1-boshlovchi Assalom sizga yurak to’ridan
Davramizga yig’ilgan do’stlar
Ko’ksimizga qo’limiz qo’yib,
Deymiz sizga”Xush kelibsizlar.”
2-boshlovchi Assalomu alaykum aziz ustozlar,qadrli kursdoshlar. O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilinganligiga bag’ishlangan bayram tadbirimizga xush kelibsizlar.Bugun biz sizlar bilan davlatimiz ramzi bo’lgan bayroq haqida suhbat quramiz.
1 boshlovchi Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha,buyuk sohibqiron bobomiz Amir Temur davlat ramzlariga juda yuksak siyosiy ahamiyat bergan. Jang maydonida bir lashkar omon qolsa ham u mamlakat tug’ini baland tutsin,deb farmon bergan.
2-boshlovchi Ey menga ertaklar so’ylagan zamin Ergashib izingdan qolmasman sening O’zgalar nazdida Bog’u eraming Jiydang yaprog’iga olmasman sening Vatan qayda bo’lmay ,sen hamrohimsan Bobolarim yotar sajdagohimsan.
1-boshlovchi Bayroqning egilishi mag’lubiyat belgisi,deb qabul qilingan.Bayroqdoq bo’lish askar uchun yuksak sharaf hisoblangan. 1-o’quvchi:Bayroq biror f irqa,tashkilot,ummat,millat va uning davlatining belgisidir.
2- boshlovchi Hilpira bayrog’im,Hilpira
mag’rur,
Ozod,hur xalqimga baxsh etib surur.
Birlashgan millatlar koshonasida.
Hilpira bizlarga baxsh etib g’urur.
Qo'shiq 1- boshlovchi O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i Respublikamiz Oliy Kengashining navbatdan tashqari VII sessiyasida 1991-yil 18-noyabrda tasdiqlangan va shu kuni Prezidentimiz Islom Karimov “O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i to’g’risidagi” qonunga imzo chekkan.
2-boshlovchi Bular 13ta qonun va bulardan ayrim birlari.
2-modda
O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’I xalqaro maydonda: O’zbekiston Respublikasi rasmiy delegatsiyalarining xorijiy mamalakatlarga safarlari chog’ida,xalqaro tashkilotlarda,konferensiyalarda,jahon ko’rgazmalarida,sport musobaqalarida O’zbekiston Respublikasining timsoli bo’ladi.
4modda:
Bayroqning uzunligi 250smga,kengligi 125smga teng.Moviy rang,oq rang va yashil rangli enlarning kengligi bir xil.Har bir en 40 smga tengdir.Qizil hoshiyalarning kengligi 2.5smga teng.
7-modda: O’zbekiston Respublikasining Davlat ba y rog'i bi lan bir vaqtda boshqa davlatlarning bayrog'i ko'tarilsa, O’zbekiston Respublikasining Davlat davlatning bayrog'i o'ng tomondan boshqa davlat bayrog'i chap tomondan ko'tarilmog'i kerak.
Sherlar
RANGLAR BAXSI Ranglarni sheri 1Boshlovchi Xalqim orzu niyati Dilga quvonch soladi Bayrog’imiz dunyo uzra Yurtga dovrug’ soladi Bayroqdagi 4 xil rang Hamohangdir birlikda Bir-birini to’ldirar Maqsad sari tenglikda 2boshlovchi Havo rang tinchlik demak, Oq-rangdir-poklik ramzi Yashil-yashnagaydir el, Qizil rang hayot ramzi Yulduzlar doimo sirli, Ma’nolarni so’zlaydi 12 yulduz 12 oy tarixdan so’zlaydi Yangi chiqqan to’lin oy Har ko’zni o’zga chorlar Duoga ochamiz qo’l Dilga nur,poklik solar Raqs
1-boshlovchi : Shu bilan bugungi tadbirimiz o'z nihoyasiga yetdi. Tadbir haqidagi o'z fikrlarini bildirish un so'z navbati ___________________ga