Eksperimental psixologiya: tushuncha tarixi. Eksperimental psixologiyaning hozirgi davrdagi holati. Reja



Yüklə 244,04 Kb.
səhifə1/33
tarix02.06.2023
ölçüsü244,04 Kb.
#122416
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Eksperimental psixologiya tushuncha tarixi. Eksperimental psixo




Eksperimental psixologiya: tushuncha tarixi. Eksperimental psixologiyaning hozirgi davrdagi holati.
REJA:
1. Fiziologik psixologiya paydo bo’lishining tarixiy shart-sharoitlari.
a). G.Gel’mgol’ts – psixofiziologiya ning asoschisi sifatida.
b). Psixofizika fani paydo bo’lishi va shakllanishida E.Veber va T.Fexnerning tadqiqotlarining o’rni.
c).V.Vundtning eksperimental psixologiya va yo’nalishiga doir, amaliy izlanishlarning mohiyati va E.Titchenerning laboratoriya metodlari.
d). Ebbingauz, Brayyan va Xarterlarning eksperimental psixologiya nuqtaiy nazaordan olib borgan tadqiqotlari.
2. Bilish jarayonlarni eksperimental tarzida tahlil etishning murrakkab qirralari.
3.Psixologiya fani metodologiyasi.
4. Eksperimental psixologiyaning hozirgi davrdagi paradigmasi.
5.Ilmiy tadqiqotning bosqichlari, turlari.
6.Nazariya va uning tarkibiy tuzilishi.
8. Ilmiy muammo.
9. Asosiy umumilmiy tadqiqot metodlari.
Eksperimental psixologiyaning shakllanish tarixi
Har bir mustaqil fan singari “Eksperimental psixologiya” fani ham o’zining rivojlanish tarixiga egadir. Eksperimental psixologiya mustaqil fan sifatida XIX asr o’rtalarida rivojlana boshladi. Psixologiyada eksperimental tadqiqotlarni qo’llanilishi va rivojlanishi bu fanning ilmiy-amaliy asosga ega ekanligini yana bir bor ko’rsatib berdi.
Mashhur ingliz olimi F.Gal’ton 1884 –1885 yillar davomida bir necha seriyalardan iborat tajribalar o’tkazdi. Bunda 5 yoshdan 80 yoshgacha bo’lgan xohlovchilar arzimagan haq evaziga laboratoriyada o’z kuchi, reaktsiya tezligi; organizmning xislatlarini 17 ko’rsatkich bo’yicha tekshirishlari lozim edi. Bu ko’rsatkichlar qatoriga shuningdek, bo’yi, og’irlik, o’pkaning tiriklik sig’imi, kaft va musht kuchi, harflarni eslab qolish qobiliyati, ko’rish o’tkirligi, rangni farqlash kabi ko’rsatkichlar ham kiritildi. To’liq dastur bo’yicha hammasi bo’lib 9337 kishi tekshirilib chiqildi. F.Gal’tonning fikriga ko’ra, testni o’tkazish eksperimentni talab etadi. Shunday qilib, eksperiment fanning haqiqiy asosi, poydevori deb qarala boshlandi. Bu haqida Dj.Kettell ham ta’kidlab o’tgan: qachonki asosini eksperiment va o’lchash, aniqlash tashkil qilar ekan, shundagina psixologiya haqiqiy va aniq fan bo’lishi mumkin. 1890 yilda nashr qilingan ilmiy ishida Dj.Kettell 50 turdagi laboratoriya testlarining ro’yxatini keltiradi. Hozirgi kunda ularni testdan ko’ra ko’proq topshiriqlar deb atash to’g’riroq bo’ladi. Bu topshiriqlar testlarga qo’yiladigan talablardan faqat ikkitasiga ega edi: uni qo’llash ko’rsatmasi mavjud hamda tadqiqotning (laborator) ilmiy tabiati ta’kidlangan edi. Bu talablarga ko’ra laboratoriya yaxshi jihozlanishi; testni o’tkazish vaqtida begonalar bo’lmasligi; barcha sinaluvchilarga bir xilda ko’rsatma berilishi, ya’ni ular nima qilishlari kerakligini yaxshi o’zlashtirib olishlari lozim edi.
F.Gal’ton va Dj.Kettell dastlabki asarlari nashr etilgach, test metodi g’oyasi turli mamlakat olimlarining diqqatini o’ziga tortdi. Shu tariqa uning tarafdorlari va qarshi bo’lgan olimlar paydo bo’la boshladi. Bu metodni qo’llash tarafdorlariga quyidagilarni kiritish mumkin: Germaniyada – G.Myunsterberg, S.Krepilin, V.Onri, Frantsiyada – A.Bine, AQShda – Dj.Gilberd va boshqalar. Bu tadqiqotchilar yangi turdagi, ya’ni psixologiyani amaliyot ehtiyojlari bilan bog’lashga uringan olimlar edilar. Biroq amaliy tadqiqotlarga intilish psixologiyada fandan yiroqlashish deb baholanadi. Dj.Kettellning ta’kidlashicha, u o’zining dastlabki testlarini laboratoriya tadqiqotlarida individual farqlarni aniqlash maqsadida 1885 yilda qo’llagan, ammo V.Vundtning qarshiligi tufayli ularni nashrdan chiqara olmadi.
Ma`lumki, XIX asr fizika, biologiya, fiziologiya, kimyo va boshqa fanlarning rivojlanishi bilan tavsiflanadi. Fanda paydo bo’lgan eksperimental metodning keng qo’llanilishi bu fanning rivojlanishiga yordam berdi. XVIII asrning oxiri X1X asrning boshlaridayoq psixologlar o’rtasida psixik hodisalarni o’rganishda eksperimentni tatbiq qilish mumkin emasmikan, degan muammo paydo bo’ldi.
Bu muammo bo’yicha faylasuf Kant o’z fikrini bildirdi. Uning fikricha, psixologiyada eksperimentning bo’lishi mumkin emas, chunki psixik hodisalarni o’lchash mumkin emas, ularga matematikani tadbiq qilish ham mumkin emas.
Psixik hodisalarni o’lchashning mumkinligi, binobarin, psixologiyada eksperimentning bo’lishi mumkinligi haqida nemis psixologi I.Gerbart (1776-1841) ijobiy fikr bildirgan. U «psixologiyada matematikani tadbiq qilish mumkin va zarurligi haqida» shunday degan: «Mening tadqiqotlarim amalda faqat psixologiyaning o’zi bilan cheklanib qolmasdan, balki fizikaga va umuman tabiat fanlariga ham qisman aloqadordir».
Gerbartning fikricha, asosiy psixofizik element tasavvurdir, qolgan barcha jarayonlar – hissiyot, iroda, tasavvurlar majmuasidan va munosabatlaridan iboratdir. Ruhiy holatlar doimo o’zgarish jarayonida bo’ladilar. Tasavvurlarning bu doimiy o’zgarish va almashish jarayonida ma`lum darajada doimiylik, qonuniyat bor. Bu doimiylikning miqdor tomonini o’lchash mumkin. Shuning uchun ham, Gerbartning fikricha, psixologiyaga matematikani tatbiq qilish mumkin.
Gerbart garchand psixologiyada eksperimentdan foydalanishning zarurligi va foydaliligini isbotlagan bo’lsa ham, lekin uning o’zi bu metoddan foydalanmadi.
Psixologiyada eksperimentni tatbiq qilish bo’yicha dastlabki ishlarni fiziolog Veber (1796-1878) va fizik Fexner (1801-1887) amalga oshirdilar. Veber va Fexnerning maqsadi tashqi ta`sirotlar (fizik omillar) ta`sirida sezgilarning o’zaro munosabatlari sohasidagi qonuniyatlarni topishdan iborat edi. Fexner eksperimental metodlar asosida sezgilarning ortib borishi bilan ularni qo’zg`atuvchi ta`sirlar o’rtasidagi q’iyosiy munosabatni aniqlab, sezgi qo’zg`atgich logarifmiga proportsionaldir, degan psixofizik qonunni kashf etdi. Veber va Fexner o’tkazgan tajribalar «Psixofizika» degan alohida fanning paydo bo’lishiga olib keldi.
Veber va Fexner ishlarining ahamiyati, asosan, shundan iboratki, ular birinchi bo’lib psixologiyani, tabiat fanlari singari, eksperimental fanga aylantirish mumkin ekanligini isbotladilar. Shu vaqtgacha faqat kuzatish, asosan o’z-o’zini kuzatishdan foydalanib kelayotgan psixologiya, endi aniq fanlardagi ob`yektiv metoddan foydalana boshlaydi.
Eksperimental psixologiya taraqqiyotida ayniqsa nemis fiziologi va psixologi Vilgelm Vundtning (1832-1920) ishlari katta ahamiyatga ega bo’ldi. Vundtgacha faqat ichki tajribadan va o’z-o’zini kuzatishdan foydalanib kelgan psixologiya faqatgina ijtimoiy fan edi. Vundt eksperiment va o’lchash metodlarini zarur deb topib, psixologiyani eksperimental fanga aylantirishni maqsad qilib qo’ydi. Vundt psixologiya uchun klassik metodlar bo’lib qolgan bir qancha metodlarni, ya`ni kuzatish metodi, ifodalash metodi va reaktsiya metodlarini kashf etdi hamda rivojlantirdi. Vundt 1879 yili Leypsigda birinchi eksperimental psixologiya laboratoriyasini tashkil qildi.
Vundt shug`ullangan masalalardan biri o’sha vaqtda astronomlar tomonidan ochilgan diqqatni bir vaqtda ikkita har xil qo’zg`atuvchiga to’plash mumkin emasligi haqidagi masala edi. Bu hodisani aniqlash uchun Vundt (laboratoriya tashkil qilingunga qadar) 1861 yilda alohida mayatnik o’ylab chiqardi (Vundt mayatnigi). Bu mayatnik graduslarga bo’lingan yoy atrofida harakatlanadi va har bir ma`lum vaqtdan keyin shig`irlaydi. Bu psixologik eksperimentlar uchun kashf etilgan birinchi asbob edi.
Ilmiy psixologiyani rivojlantirish uchun Vundt qo’shimcha vosita sifatida turdosh fanlar, ayniqsa fiziologiya, astronomiya, geografiya, tarix va boshqa fanlardan olingan ma`lumotlardan foydalanish zaruriyatini ilgari surdi.
1883 yilda Vundt o’z tajribalarini ommaga yetkazish uchun “Falsafiy maktab” degan jurnalga asos soladi va bu jurnalga 1903 yilda “Psixologiya maktabi” degan nom beriladi. 1889 yilda Vundt laboratoriyasi psixologiya institutiga aylantirildi. 1887 yilda Vundt psixologik asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchi “E.Simmerman” firmasiga asos soldi.
1882 yilda Germaniyada yana boshqa psixologiyaga oid laboratoriyalar ochildi. Geytengen shahrida Myuller, Berlinda Ebbingauz, Freyburgda Myustenburg, Bonnda Lips, Geydelburg, Strasburg, Gallda psixologlarning kabinetlari ochildi. Keyinchalik esa Vyursburgda – Kyunpe, Frankfurtda – Shumann labratoiyalari ochildi.
1890 yilga kelib Ebbingauz va Kenning ishtirokida “Sezgi a`zolari psixologiyasi va fiziologiyasi” jurnaliga asos solindi. 1903 yilda E.Meymann “Umumiy psixologiya arxivi” degan jurnal nashr ettira boshladi.
Leypsig laboratoriyasi va institutidan namuna olib boshqa mamlakatlarda jumladan, Frantsiya, Angliya va Amerikada laboratoriya hamda institutlar tashkil qilindi. XIX asrning oxirida Rossiyada ham bir qancha eksperimental psixologiya laboratoriyalari tashkil qilindi: Moskvada Tokarskiy, Qozonda Bexterev, Odessada N.N.Langelar tomonidan shunday laboratoriyalar ochildi. 1911 yil Moskva universiteti huzurida, maxsus qurilgan binoda professor Chelpanov rahbarligida eksperimental psixologiya instituti tashkil qilindi. Hozirgi vaqtda bu institut RF Pedagogika fanlari akademiyasi tizimiga kiradi.
Bundan tashqari Rossiyada I.Sechenov eksperimental psixologiyaning otasi sifatida tan olindi. Uning asosiy g`oyalari nevropatologiya va psixologiya patologiyalari edi. Shundan so’ng psixologiya va fiziologiyani bog`lab o’rganish avj oldi.
1886 yilda Qozonda Bexterev tomonidan birinchi psixologiya laboratoriyasi ochildi. 1883 yilda esa Bexterev tomonidan “Nevrologik axborotnoma” jurnaliga asos solindi. 1894 yilda Bexterev harbiy akademiyada ikkinchi psixologiya laboratoriyasini ochadi. Bu yerda asosiy e`tibor sezgilarga qaratiladi. 1886 yilda Bexterev asos solgan “Psixiatriya, nevrologiya, eksperimental psixologiya xabarnomasi” jurnalida akademiyada o’tkazilgan tadqiqotlar natijalari yoritiladi.
1907 yilda Bexterevning tashabbusi bilan Peterburgda ikkinchi psixologik nevropatologiya instituti ochiladi. 1918 yilda esa miya va psixik faoliyatni o’rganuvchi institutga asos solinadi.
XIX asrning 80-yillarida Xarkov va Yurev shaharlarida psixologiya laboratoriyalari ochiladi. Xarkov laboratoriyasining asoschisi P.I.Kovalevskiy edi. 1883 yilda esa Kovalevskiy Rossiyada birinchi psixiatriya jurnali “Psixiatriya, nevrologiya va sud psixopatologiyasi” jurnalini nashr qildiradi.
Yurev shahridagi laboratoriyaning asoschisi Krepelin edi. 1891 yilda bu laboratoriyaga V.F.Chij rahbarlik qilgan. Bu laboratoriya dunyo bo’yicha Vundt laboratoriyasidan keyin ikkinchi o’rinda turadi.
1895 yilda psixiatr Korsakov laboratoriya ochib unga rahbarlik qilishni Tokarskiyga topshiradi. Bu laboratoriyada sezgi, idrok, xotira o’rganilgan. Bu yerdagi ma`lumotlar “Laboratoriya qaydlari” degan jurnalda yoritib borildi.
1912 yilda Rossiyada psixologiya institutiga asos solindi. Bu institutga Chelpanov rahbarlik qildi. I.A.Skorskiy Kiyevda ochgan laboratoriyada aqliy faoliyat va toliqish muammolari o’rganildi. 1985 yilda I.A.Skorskiy asos solgan “Nevropsixik tibbiy muammolar” jurnali chop etildi.
1892 yilda Odessadagi “Novorossiysk” universiteti filologiya fakulteti qoshida faylasuf va psixolog N.N.Lange laboratoriya ochdi. Bu yerda idrok va xotira muammolari o’rganildi.
Professor A. F. Lazurskiy (1874-1917 y.) tomonidan eksperimental metodning alohida turi – tabiiy eksperiment ishlab chiqarilgan. Eksperimentning bu turidan bizda bolalar psixologiyasini o’rganishda, pedagogika masalalarini, ayniqsa, ta`lim psixologiyasi masalalarini ishlab chiqarishda keng va unumli foydalanilmoqda.
Eksperimental metodning tatbiq qilinishi psixologiya fani taraqqiyotiga juda unumli ta`sir ko’rsatdi.
Bu metod yordamida oddiy kuzatish yoki o’z-o’zini kuzatish yo’li bilan aniqlash qiyin bo’lgan yoki butunlay mumkin bo’lmagan ko’p ma`lumotlar aniqlandi, ayrim psixik hodisalar o’rtasidagi bog`lanishlar aniqlangan, psixik jarayonlardagi, ayniqsa, sezgilar, diqqat, idrok, xotira sohasidagi ba`zi bir qonuniyatlar ochilgan.
Eksperimental analiz yo’li bilan murakkab psixik jarayonlar (idrok, xotira, tafakkur)ning alohida tarkibiy qismlari ajratilgan, psixik jarayonlarning fiziologik hodisalar bilan, shuningdek, tashqi fizik muhit hamda ijtimoiy muhit bilan bo’lgan bog`lanishlari ochilgan.
Eksperimental tekshirishlarning yakunlari, shuningdek, eksperimental metodning usullaridan foydalanish amaliy faoliyatning turli sohalarida – o’quv tarbiya ishlarida, tibbiyotda, mehnatni tashkil qilish va ratsionalizatsiyalashtirishda, sud ishlarida, san`atda juda ko’p foyda keltiradi.
AQShda eksperimental psixologiyaning rivojlanishida yevropalik olimlarning hissasi kattadir. Amerika psixologiyasining asoschilari S.T.Xoll, D.Kettel, D.Endjel, Skripcher kabilar edi. Ular uzoq vaqt Leypsig shahridagi Vundt laboratoriyasida ta`lim olishgan.
AQShga yevropadan ko’chib kelgan psixologlar E.Titchener, G.Myustenberg, K.Levin, Mak-Dugal kabi psixologlar eksperimental psixologiyani AQShga olib kirdilar.
1883 yilda Baltimor shahridagi D.Gopkins universitetida Xoll ta`lim olib, AQShda birinchi laboratoriyani ochdi. 1888 yilda Vorchestordagi S.Klarks universitetida Xoll ikkinchi laboratoriyani ochdi. Bu laboratoriyani E.Sanford boshqardi. 1891 yilda “Pedagogik seminar” uyushtirildi.
1877 yilda “Amerika psixologiyasi” jurnali, 1915 yilda “Amaliy psixologiya” jurnaliga asos solindi. 1892 yilda Xoll tashabbusi bilan Amerika psixologlari assotsiatsiyasi tuzildi. Bu assotsiatsiyaning birinchi prezidenti etib Xollning o’zi tayinlandi.
1887 yilda Kettel Penselvaniya shahrida laboratoriya ochdi. Xuddi shu yilda D.Petrik ham Yova universiteti qoshida laboratoiya ochadi. 1888 yilda Viskonsern universitetida (D.Yastrov), 1891 yilda Torontoda (D.Bolduin), 1891 yilda Kolumbiya universitetida (D.Kettel), 1892 yilda Garvard universitetida (G.Myustenburg) lar psixologik laboratoriya ochdilar.
XIX asrning oxiriga kelib Amerikada 27 laboratoriya va psixologlar mahkamalari faoliyat yuritgan.
Angliyada birinchi laboratoriya 1897 yilda ochildi. Kembridjda ochilgan bu laboratoriyaga dastlab R.Rivers, 1912 yildan boshlab esa S.Mayerlar boshchilik qildi. 1897 yilda J.Solli Londonda universitet kolledji qoshida ikkinchi laboratoriyaga asos soldi. Ushbu laboratoriyaning ayrim jihozlari Myustenberg (Freyburg shahrida) laboratoriyasidan olindi. 1900 yilda Angliyada boshqa laboratoriyalar yo’q edi. 1903 yilda Mayer qirollik kolledjida uchinchi laboratoriyaga asos soldi. 1936 yil Oksfordda eksperimental psixologiya instituti ochildi. 1901 yilga kelib ilk bora psixologlarning birinchi yig`ilishi bo’lib o’tdi. 1904 yilda Rivers, Mayer va Uartlar psixologiyaning “Britaniya” jurnaliga asos soldilar.
Frantsiyada psixologiyaning rivojlanishi P.Jane, A.Bine va T.Ribo nomi bilan bog`liq. Rossiya psixologiyasida Sechenev, Germaniya psixologiyasida Vundt qanchalik katta ahamiyatga ega bo’lsalar Frantsiya psixologiyasi uchun T.Ribo shunchalik qadrlidir. T.Ribo eksperimental tadqiqotlar o’tkazmagan bo’lsa ham, Frantsiya psixologiyasining g`oyaviy otasi hisoblanadi. 1889 yilda Ribo Sarbonnada birinchi laboratoriyani ochadi va unga Bonini prezident etib tayinlaydi. 1895 yildan boshlab esa bu laboratoriyaga A.Bine rahbarlik qila boshlaydi.
1896 yilda V.Burdon Reyn shahrida ikkinchi laboratoriyani ochadi. 1921 yilda Parij psixologiya institutiga asos solinadi. Bu institutga A.Peron rahbarlik qilgan. 1901 yilda esa frantsuz psixologlar jamiyati tashkil etildi.
Pozitivizm asoschisi O. Kant XIX asr o’rtalarida inson bilimi rivojlanishi haqidagi ta’limotni taklif qildi. U bilimning uchta ketma-ket bir-birini almashtiradigan shakllarini qarab chiqqan.
1) diniy urf – odatlar va individual ishonishga asoslangan,
2) falsafiy – u yoki bu ta’limot muallifining intuitsiyasiga, o’z ma’nosi jihatidan oqilona va aqliy ko’rinishga asoslangan.
3) Pozitiv-maqsadli kuzatish va eksperiment yo’lida faktlarni eslab qolishga asoslangan ilmiy bilim.
Biroq, pozitiv bilimlar muvaffaqiyatiga qaramay, XX asrda na falsafiy, na diniy bilimlarni rad etmadi. SHunday qilib, gap bir bilimni ikkinchisiga o’zgartirish haqida emas, balki tsivilizatsiyaning rivojlanishi yo’lida bilimlar u yoki bu shaklini dominatsiyasi o’zgarishi haqida bilimlarning turlicha shakli parallel ravishda bor bo’lib va rivojlanib boradi, xuddi baravariga tirik tabiatda bo’lgani kabi har-xil ekologik tenglikni egallab ketayotib suv o’tlari va sut emizuvchilar, chuvalchang va hashoratlardek.
«Psixologiya» - bu shunday atamaki, qaysi inson amaliyoti va bilimlarining har-xil ko’rinishlarida tatbiq qilinsa bo’ladi.
Birinchidan, odamlarning «psixika» haqidagi kundalik bilimlari tuzilmasi kabi boshqa odamlarning xatti-harakati o’zining va boshqalarning ruhiy hayoti rivojlanishining asosi va qonuniyatlari bo’lgan psixologiya. Bu «kundalik psixologiya» bugungi kunda ilmiy psixologiya tarmoqlaridan birining kuzatish predmeti bo’lib qoldi. Odatiy, kundalik so’zlar ma’nosida tabiiy tilda muhrlangan, qaysiki inson psixikasi ahamiyati uning xatti-harakati, uning shaxsiy tomonlari, imkoniyatlari motivlari va boshqalarni ifodalaydigan, u hikmatlar va maqollarda uchraydi. Ruhning diniy tafakkuri uning tabiati haqida odatiy, kundalik bilimlarni tushunishi asosida paydo bo’ladi.
Ikkinchidan «falsafiy psixologiya» ham mavjud bo’lib, psixik reallik tabiati haqida savol eng asosiy hisoblanadi.
Doimiy «falsafaning asosiy savoli» ideal va material nisbat haqida, qaysisi «birlamchi», qaysisi «ikkilamchi» ideal (sub’ektiv, ruhiy, psixik) borligi to’g’risida ko’p yoki kamroq aniq fikr jamlanishi mumkin emas. SHuning uchun ko’pchilik psixologlar psixika kontseptsiyasini o’ylab topishgan, shaxs haqida o’zlarining tushunchalarini uning rivojlanishi ahamiyati, ob’ektiv va sub’ektiv borliqni (jumladan aks ettirish qonuni), inson va insonlar guruhi xatti-harakati determinant haqida o’z fikrlarini bayon qilishgan. «Falsafiy psixologiya» doirasi ichida hozirgi kunda psixika yoki uning alohida tuzilishlari ostidagi modellari yaratilayapti.
Nihoyat «psixologiya» atamasi XIX asrda paydo bo’lgan fanni ba’zida o’zini-o’zi boshqaradigan reallik, moddiy asosi bo’lgan, ya’ni aks ettiruvchi va inson xatti-harakatini boshlab turuvchi mexanizmi va atroflicha metod bilan tekshirilgan psixika to’grisidagi fandir. Materializm ob’ektivlik va determinizm printsiplari psixikani o’rganishning tabiiy bilimlariga yondashish asosida yotgan. Psixologiya fan sifatida tabiatshunoslik metodologiyasini qabul qilgan holda X1X asrning oxirlari va XX asrning boshlarida tarkib topgan.
Bir paytning o’zida nemis faylasufi V. Dil’tey «Ruh haqidagi fanlar» va tashqi dunyo haqidagi fanlarni alohida qarab chiqishni taklif etdi.
Birinchilarga u falsafa, etika, estetika lingvistika, huquq va boshqalarni kiritdi. Ikkinchilarga fizika, ximiya, geologiya, biologiya va boshqa tabiiy fanlarni kiritdi. Psixologiyani u hamma fanlar ruh haqida boshlangich bilimlar oluvchi fundamental fan sifatida ajratdi. Bu fandan «Ruh haqidagi fan» asosiy metod- ya’ni tushunish metodi deb qaraydi.
Dil’tey psixologiyani empiristik fan sifatida hisobladi, lekin psixologiyada empiristik bilim tabiati boshqa tabiiy fanlarga qaraganda boshqacharoq. Gumanitar psixologik bilim kundalik tajribaga yaqin, uning ma’nosi madaniyatda taniqli va muhrlangandir, shuning uchun tabiiy fanlar tushunchasida yangilik uyg’otmaydi.
Tushunish, tadqiqot metodi sifatida psixologik tadqiqotlarning har birida ishtirok etadi. Biroq ko’pchilik kuzatuvchilar tushunuvchan yoki gumanitar psixologiya, psixologik tafakkur alohida sferasi sifatida ajratadilar, qaysiki tushunish asosiy metod sifatida gavdalanadi.
Tabiiy – ilmiy yonadashish psixologlarni odam va hayvonlarni tashqi kuzatish faoliyatini, xatti-harakatini tekshirishga yo’naltiradi. Psixologiyani xatti-harakat fanlariga qo’shishda, tadqiqot, o’lchash va eksperimentni psixologiyada xulq-atvor kuzatish metodlari deb atashadi.
Insonning xulq-atvori verbal (nutqiy) va noverbal (predmetli harakat, nutqsiz kommunikatsiya) ga bo’linadi. Tekshiruv usullari – bu verbal va noverbal xatti-harakatlarni ro’yxatga oluvchi metodikadir.
Umuman olganda, eksperimental psixologiya turli xil psixik vaziyatlarni eksperimental metodlar yordamida tadqiq qilishni o’rganadi. Psixologiyaning eksperimental deb atalishiga uning metodi sabab bo’lgan. Agar falsafa umuman olganda tabiat qonunlarini o’rgansa, eksperimental psixologiya esa fan sohasida hayvon va insonning xususiyatlarini anglab olishga yordam beradi.
Eksperimental psixologiya fani sohasidagi bilimlar, ilmiy xulosalar nafaqat eksperiment, balki kuzatish, so’roq va boshqa metodlar yordamida to’plangan. Ma’lumki, falsafa va umuman psixologiya fani orasida dastlab chegara yo’q edi.
Arastuning "Jon haqida" asari dastlabki metofizik asar bo’lib hisoblanadi. Psixologiya fanining falsafa ichidan ajralib chiqishiga ikkita asosiy omil sabab bo’lgan:

  1. Psixologiya ilmiy muammolarga boyib borishi va yaqin istiqbollarning vujudga kelishi.

  2. Psixolog olimlarning tadqiqot olib borishi uchun yangi vositalar paydo bo’lishi.

Falsafa va biologiyaning rivojlanishi psixologiyaning paydo bo’lishi, rivojlanishiga omil bo’ldi, ya’ni Arastu davridagi falsafaning rivoji o’rnini X asrda tabiiy fanlar egallaydi.
Eksperimental psixologiyaning maqsadi psixologik eksperiment o’tkazishning malaka va ko’nikmalarini paydo qilish va rivojlantirishdan iborat.
Eksperimental psixologiyaning vazifalari:

  1. Psixologiya fanida eksperiment o’tkazishning qonunlari, tartibi va printsipi bilan tanishtirishdan iborat.

  2. Turli metodikalar yordamida shaxsning psixik jarayonlari, holatlari va psixomotorikani o’rganishdir.

Ma’lumki, X1X asr fizika, biologiya, fiziologiya, ximiya va boshqa fanlarning rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Fanda paydo bo’lgan eksperimental metodning keng qo’llanilishi fanning bunday o’sishiga yordam berdi. XYIII asrning oxiri X1X asrning boshlaridayoq psixologlar o’rtasida psixik xodisalarni o’rganishda eksperimentni tatbiq qilish mumkin emasmikan degan muammo paydo bo’ldi.
Bu muammo bo’yicha faylasuf Kant o’z fikrini bildirdi. Uning fikricha, psixologiyada eksperimentning bo’lishi mumkin emas, chunki psixik xodisalarni o’lchash mumkin emas, ularga matematikani tadbiq qilish mumkin emas.
Psixik hodisalarni o’lchashning mumkinligi, binobarin, psixologiyada eksperimentning bo’lishi mumkinligi haqida nemis psixologi I.Gerbart (1776-1841) ijobiy fikr aytgan. U "psixologiyada matematikani tadbiq qilish mumkin va zarurligi haqida" shunday degan: "Mening tekshirishlarim amalda faqat psixologiyaning o’zi bilan cheklanib qolmasdan, balki fizikaga va umuman tabiat fanlariga ham qisman aloqadordir".
Gerbartning fikricha, asosiy psixofizik element tasavvurdir, qolgan barcha jarayonlar – hissiyot, iroda, tasavvurlar kombinatsiyasidan va munosabatlaridan iboratdir. Ruhiy holatlar doimo o’zgarish jarayonida bo’ladilar. Tasavvurlarning bu doimiy o’zgarish va almashish jarayonida ma’lum darajada doimiylik, qonuniyat bor. Bu doimiylikning miqdor tomonini o’lchash mumkin. SHuning uchun ham, Gerbartning fikricha, psixologiyaga matematikani tatbiq qilish mumkin.
Gerbart garchan psixologiyada eksperimentdan foydalanishning zarurligi va foydaliligini isbotlagan bo’lsa ham, lekin uning o’zi bu metoddan foydalanmadi.
Psixologiyada eksperimentni tatbiq qilish bo’yicha dastlabki ishlarni fiziolog Veber (1796-1878) va fizik Fexner (1801-1887) amalga oshirdilar. Veber va Fexnerning maqsadi tashqi ta’sirotlar (fizik omillar) ta’sirida sezgilarning o’zaro munosabatlari sohasidagi qonuniyatlarni topishdan iborat edi. Fexner eksperimental metodlar asosida sezgilarning ortib borishi bilan ularni qo’zg’atuvchi ta’sirlar o’rtasidagi qiyosiy munosabatni aniqlab, sezgi qo’zg’atgichi logarifmasiga proportsionaldir, degan psixofizik qonunni kashf etadi. Veber va Fexner o’tkazgan tajribalar "Psixofizika" degan alohida fanning paydo bo’lishiga olib keldi.
Veber va Fexner ishlarining ahamiyati, asosan, shundan iboratki, ular birinchi bo’lib psixologiyani, tabiat fanlari singari, eksperimental fanga aylantirish mumkin ekanligini isbotladilar. SHu vaqtgacha faqat kuzatish, asosan o’z-o’zini kuzatishdan foydalanib kelayotgan psixologiya endi aniq fanlardagi ob’ektiv metoddan foydalana boshlaydi.
Eksperimental psixologiya taraqqiyotida ayniqsa nemis fiziologi va psixologi Vilgelm Vundt (1832-1920) ning ishlari katta ahamiyatga ega bo’ldi. Vundtgacha faqat ichki tajribadan va o’z-o’zini kuzatishdan foydalanib kelgan psixologiya faqatgina tasviriy fan edi. Vundt eksperiment va o’lchash metodlarini zarur deb topib, psixologiyani izohli fanga aylantirishni maqsad qilib qo’ydi. Vundt psixologiya uchun klassik metodlar bo’lib qolgan bir qancha metodlarni, ya’ni kuzatish metodi, ifodalash metodi va reaktsiya metodlarini kashf etdi hamda rivojlantirdi. Vundt 1879 yili Leyptsigda birinchi eksperimental psixologiya laboratoriyasini tashkil qildi.
Vundt shug’ullangan masalalardan biri o’sha vaqtda astronomlar tomonidan ochilgan diqqatni bir vaqtda ikkita har xil ko’zgatuvchiga to’plash mumkin emasligi haqidagi masala edi. Bu hodisani aniqlash uchun Vundt (laboratoriya tashkil qilingunga qadar) 1861 yilda alohida mayatnik o’ylab chiqardi (Vundt mayatnigi). Bu mayatnik graduslarga bo’lingan yoy atrofida harakatlanadi va har bir ma’lum vaqtdan keyin shig’irlaydi. Bu psixologik eksperimentlar uchun kashf etilgan birinchi asbob edi.
Ilmiy (izohli) psixologiyani rivojlantirish uchun Vundt qo’shimcha vosita sifatida turdosh fanlar, ayniqsa fiziologiya, astronomiya, geografiya, tarix va boshqa fanlardan olingan ma’lumotlardan foydalanish zaruriyatini ilgari surdi.
Leyptsig laboratoriyasi va institutidan namuna olib, Germaniyaning boshqa shaharlarida ham, shuningdek boshqa mamlakatlarda ham, jumladan Frantsiya, Angliya va Amerikada laboratoriya hamda institutlar tashkil qilindi. X1X asrning oxirida Rossiyada ham bir qancha eksperimental psixologiya laboratoriyalari tashkil qilindi: Moskvada Tokarskiy, Qozonda – Bexterev, Odessada N.N.Lengerlar tomonidan shunday laboratoriya ochildi. 1911 yilda Moskva universiteti huzurida, maxsus qurilgan binoda professor CHelpanov rahbarligida eksperimental psixologiya instituti tashkil qilindi.
Professor A.F.Lazurskiy (1874-1917) tomonidan eksperimental metodning alohida turi – tabiiy eksperimental metod ishlab chiqilgan. Eksperimentning bu turidan bizda bolalar psixologiyasini o’rganishda, pedagogika masalalarini, ayniqsa, ta’lim psixologiyasi masalalarini ishlab chiqishda keng va unumli foydalanilmoqda.
Eksperimental metodning tadbiq qilinishi psixologiya fani taraqqiyotiga juda unumli ta’sir ko’rsatdi. Bu metod yordamida oddiy kuzatish va o’z-o’zini kuzatish yo’li bilan aniqlash qiyin bo’lgan yoki butunlay mumkin bo’lmagan ko’p ma’lumotlar aniqlandi, ayrim psixik hodisalar o’rtasidagi bog’lanishlar aniqlangan, psixik jarayonlardagi, ayniqsa, sezgilar, idrok, diqqat, xotira sohasidagi ba’zi bir qonuniyatlar ochilgan.
Eksperimental analiz yo’li bilan murakkab psixik jarayonlar (idrok, xotira, tafakkur) ning alohida, tarkibiy qismlari ajratilgan, psixik jarayonning fiziologik hodisalar bilan, shuningdek tashqi fizik muhit hamda ijtimoiy muhit bilan bo’lgan bog’lanishlari ochilgan.
Eksperimental tekshirishlarning yakunlari, shuningdek, eksperimental metodning usullaridan foydalanishda amaliy faoliyatning turli sohalarida – o’kuv tarbiya ishlarida, meditsinada, mehnatni tashkil qilish va ratsionalizatsiyalashda, sud ishlarida, san’atda juda ko’p foyda keltirdi.
SHunday qilib, eksperimental psixologiya – eksperimental metodlar vositasida psixik hodisalarni tadqiq qilishning umumiy nomlanishidir.
X1X asrning oxiri XX asrning boshlarida o’zining tadqiqotlari bilan psixologiya sohasiga ulkan hissa qo’shgan deyarli barcha psixologlar eksperimentatorlar bo’lishgan. Bugungi kunda esa taraqqiyoti ancha tezlashib, yangi o’rganish sohalarini egallamoqda. Psixologik metodlarning rivojlanishi va kengayishi bilan birga u o’zicha boshqa bir qator ilm sohasiga oid metodlar bilan ham chambarchas bog’liq: neyrofiziologiya, biologiya, siyosatshunoslik va boshqalar.
Eksperimental psixologiyani o’rganishdan maqsad psixika rivojlanishining individual va yosh xususiyatlarini bilgan holda ularni ob’ektiv metod va usullar bilan o’rganishdan iborat. Eksperimental psixologik tadqiqotlar psixodiagnostik tadqiqotlardan tubdan farq qiladi. Psixodiagnostik tadqiqotda aniq individ yoki individlar guruhi haqida ma’lumot olinadi, eksperimental tadqiqotda nazariy faraz tekshiriladi.



Yüklə 244,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin