2-ma’ruza «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston respublikasi qonunini o‘rganish
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi (160-II-son 14.12.2000 yilda qabul qilingan) O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi 2012 yil 24 dekabrdagi O‘RQ-342-sonli Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan.
Ushbu qonun 5 ta bo‘lim, 33 ta moddadan iborat. Ushbu Qonun normativ-huquqiy hujjatlar tushunchasi, turlari va ularga qo‘yiladigan asosiy talablarni belgilaydi. Qonunda belgilangan shaklda qabul qilingan, umummajburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida qonun hujjatlari normalarini belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat normativ-huquqiy hujjat deb hisoblanadi.
Normativ-huquqiy hujjat “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq qabul qilingan, umum majburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatdir.
Bunda, hujjatning umummajburiyligi hamda albatta rasman e’lon qilinganligiga e’tibor qaratish lozim.
Normativ-huquqiy hujjatlar qanday turlarga bo‘linadi?
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.
Dostları ilə paylaş: |