘nalishlarda:



  • xalq xo‘jaligini boshqarishni takomillashtirishda har tomonlama kompleks me’yoriy-texnik ta’minlash;

  • intensiv umumiy ishla chiqarish va uni samaradorligini oshirish;

  • mahsulot sifatini yaxshilash va ilmiy-texnik taraqqietni jadallashtirish;

  • resurslarni iqtisodiy tejash va oqilona foydalanish.

Standartlashtirish boshqarish tizimi sifatida O‘zbekiston Respublikasida Davlat standartlashtirish tizimi (DST) asosida amaliy faoliyat bo‘lib, standartlashtirish bo‘yicha rejali boshqaruv tizim sifatidagi amaliy faoliyatdir. Bu faoliyat me’yoriy-texnik hujjatlar majmuasiga, standartlashtirish bo‘yicha amaliy ishlarni bajarish usuli va tashkillashtiri bo‘yicha talablarning o‘zarobog‘liqligini o‘rnatuvchidir.

Standartlashtirish fan sifatida standartlashtirish usuli va vositalari to‘g‘risida aniqlik kiritish, standartlashtirish bo‘yicha qonunchilik faoliyatni shakllantirish va umumlashtirish maqsadidagi alohida yo‘nalishdir. Standartlashtirishning fan sifatida rivojlanishi ushbu faoliyat sohasida amaliy ishlarni takomillashtirish asnosida va bu faoliyatni tashkiliy tizimini yaxshilashga erdam beradi.

Standartlashtirish ob’ektlari (O‘z DSt 1.0 bo‘yicha) mahsulot, ish (jarayon)lar, xizmatlar, standartlashtirishga kiruvchi ya’ni hohlagan materiallar darajasiga loyiq bo‘lgan komponentalar, qurilmalar, tizimlar, ularning qushimchalari, qoidalar, protseduralar, funksiya, usullar eki faoliyatlar kiradi. Bunda xizmat standartlashtirish ob’ekti sifatida aholi uchun xizmatlarni qamrab hamda tashkilot va korxonalar uchun ishlab chiqarish xizmatlar tariqasidagi bo‘lishi mumkin.

Mahsulot texnikaviy-ishlab chiqarish tariqasida va xalq iste’moli tovarlari bo‘lib, standartlashtirishning ananaviy ob’ekti ya’ni bu borada ko‘plab standartlar ishlab chiqarilgan. Standartlashtirish ob’ektlari texnologik jarayonlar, ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil etish usul va shakllari, ishlab chiqarish va nazorat operatsiyalari qoidalari, mahsulotlarni saqlash va tashish qoidalari va hokazolar hisoblanadi.

Jamiyatning ijtimoiy haetida standartlashtirish ob’ekti aholi sog‘lig‘ini saqlash va mehnatni muhofazalash, tabiatni quriqlash va inson haetini yaxshilish, tabiiy boyliklarni oqilona foydalanish va boshqalardir.


Yüklə 219,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin