Toshkent Farmatsevtika instituti Farmatsiya fakulteti 103 a guruh talabasi Gaybullayev Sanjar



Yüklə 293,04 Kb.
tarix30.03.2023
ölçüsü293,04 Kb.
#91408
noorganika 8

Toshkent Farmatsevtika instituti Farmatsiya fakulteti 103 a guruh talabasi Gaybullayev Sanjar

Mavzu: Kadmiyning kompleks birikmalari va ularning xossalari

Kadmiyni 1817-yilda F.Shtromeyer rux karbonati tarkibidan olgan. Kadmiy hamma vaqt rux rudalari tarkibida kadmiy karbonat holida uchraydi. Kadmiyning barqaror izotoplari tarkibi quyidagicha:106Cd(1,25%), 108Cd (0,875%), 110Cd (12,39%), 111Cd (12,75%), 112Cd(24,07%), 114Cd (28,87%), va 116Cd (7,58%). Xossalari. Kadmiy yumshoq, yaltiroq, oq, metall. Yuqori haroratda juda aktiv metall, galogenlar bilan birikib gallogenidlarga aylanadi. Toza kadmiy oksid jigarrang, bo‘lib havoda sekin-asta oqaradi va kadmiy karbonatga aylanadi.

Ishlatilishi. Tuzlari rux tuzlariga o‘xshash. Metall kadmiy past haroratda suyuqlanadigan qotishmalar tayyorlashda, Veston normal elementi hosil qilishda ishlatiladi. Temirning sirti kadmiy bilan qoplansa temir zanglamaydi. Kadmiy birikmalari. Kislorod bilan ikki xil birikma hosil qiladi. CdO va CdO2. Bulardan CdO ni amaliy ahamiyati bor. CdO qo‘ng‘ir jigarrangli, lekin havoda CO2 ni yutib oqarib qoladi. CdO suvda oz eriydigan asoslar jumlasiga kiradi

Agar vodorod atmosferasida qizdirilsa, CdO dan metall kadmiy hosil bo‘ladi: CdO+H2=Cd+H2O Cd(OH)2–kadmiy gidroksid, oq kristall modda, qizdirilsa suvini yo‘qotib CdO ga aylanadi. Rux gidroksidga o‘xshash ammiak eritmasida eriydi: Cd(OH)2+ 4NH4OH=[Cd(NH3)4](OH)2+4H2O

Agar kadmiy gidroksidga kislotalar (HF, HCl, HBr, HI) ta’sir ettirilsa, CdF2, CdCl2, CdBr2 va CdI2 olinadi. Ular suvda yaxshi eriydigan moddalar. CdI2 fotografiyada ishlatiladi. CdS kadmiy sulfid. Yomon eriydigan tuz hisoblanadi. CdS sariq bo‘yoq va rangli shishalar tayyorlashda qo‘llaniladi. Kadmiyning suvda va kislotalarda eriydigan birikmalari zaharlidir. Ayniqsa havoda chang holatda kadmiy oksidi bo‘lishi juda xavfli.

Mavzu yuzasidan test savollari: 1. Kadmiyni kim kashf qilgan? A)Shtromeyer B)Kurtua C)Balar D)Kavendish 2. Birinchi bor kadmiy qaysi birikmadan olingan? A)mis karbonat B)rux karbonat C)dalomit D)To’g’ri javob yo’q 3. Kadmiy karbonat hamma vaqt qaysi element rudalari tarkibida uchraydi? A)oltin B)kumush C)temir D)rux 4. Kadmiyning nechta barqaror izotoplari mavjud? A)7 B)10 C)4 D)2 5. Kadmiy qanday rangli metal? A)oq B)sariq C)siyohrang D)pushti 6. Temirning sirti nima bilan qoplansa temir zanglamaydi? A)kadmiy B)rux C)oltin D)kumush 7. Fotografiyada kadmiyning qaysi birikmasidan foydalaniladi? A)CdF2 B)CdCl2 C)CdI2 D)CdS 8. Kadmiyning qaysi birikmasi sariq bo‘yoq va rangli shishalar tayyorlashda qo‘llaniladi? A)CdF2 B)CdCl2 C)CdI2 D)CdS 9. Toza kadmiy oksid qanday rangli modda? A)oq B)sariq C)jigarrang D)pushti

10. Kadmiy kislorod bilan necha xil birikma hosil qiladi? A)3 B)2 C)4 D)hosil qilmaydi 11. Kadmiyning qanday birikmalari zaharli? A)suvda eriydigan B)kislotalarda eriydigan C)A va B javob to’g’ri D) To’g’ri javob yo’q 12. Kadmiyning nechta radioaktiv izotopi mavjud? A)3 B)2 C)5 D)6 13. CdS birikma qanday nomlanadi? A)grinokit B)sfalerit C)dalomit D)monteponit

E’tiboringiz uchun rahmat


Yüklə 293,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin