Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi dinshunoslik fanidan



Yüklə 1,95 Mb.
səhifə1/78
tarix07.01.2024
ölçüsü1,95 Mb.
#206360
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi dinsh




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI


TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI


IJTIMOIY FANLAR KAFEDRASI
DINSHUNOSLIK FANIDAN
O‘QUV USLUBIY MAJMUA


Toshkent - 2016

Tuzuvchi:
N.S.Salimsakova- Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi


Taqrizchi:
Ikromjonov A. M. – TDSHI “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi” o’qituvchisi
O’quv-uslubiy majmua Toshkent farmatsevtika inztitutining soha uslubiy kengashning 2016 yil 15.06. dagi 15-sonli qarori bilan nashrga tavsiya qilingan.

Soha uslubiy kengashning kengash raisi ____________ K.K.Ismoilov

O’quv-uslubiy majmua MUK da ko’rib chiqildi va tasdiqlandi

__________ 2016 yil ______ sonli bayonnomasi


Kelishildi: Markaziy uslubiy kengash raisi __________ S.U.Aliyev
Mundarija:

1.Ishchi dastur 4-16 бет


2.Sillabus 17-23 бет
3.Fanni o‘qitishda foydalaniladigan interfaol metodlar. 24-27 бет
4.Nazariy mashg‘ulot materiallari 28-79 бет
5. Seminarlar uchun materiallar 80-129 бет
6. Mustaqil ta’lim mavzulari 130 бет
7. Keyslar banki 131-135 бет
8.Testlar 136-140 бет
9.Glossariy 141-144 бет
10. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 145-147 бет


Kirish.


Ma’lumki, insonning imon va tafakkurini kamol toptirish, mustahkam e’tiqod va dunyoqarashini shakllantirishiga xizmat qiladigan dinlar, ular zamirida vujudga kelgan diniy qadriyatlar kishilarning yuksak ma’naviy ideallari, haq va haqiqat, insof va adolat to‘g‘risidagi orzu-armonlari bilan uzviy bog‘liq tarzda rivojlanadi. Dinlar ma’naviyat takomilida, milliy va umumisnoniy madadaniyat va xalqlar turmush tarzi, urf-odat va qadriyatlar, an’analarning rivoji, bezavol saqlanishi hamda asrlar mobaynida xalq qalbiga chuqur o‘rnashishida ma’naviy omil bo‘lib kelgan. Barcha dinlardagi insoniylik, mehr-oqibat, halollik, oxiratni o‘ylab yashash, yaxshilik, qanoat, saxovat, mehr-shafqat kabi fazilatlar ko‘plab boshqa omillar qatori diniy qadriyatlar ta’sirida ham rivojlanadi. SHu bois ham I.A.Karimovning «YUksak ma’naviyat – engilmas kuch” kitobida din ma’naviyat mezonlarining biri sifatida olib qaralgan. Asarda ta’kidlangani kabi, “Barchamizga yaxshi ma’lumki, din azaldan inson ma’naviyatining tarkibiy qismi sifatida odamzodning yuksak ideallari, haq va haqiqat, insof va adolat to‘g‘risidagi orzu-armonlarini o‘zida mujassam etgan, ularni barqaror qoidalar shaklida mustahkamlab kelayotgan g‘oya va qarashlarning yaxlit bir tizimidir. Ayniqsa, ko‘p asrlar mobaynida xalqimiz qalbidan chuqur joy olib, hayot ma’nosini anglash, milliy madaniyatimiz va turmush tarzimizni, qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizni bezavol saqlashda muqaddas dinimiz qudratli omil bo‘lib kelayotganini alohida ta’kidlash joiz. Nega deganda, insoniylik, mehr-oqibat, halollik, oxiratni o‘ylab yashash, yaxshilik, mehr-shafqat singari xalqimizga mansub bo‘lgan fazilatlar aynan ana shu zaminda ildiz otadi va rivojlanadi”. Islom dinining ilmiy asoslarini o‘rganish, uning ma’rifiy-ma’naviy g‘oyalarini rivojlantirish, mo‘‘tadil e’tiqod negizlarini ishlab chiqishda Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abu Mansur Moturidiy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshband kabi ulug‘ ajdodlarimizning xizmati singgan. Ularning merosi bebaho ma’naviy boyligimizdir. Muqaddas dinimizni pok saqlash, unga qarshi qaratilgan har xil xurujlarga zarba berish, dindan nopok, g‘arazli maqsadlarda foydalanishga urinayotgan mutaassib shaxslarga qarshi kurashish ham bizning ma’naviy burchimizdir.
O‘zbekiston Respublikasi jahon hamjamiyatiga kirib borayotgan bir sharoitda turli konfessiya vakillari bilan muloqot qilishning yuksak madaniyatiga erishish katta ahamiyat kasb etadi. SHuning uchun ham dinshunoslik fanining yana bir vazifasi talabalarni turli dinlarning kelib chiqishi, taraqqiyoti tarixi, ta’limoti, asosiy manbalari, hozirgi davrdagi holati, ma’lum xalq hayotida tutgan o‘rni haqida tushuncha berib, ularda mazkur din vakillari bilan muloqot qilishda o‘zlarining buyuk ma’naviyat egasi ekanliklarini namoyon qilishlari uchun etarli bilim bilan qurollantirishdan iborat.

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin