Toshkent davlat transport universiteti “Transportda axborot tizimlari



Yüklə 357,69 Kb.
səhifə1/4
tarix14.12.2023
ölçüsü357,69 Kb.
#177308
  1   2   3   4
3-LABORATORIYA. WINDOWS OPYERASION TIZIMINI VA DRAYVYERLARINI O‘RNATISH




TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI
Transportda axborot tizimlari va texnologiyalari”
kafedrasi 


TIZIMLI DASTURIY TA’MINOT
fanidan
3 – laboratoriya ishi

Bajardi: ATM-7 guruh talabasi

Berdiyeva A

Qabul qildi:

Aliyev M.M.



Тоshkent -2023

№3 Laboratoriya




LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARINI O‘TKAZISH TYEXNOLOGIYASI


MAVZU: WINDOWS OPYERASION TIZIMINI VA DRAYVYERLARINI O‘RNATISH.




Ishdan maqsad: Windows operatsion tizimi va uning drayverlari bilan tanashish.
Laboratoriya ishlarini bajarish uchun topshiriqlar
1. Windows operatsion tizimini o‘rnatish bilan tanishish.
2. Operatsion tizim drayverlarini o‘rnatish.
Windows operatsion tizimini o‘rnatish
Kompyuter tizimida yangi OT ni o‘rnatish uchun foydalanuvchi Servise Pack Microsoft firmasining installizatsion disklarini ishlatadi.
Dastlab ishlab chiqilgan SP1 installizatsion diski, keyinchalik qo‘shimchalar kiritilgan va takomillashtirilgan SP2, SP3 disklaridan farq kiladi. SP2, SP3 disklarida OT ni o‘rnatish qulay va samarali hisoblanadi.
Windows OT ni o‘rnatish quyidagicha amalga oshiriladi
1. Kompyuterni yoqing.
2. «Windows » OT mi mavjud bo‘lgan diskni CD-ROM ga yoki DVD-ROM ga soling.
3. So‘ngra kompyuterni yana yuklang.
4. Kompyuter yangi holatda yuklanayotgan payt F8 (bazan F11) tugmasi bosib turiladi va biz CD-ROM(DVD-ROM)ni ko‘rsatgan holatini belgilaymiz.
5. Disk ochilganidan so‘ng «Pereustanovka» qismi tanlanadi.
Bir necha daqiqadan so‘ng o‘rnatiluvchi fayllar sizning kompyuteringizga ko‘chirila boshlaydi. Shundan so‘ng sizga:
«vыpolnit novuyu ustanovku» (Yangi OTni o‘rnatish);
«vosstanovit suщestvuyuщie sistemы» (Tizimni yangilash);
«vыxod» (Chiqish).
kabi buyruqlar beriladi.
6. Siz «vыpolnit novuyu ustanovku» (Yangi OTni o‘rnatish)
buyrug‘ini tanlang. Shundan so‘ng litsenzion kelishuv haqidagi so‘zlarni o‘qishingiz mumkin. Agar siz kelishuvga rozi bo‘lsangiz Enter tugmasini bosing. So‘ngra qattiq diskning qaysi qismini yangilash kerakligini tanlang. Agarda yangi disk hosil qilish kerak bulsa D tugmani, aksincha biror bir diskni tizimdan butunlay olib tashlamoqchi bo‘lsangiz F tugmani bosing.
7. Ko‘rsatilgan so‘rovdan FAT32 yoki NTFS fayllar tizimi beriladi. Ularning ichidan «Otformatirovat razdel» kismi tanlanadi. So‘ngra avtomatik tarzda fayllarni ko‘chira boshlaydi.
8. Ko‘chirish yakunlangach davlat tili va yashash manzilingizni belgilang. So‘ngra ismingiz va tashkilot nomini kiriting va «Dalee» tugmasini bosing.
9. Kompyuterga nom va parolni kiriting. So‘ngra kun va vaktni belgilang. «Dalee» tugmasini bosing.
10. Tarmoqni sozlang. Sizda agar IP manzili mavjud bo‘lsa ularni kiriting. Ikkinchi tomondan esa DNS server manzilini kiriting. «Dalee» tugmasini bosing. «Gotovo» tugmasini bosing. SP diskni CD-ROM dan oling.
11. Yangi o‘rnatilgan OTga drayverlarni o‘rnating.
Sizda mavjud bo‘lgan drayver diskini CD-ROMga soling va sichqonchaning o‘ng tugmasini “Moy kompyuter” yorlig‘ining ustida bir marta bosing.

1-rasm. “Svoystva sistemы” (Xossaning tizimlari)
Hosil bo‘lgan darchadan “Oborudovanie – Dispetcher ustroystv” bo‘limini tanlaganingizda tizimda mavjud bo‘lgan qurilmalar ro‘yxati namoyon bo‘ladi.

2-rasm. “Dispetcher ustroystv” (Dispetcher qurilmalari)

So‘roq belgisi bo‘lgan qurilmaning ustiga sichqoncha ko‘rsatkichining chap tarafini olib kelib ikki marta bosing. U joydan “Drayver”, so‘ngra “Obnovit” tugmasini bosing va “Avtomaticheskaya ustanovka” bayroqchasini tanlang.



3-rasm. “Svoystva” (Tarkibdagi tanlangan drayver)

4-rasm. “Master obnovleniya oborudovaniya” (Master kurilmasini yangilash)

Dalee” tugmasini bosing. Kompyuter avtomatik tarzda drayverni CD-ROM dan topadi. So‘roq belgisi yo‘qolganligiga ishonch xosil qilish uchun yana bir bor “Oborudovanie – Dispetcher ustroystv” bo‘limiga kirib ko‘ring.



Yüklə 357,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin