Toshkent farmatsevtika instituti farmatsiya fakulteti fan: hayot faoliyati xavfsizligi



Yüklə 65,34 Kb.
səhifə6/7
tarix18.12.2022
ölçüsü65,34 Kb.
#76066
1   2   3   4   5   6   7
XFX

3. Fiziomantiqiy adaptatsiya – tashqi muhit sharoitlariga mos ravishda, unga moslashib yashash uchun gomeostatik strukturalar tarkibini o‘zgartirish va organizmning me’yoriy faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi.
Adaptatsion davrning quyidagi qiyinchiliklari bor:
1. Avvalgi jamoadan, ularning yordamidan ajralish bilan bog‘liq salbiy kechinmalar.
2. Kasbga tayyorgarlikning yetarlicha emasligi.
3. O‘z harakatlarini psixomantiqiy boshqarishni bilmaslik, odatiy pedagogik nazoratning yo‘qligi bilan bog‘liq ruhiy vaziyat.
4. Yаngi sharoitda o‘qish va dam olishni optimal rejimini izlash.
5. O‘z-o‘zini boshqarishni yo‘lga qo‘yish (uy sharoitidan yotoqxona sharoitiga o‘tish)
6. Mustaqil yashash va ishlash ko‘nikmalarining yo‘qligi.
Insonni faoliyat jaroniniga adaptatsiya bo‘lishining quyidagi turlari bor:
1. Ruhiy adaptatsiya – shaxsning mutassil rivojlanib va boyib borish qobiliyati tushunilib, bu atama shaxsning o‘zini-o‘zi tarbiyalashini, o‘zligini anglab etishi, o‘zini-o‘zi boshqarishi, yuksak ahloqiy sifatlarga ega bo‘lib ma’naviy yuksalishi, o‘zligini va o‘z mohiyatini namoyon qila olishi tushuniladi.
2. Ijtimoiy adaptatsiya –o‘z mohiyatiga ko‘ra shaxsning ijtimoiy muhit sharoitlariga moslashuvidan iborat jarayon bo‘lib, uning onglilik darajasini, mustaqilligini va ijtimoiyligini tavsiflaydi. Ijtimoiy omilning inson salomatligiga ta’siri juda katta.
3. Fiziomantiqiy adaptatsiya – tashqi muhit sharoitlariga mos ravishda, unga moslashib yashash uchun gomeostatik strukturalar tarkibini o‘zgartirish va organizmning me’yoriy faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi.
Adaptatsion davrning quyidagi qiyinchiliklari bor:
1. Avvalgi jamoadan, ularning yordamidan ajralish bilan bog‘liq salbiy kechinmalar.
2. Kasbga tayyorgarlikning yetarlicha emasligi.
3. O‘z harakatlarini psixomantiqiy boshqarishni bilmaslik, odatiy pedagogik nazoratning yo‘qligi bilan bog‘liq ruhiy vaziyat.
4. Yаngi sharoitda o‘qish va dam olishni optimal rejimini izlash.
5. O‘z-o‘zini boshqarishni yo‘lga qo‘yish (uy sharoitidan yotoqxona sharoitiga o‘tish)
6. Mustaqil yashash va ishlash ko‘nikmalarining yo‘qligi.
Funksional sistema o‘z ichiga tirik datchik bo‘lib hisoblanadigan retseptor tuzilmalardan tashkil topgan. Uning tarkibiga markaziy apparat, ya’ni miya strukturalari kiradi. Bu strukturalar tashqaridan kelayotgan signallarni qabul qiladi, analiz va sintez qilib, kutilayotgan natijani programmalashtirib beradi. Shuningdek, funksional sistemaning ijro etuvchi zanjiri – periferik organlar ham bo‘lib, bular kelayotgan buyruqlarni amalga oshiradilar. Bundan tashqari afferentatsiya – qayta aloqa ham mavjud bo‘lib, markazni ijro etuvchi mexanizmlar faoliyati va oxirgi natija haqida xabar beradi. Oxir-oqibatda turli funksional sistemalarbirlashib, silliq ishlovchi organizmni hosil qiladi. Bunda organizm uchun zarur bo‘lgan u yoki bu funksional sistemaning ustuvor ligini ko‘rish mumkin.
Gomeostaz – bu odam organizmining ba’zi fiziomantiqiy funksiyalari va ichki muhitning nisbiy doimiyligidir. Gomeostaz nafas a’zolari, qon aylanishi tizimi, ovqat hazm qilish va ayirish a’zolarining uzluksiz faoliyati tufayli ta’minlanadi.
Faol adaptatsiyaning biologik ma’nosi o‘zgargan tashqi muhit sharoitlarida gomeostazni ushlab turishga asoslangan. Odam organizmi uchun xavf soluvchi tashqi qo‘zg‘atuvchilar – tashqi muhit faktorlari: harorat, namlik, havoning, suvning, ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi, shovqin, psixogen omillar va boshqalar. Gomeostazning asosiy ko‘rsatkichlari (tana harorati, qonning va to‘qima suyuqligining osmotik bosimi va boshqalar) o‘z-o‘zini boshqaruvining murakkab mexanizmlari orqali bir meyorda turadi. Bunday mexanizmlar nerv, endokrin va sensor sistemalarini o‘z ichiga oladi.

Yüklə 65,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin