Toshkent metropoliteni DUK tashkiloti strukturasi bilan tanishuv
2
2-3-hafta
Toshkent metropoliteni DUK tashkilotida ekspluatatsiya qilinayotgan metropoliten linyalarini o’rganish
3
4-5-hafta
Yer usti metro estakadalari qurilish jarayonini o’rganish. Sun'iy inshootlar qurilishini o’rganish
4
6-7-hafta
Bitiruv malakaviy ishi mavzusiga ta'luqli ma'lumotlar to'plash Ishlab chiqarish bo'limidagi ishlar jarayonini o'rganish
5
8-hafta
Amalyot davridagi ma’lumotlarni to’plash va xisobot tayyorlab vauni himoya qilish
Kirish 1. Korxonaning tashkiliy tuzilishi , foaliyatining asosiy turlari o’rganish. Korxona haqida. “BETOMAX BETON” MChJ 1952 yilda «Temir-beton mahsulotlari zavodi №2” sifatida shakllangan va O‘zbekistonda xalq xo‘jaligi uchun yig‘ma temir-beton mahsulotlarini ishlab chiqara boshlagan. 2015 yilda rebrending tashkil qilingan va kompaniyaning nomi BETOMAXga o‘zgartirilgan.
Korxona O‘zbekiston Respublikasi Davlatqurilish(Gosstroy)i tasdiqlagan, amaldagi GOSTga binoan Rossiya, Ukraina, Gruziya va boshqa mamlakatlarda ishlab chiqilgan tipik loyihalar asosidagi yig‘ma—temir-beton mahsulotlarini ishlab chiqaradi. “BETOMAX BETON”MChJ faoliyatining maqsadi — o‘zining mijozlariga turli tipdagi bino va inshootlarning qurilishi uchun ishlatiladigan yig‘ma—temir-betonni qo‘llashga asoslangan eng mos keluvchi va optimal yechimlarni tavsiya qilish, qurilishdagi metallning, uning tannarhini va unga ketadigan mehnatni, bino va inshootlar og‘irligini kamaytirish, ularni bunyod qilish va foydalanishdagi summar energetik sarf-harajatlarni pasaytirishni ta’minlashdan iborat. Yevropaning eng zamonaviy va yuqori texnologiyali sifatli uskunalarini ishlatish tufayli bizning mahsulotlarimizga nafaqat mamlakatimiz ichida, balki uning tashqarisida ham talab katta. Temir-beton mahsulotlari va konstruksiyalar ishlab chiqarishdagi texnologiyalarni energiya va manbalarni tejashning yangi, yanada mukammal texnologik jarayonlarini keng joriy etish yo‘li bilan tubdan yaxshilanganligi, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega avtomatlashtirilgan uskunalar, nazorat tizimi hamda tayyor mahsulot sifatini boshqarishning takomillashtirilganligi “BETOMAX BETON”MChJ korxonasining zamon bilan hamnafas qadam tashlashiga, shu bilan birga kelajakka ham katta umidlar bilan qarash imkonini bermoqda.
Yo’l qurilish yangi zamonaviy, texnika va texnologiyalar qo’llash orqali raqobatbardosh, sifatli mahsulot ishlab chiqarish yetkazib berishni o’rganish. Qurilish mashinalarini bir ish joyidan boshqa ish joyiga uni qo‘shimcha tashuvchi vositalarisiz borishi uchun uning yurish uskunalaridan foydalaniladi. Qurilish mashinalarida asosan yurish uskunalarining quyidagi turlari qo‘llaniladi; o‘rmalovchi (zanjirli), g‘ildirakli, tеmir yo‘lda va odimlab (qadamlab) yuradigan, suv havzalarida suzib yuradigan. Mavjud sharoitni e’tiborga olib, mashinani harakatlantirish uchun, uning dvigatеli quvvatini va yurish uskunasining konstruksiyasiga qarab, o‘tuvchanligi va yurish tеzligi aniqlanadi. Mashinaning o‘tuvchanligi - bu uning gruntga bеradigan o‘rtacha solishtirma bosimi bo‘lib, u maksimal kuchlar (og‘irligi va boshqa tashqi kuchlar) ning, yurish uskunasini grunt bilan bog‘langan qism yuzasiga bo‘lgan nisbatidir.