qilingan edi. Maktab ta‗limini qayta qurish va savodsizlikni tugatish yulida ilk
qadamlar quyildi. Ammo, Xorti boshchiligidagi fashistik rejim xalq ta‗limi rivojini
ortga surib yubordi.
Ikkinchi jahon urushi tugaganida mamlakatdagi
bolalarning teng yarmi
boshlang‘ich ta‗limni ham olmagan, kattalarning 10 % i savodsiz, talabalar orasida
oddiy xalq bolalari 2,7 % ni tashkil etar edi.
Utgan asrning 50-yillari nihoyasida mamlakatda 6-16 yoshli bolalar uchun
tekin umumiy majburiy ta‗lim joriy etildi. ―Vengriyada xalq maorifi tizimi haqida
Qonun‖ qabul qilindi (1961 y). Bu xalq maorifi sohasidagi
erishilgan yutuqlarni
yanada mustahkamladi.
1972 yildagi ―Xalq maorifining ahvoli va uni takomillashtirish haqida‖ gi
qaror va 1975 yilgi qurultoy umumiy majburiy urta ta‗limga tula utishi
ta‗minlandi. Hozirgi kunda mamlakat xalq ta‗limi tizimi quyidagi kurinishga ega:
Bolalar bog‘chalari – 3-6 yoshli bolalarning bir qismini qamrab olgan (70 %).
Bog‘chalarga qatnamaydigan bolalar maktabga borishdan 6 oy oldin tayyorlov
mashg‘ulotlariga jalb etiladi. Bog‘chalardagi mashg‘ulotlar aholining ish rejimiga
bog‘liq holda tashkil etiladi.
Umumiy majburiy ta‗limga 6 yoshdan 16 yoshgacha bo`lgan bolalar jalb
etiladi. Bu amalda 2 bosqichli 8 yillik ta‗lim bulib, I-IV,
V-VIII sinflarni uz ichiga
oladi. 1-sinfga qabul qilinganlarning 80 % i asosiy maktab (8-sinf) ni 14 yoshida,
qolgan 20 % i 16 yoshida tugallaydi. Yuqori sinflarda iqtidorlilar uchun alohida
uquv rejasiga asoslangan chuqurlashtirilgan ta‗lim beriladi. 8-sinfni bitirgan
usmirlar urta umumiy ta‗lim olish uchun yana 2 yil uqiydi.
Urta ma‗lumot – tayanch maktabi (8-sinf) ni bitirgan uquvchilarning 20 % i
jalb etiladi (iqtidorlilar, shundan bolalarning 15 % i). Shuningdek, ularning bir
qismi kasb-hunar-texnika bilim yurtlariga jalb etiladi. Lekin ularning 15 %
i ishlab
chiqarish yunalishida umumiy ta‗lim oladi.
Gimnaziya – 4 yillik ta‗lim bulib, unda chuqurlashtirilgan ta‗lim sinflari ham
mavjud. Gimnaziyaning oxirgi sinflarida ba‗zi fanlar tanlov asosida urganiladi.
Gimnaziyani tugatganlarga uzlashtirish natijalariga kura yetuklik attestatni olish
uchun imtihonlarni topshirishga ruxsat beriladi. Ular oliy maktabda uqishni davom
ettirishlari mumkin, qolgan qismiga ishga kirish uchun guvohnoma beriladi.
Topshirilgan imtihonlar oliy uquv yurtiga kirish imtihonlari vazifasini ham
bajaradi.
Kasb-hunar urta maktabi – 4 yillik kasbiy ta‗lim bulib, xalq xujaligining 11
yunalishi uchun malakali mutaxassislar tayyorlab beradi.
Uni tugatganlarga ham
oliy maktabga kirish huquqini beruvchi yetuklik attestati beriladi.
Hunar-texnika bilim yurtlari – 3 yillik kasbiy ta‗lim bulib, xalq xujaligining
186 yunalishi uchun malakali ishchilar tayyorlaydi. Uni tugatganlarga yetuklik
attestati beriladi.
Gimnaziya va kasb-hunar maktablarining kechki va sirtqi bulimlari ham
mavjud bulib, hamma uchun ochiqdir.
Oliy uquv yurtlari – 18 universitet, 32 institut
va yana bir necha oliy
maktablarni uz ichiga oladi. Boshlang‘ich sinf uqituvchilari – pedagogika bilim
yurtlarida, urta maktab uqituvchilari esa pedagogika institutlari va universitetlarda
bayyorlanadi. Shuningdek, aspirantura,
doktorantura, kon‗yunktura, fanlar
akademiyasi, malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalari faoliyat
kursatmoqda. Ularda hozir masofaviy ta‗lim, pedagogik texnologiyadan keng
miqyosda foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: