III. DAOSIZM
Daosizm - aslida falsafiy ta’limot bo‘lib, u miloddan avvalgi IV-III asrlarda Xitoyda paydo bo‘lgan. Uning asosida miloddan avvalgi II asrda daosizm dini shakllandi.
Daosizmning falsafiy prinsiplari “Dao-Deszin” kitobida bayon etilgan. Bu asar o‘tmishdagi Xitoy donishmandi Lao-Szi qalamiga mansubdir. Lao-Szining tarixiyligi xususidagi masalaga sinologlar shubha bilan qaraydilar.
Asarning asosiy tushunchasi “dao” yo‘l) bo‘lib, u olamning mohiyati va bosh sababi, dunyoning turli-tumanligi manbai, barcha narsalarning onasi deb tushunilgan. Bu, go‘yo qandaydir yo‘l bo‘lib, atrofni o‘rab olgan olam va barcha kishilar shu yo‘l bilan borishi lozim. “Dao” diniy mazmun kasb etgan yo‘lgina bo‘lib qolmay, ayni paytda u hayot tarzi, usuli, prinsiplari ham edi.
O‘tilgan mavzular bo‘yicha savollar
Yahudiylik dini qaysi vaqtda vujudga kelgan?
Yahudiylik dinining muqaddas kitobi qaysi?
Yahudiylik dinining asosiy ta’limoti nimalardan iborat?
Vedalarning boshqa muqaddas kitoblardan qanday farqi bor?
Braxmanlik jamiyatni qanday tabaqalarga bo‘ladi?
Hinduiylik qanday dinlar qatoriga kiradi?
Hinduiylik ta’limoti nimalardan iborat?
Konfusiylik nima asosida vujudga kelgan?
Konfusiylik Xitoyda qanday mavqega ega edi?
Daosizm asoschisi kim?
Adabiyotlar
Qur’oni Karim.
Bibliya. Moskva, 1997.
Hasanov A.A. Makka va Madina tarixi. T., 1992, 54-63-betlar.
Kulakov A.E. Religii mira. M., 1996, ss. 150-173.
Religioznie tradisii mira. Buddizm, iudaizm, xristianstvo, islam. Spravochnik shkolnika. Bishkek, 1997, ss. 170-282.
Yahudiy oy-quyosh kalendari. M., 1990.
Marhaban bikum fi Isroil Isroilga xush kelibsiz). Al-g‘ohira, 1988.
Beruniy, Abu Rayhon. Tanlangan asarlar. V tom. T., 1973, 157-167-betlar.
Beruniy, Abu Rayhon. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar, Tanlangan asarlar, I tom, T., 1968.
Jo‘raev U. Saidjonov Y. Dunyo dinlari tarixi. T., 1998.
“...Har bir vatandoshimiz, ayniqsa, yoshlar faqat islom dini to‘g‘risida emas, umuman, dunyodagi mavjud dinlar, ularning tarixi, mohiyati to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lsin”.
Dostları ilə paylaş: |