Eksperimental psixologiya: tushuncha tarixi. Eksperimental psixologiyaning hozirgi davrdagi holati. Reja



Yüklə 244,04 Kb.
səhifə8/33
tarix02.06.2023
ölçüsü244,04 Kb.
#122416
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33
Eksperimental psixologiya tushuncha tarixi. Eksperimental psixo

Psixologiyada sinaluvchi xulq-atvorining tahlili va tushunishi katta ahamiyatga ega. Tushunish jarayoni qaysidir ma’noda o’lcham jarayoniga qarama - qarshidir. O’lchashda tadqiqot natijalarini ob’ektlashtirishga harakat qilamiz, tushunishda esa aksincha, sinaluvchining xulq - atvorini xususiy ma’naviy o’lchamlarida qayta ishlanadi.

Barcha psixologik empirik metodlarni ikki o’lchamli kenglikda joylashtirish qulay, qaysi o’qlari psixologik tadqiqotning 2-ta spetsifik belgilarini bildiradi.

Birinchisi – sinaluvchi va tadqiqotchi o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni borligi yoki yo’qligi yoki bu munosabatlarning intensivligi. U klinik eksperimentda eng katta va o’zini-o’zi ko’zatishda eng kamhisoblanadi.

Ikkinchisi protseduralarning ob’ektlashuvi va sub’ektlashuvidir. Bunda eng chetki variant sifatida test olish va boshqa odamni xulq-atvorini uning xatti – harakatini «sezish», empatiya, birga tugashi, shaxsiy interpretatsiyasini «toza» tushunish nazarda tutiladi.

Tadqiqotchi ikkinchi holatda hech qanday narsa ishlatmaydi deb aytish mumkin emas: ular bor, lekin «ichki» - tadqiqotchining shaxsiy malakasi, individual ma’nolari, interpretatsiya priyomlari va boshqalar. Tadqiqotchi o’lchamda ishlatadigan ashyolari tashqi bo’ladigan, boshqacha ham atash mumkin.

Birnchisi koordinata o’qini tashkil qilib «ikkita sub’ekt – bir sub’ekt» yoki «tashqi» dialog – «ichki» dialog.

Ikkinchisi «tashqi» ashyolar – «ichki» ashyolar, yoki «o’lchash interpretatsiyasi» o’qini keltirib chiqaradi. Bu o’qlar bilan tashkil qilingan kvadratlarda asosiy psixologik empirik metodlarni joylashtirsa bo’ladi.

Psixologik eksperiment bu nuqtai nazardan sinaluvchi bilan bo’lgan o’vzaro munosabat, uning xulq - atvorining ob’ektiv registratsiyasi bilan moslashadigan metoddir.


Eksperimental psixologiya metodlari
Eksperimental psixologik metodlariga murojaat qilishdan oldin ularni umum-ilmiy pozitsiyalarini ko’rib chiqamiz. Barcha metodlar ma’lumotlar olish uchun ishlatiladi. Ular aktiv va passivlarga ajratilgan. Aktivlariga laboratoriya eksperimentlari va ularning modifikatsiyasi, kvazi-eksperiment kiradi. Passivlariga – kuzatish, kichik metod, faoliyat mahsuli analizi, o’lchash va korrelyatsion kuzatuvlar, ma’lumotlar yig’ish metodi va h.k. Birinchi metodda kuzatuv, xodisa va jarayonlar bilan faol tanishtiradi.
Albatta ob’ektga ta’sir etgan holda, ikkinchi metod jarayoni esa uni faqat ro’yxat qilish bilan chegaralanadi. Kuzatuvchi ro’yxatni to’g’ridan-to’g’ri yoki savolnoma asosida yozib boradi. Xuddi shu narsa ta’sir qilish jarayonida ham qo’llanilishi mumkin. Eksperiment jarayonida to’g’ridan-to’g’ri muloqot metodi orqali o’tkaziladi. Bu ikkinchi jarayon psixologik eksperiment metodlaridir. Uchinchi jarayon ham mavjuddir. Eksperimentator kuzatuv jarayonida tabiiy usullardan yoki «tushunish metodi» dan to’g’ridan to’g’ri kuzatuvchiga nisbatan qo’llaydi. Eksperiment jarayonida kuzatuvchi vazifalarni faol bajaradi. Kuzatish, so’rov davomida esa unga hech qanday vazifa berilmaydi va u o’zini erkin tutadi. Asosiy mezonlar mavjud bo’lib bu quyidagilardan iboratdir:

  1. Eksperimental kuzatuv, sistematik kuzatuv yoki korrelyatsion kuzatuv. Ularni xususiyati shundaki, kuzatuvchi korrelyatsion asosiy o’tish davrlari o’rtasida aloqalarni aniqlaydi. Buning uchun u sara kuzatuvchilarni tanlab, ular bilan ish olib borish ketma-ketligini rejalashtiriladi.

  2. Tabiiy eksperiment va kuzatuvlar, suhbat, klinik metod, ayrim hollarni tushuntirish metodi va hokazolar. Bu metodlar inson xulq-atvorini xususiyatlarini yuzaga chiqaradi, empirik umumiyliklarga xizmat qiladi.

  3. Kvazi-eksperiment. «Oraliq» tabiiy metodlar orqali kuzatuv o’tkazish bilan qattiq nazoratli kuzatuvlar o’zgarishiga aytiladi. Kvazi-eksperiment metodi yordamida to’liq sxemani yaratish mumkin emas. Ammo bu kamchilikka qaramay kvazi-eksperimental regionlardan foydalanish imkonini beradi. Eksperimental kuzatuvlarning barcha noeksperimental metodlarga ziddir.

Xuddi shuni F.SH.Mak Giksen quyidagilarda ko’rsatadi:

  1. Klassik klinik metod.

  2. Tabiiy kuzatish.

  3. So’rovnoma

  4. Arxiv tekshirish

  5. Korrelyatsion aloqani o’rnatish.

  6. Kvazi-eksperiment.

M.V.Metlin esa quyidagilarda ko’rsatadi.

    1. Tabiiy kuzatish

    2. So’rovnoma

    3. Korrelyatsion kuzatuv

    4. Arxiv tekshirish

    5. Alohida hollarni o’rganish.

A.K.Kobzi eksperimentga korrelyatsion metodini va eksperimentgacha metodini qarama-qarshi qo’yadi. Ularga: so’rovnoma, umumiy kuzatish va umumiy eksperiment. Xulq atvorni o’rganishga arxiv metodi, o’z-o’ziga baho berish va testni ko’rib o’tadi.
Formal ko’rinishlarga esa bir necha eksperimental kuztuvlarni tiplari ajratiladi. Bularni qidiruv (izlanish) va tasdiqlash eksperimentlarda ko’rish mumkin. Ularning farqi ishlab chiqarish muammosini darajasiga qarab ajratiladi. qidiruv eksperimenti mustaqil yoki tobe o’zgarishlarga o’tishda o’zaro aloqa davrida olib boriladi.
Algoritm kuzatuv quyidagi ko’rinishda bo’ladi.

  1. A va V orasidagi bog’lanish farazi sababi.

  2. Qidiruv eksperimentini o’tkazilishi.

  3. Faraz tasdiqlanmasa yangi qidiruv eksperimenti yordamida faraz ko’rib chiqiladi. Agarda faraz tasdiqlansa, miqdor funktsional faraz ilgari so’riladi

  4. Tasdiqlov eksperimenti o’tkaziladi.

  5. O’zgarish aloqalari haqida faraz qabul (yoki rad) qilinadi va aniqlik kiritiladi.

Psixologik eksperimentlarda «Kritik eksperiment», «pilotaj kuzatuv», «pilotaj eksperiment», «yopiq eksperiment», «tabiiy eksperiment» laridan foydalaniladi.
Pilotaj kuzatuv termini eksperiment jarayonida sinov holatida ko’riladi.
Bu usul asosan eksperimentga kirish vaqtida qo’llaniladi. U qat’iy kuzatuvga muxtoj emas. Bu usul orqali olingan ma’lumotlar ishonchli emas. Bu narsa ko’pgina xatolarni oldini olishga yordam beradi.
«Dala sharoitida kuzatish» real xayotdagi o’zgarish holatlarini kundalik xayotda olib boriladi. O’z holiga ko’ra bu usul kvazi-eksperimentiga taalluqli deyishimiz mumkin. CHunki uni eksperiment jarayonida nazoratga olib bo’lmaydi. Tabiiy va dala sharoitidagi eksperiment ilmiy ma’lumotlarni olishni yagona usuli hisoblanadi. Eksperimental kuzatuvlarni psixologiyada boshqa fanlar singari bir necha bosqich orqali amalga oshiriladi.
Eksperimenal psixologik kuzatuvlarning asosiy bosqichlarini ko’rib chiqamiz.

  1. Hamma kuzatuvlar uning mavzusidan boshlanadi. Mavzu: kuzatuv doirasi, muammo doirasi, predmet tanlash, ob’ekt va metod. Ammo eng asosiysi bu o’z birlamchi muammosi. Kuzatuvchi zamonaviy psixologiya haqidagi bilimlardan qoniqardi u muammoni his qildi, qaysi nazariya qarshi, zid tushunchalarni keltirib chiqarildi. Empirik kuzatuvlarni uch asosiy hollarda o’tkaziladi.

- Farazni tekshirish va uning mavjudligi;
- Farazni tekshirish orqali aloqani aniqlash;
- Farazni tekshirish A va V ko’rinishlarni bir-biriga tobeligi.

  1. Birinchi bosqichdan so’ng ikkinchi adabiyotlar bilan ishlash. Kuzatuvchi eksperimental ma’lumotlarni o’rganib chiqishi, boshqa psixologlarning fikrini o’rganib chiqishi kerak. Hurmatga sazovorlarni «Rossiyaning ilmiy jurnallaridan «Psixologik jurnal», «Psixologiya savollari», MGUning psixologiya fanidan axborotnoma va h.k.». adabiyotlar bilan ishlashda farazlarni ko’rib chiqish bilan birga, yangi farazlarni keltirib chiqarish mumkin.

  2. Keyingi bosqichda farazni aniqlash ko’rib o’tiladi. Psixolog real psixika bilan emas, vaziyatning tashqi ko’rinishlarini boshqaradi. Bu kuzatuvchining psixikasini boshqaradi.

  3. Kuzatuvchi eksperiment qurolini tanlashi kerak. Bu unga: a) o’zgarishni mustaqil boshqarish; b) tobe o’zgarishni ro’yxatga olish; v) bu yerda gap metodikaga tegishli aniq axborotlarga ega bo’lishidir. Kuzatuvlar jarayonida turli xil metodikalardan foydalanish mumkin. a) «Berkitilgan figura» testi; b) «Siyoh ramka» yoki «Xos ramka» testi; v) «Siyoh - egik xona» va h.k. Birinchi ko’rinishda kuzatuvchida zamon Vitkin – Gotshalьd testi bloki va sekundomer bo’lishi kerak. Ikkinchi ko’rinishda esa avtomatlashgan eksperiment. Bu kompьyuter yordamida va nihoyat uchinchi ko’rinishda jihozga – eksperimental kamera zarur. Psixologik eksperimentda turli xil psixofiziologik ham apparatura qo’llaniladi. Faqat kuzatuvchini testlar bilan toliqtirib qo’yish kerak emas. Ming afsuski, bizda psixologik eksperimental kuzatuvlarni o’tkazish uchun apparaturalar bilan muammolar juda ko’p va eksperimental laboratoriyalar standartlarga javob bermaydi. Test metodikalari ham kuzatuvchi va amaliyotchilarni qoniqtirmaydi. SHuning uchun ko’pgina apparaturalar mustaqil tayyorlanadi. Yoki imkoniyat bo’lsa tibbiyot jihozlaridan foydalaniladi.

  4. Eksperimental kuzatuvlarni rejalashtirish asosiy bosqich hisoblanadi. Birinchi o’rinda gap tashqi o’zgaruvchinlarning ichki tobe o’zgaruvchinlarida ta’sir etishi mumkinligi haqida ketmoqda. Rejalashtirish ichki va tashqi eksperimentning validligiga juda zarur keyingi bosqich bo’lib eksperimental reja hisoblanadi. Kuzatuvchi eksperimentni bir sinaluvchi bilan o’tkazishi mumkin. Bu holda kuzatuvchi kuzatuv uchun bir reja asosida ish olib boradi. U guruhiy bir qator rejalarni ham eksperimentda qo’llashi mumkin. Vaqt va resurslarni tanqisligi sababli kuzatuvchi maksimal oddiy rejalashtirish asosida olib boradi. Murakkab farazlarni aniqlash uchun murakkablashgan rejalardan foydalaniladi. Sodda rejalarga asosiy va nazorat rejalar kiradi. Lekin undan ham murakkab bo’lgan eksperimental rejalar mavjud D.Kempbel tomonidan ikki o’zgaruvchilarning orasidagi aloqani aniqlash uchun protsessual klassifikatsiya rejasi yaratildi. Ulardan asosiysi: sodda reja – ikki guruh uchun test o’tkazish (test-ta’sir-retest); 2 rondomizirlangan guruhlar test o’tkazmaydi (rondomizatsiya – ta’sir - test); Solomon rejasi 4 guruh uchun. Bu undan oldingi ikki guruhni birlashtiradi. Ular chinakam eksperiment rejalari hisoblanadi. Agarda chinakam eksperiment rejasini qo’llay olmasa unda kvazi-eksperiment rejalaridan foydalaniladi.

  5. Sinaluvchilarni tanlash va guruhlarga bo’lish eksperimental rejaga asosan olib boriladi. Ko’pgina hayvonlar va odamlar bu kuzatuvlarda tanlanma deb ataladi. Psixogenetika bo’yicha mutaxassis sinaluvchi qilib mono-dizigota egizaklarini shu bilan ularni buvi-buva, ota-onalarni ham tanlaydi. Tibbiy psixolog afg’on urushida qatnashganlarda postravmatik stress sindromiga yo’liqqanligi sababli ularda agressiv hulq-atvorni o’rganadi. Barcha potentsial kuzatuvchilar turli xil yoki jins, ijtimoiy holati, bilimi darajasi sog’lig’i va xokazolar bilan xarakterlanadi. Undan tashqari ular turli individual psixologik xususiyatlariga egadirlar. Masalan: intellekt darajasi bilan neyrotizm, agressiya tanlanmaning asosiy talabi reprezentativlik. Sinaluvchilar guruhlarga to’g’ri joylashtirilgan bo’lishi kerak. Barcha guruh ekvivalent bo’lishi kerak.

  6. Eksperimentni o’tkazish bu eng asosiy jiddiy, javobgarlikni talab etadi. Kuzatuvchi ko’nikma va malakalarga ega bo’lishi zarur. Eng zo’r g’oyani ham kuzatuvchi malakasizligi tufayli ham buzib yuborishi mumkin. Eksperiment jarayonida kuzatuvchi sinaluvchiga ta’sir jarayonini tashkillashtiradi. +onun- qoidalar bilan tanishtiradi, kerak bo’lsa o’rgatish, tayyorlash ishlarini olib boradi va nihoyat kuzatuvchi eksperimentdan so’ng sinaluvchi bilan so’rovnoma o’tkazadi (posteksperimental interьvyu). a) eksperimentga tayyorgarlik. Kuzatuvchi eksperimentga xona va jihozlarni tayyorlaydi. Eng asosiy bosqich bu yo’riqnoma bilan tanishtirish. U qisqa 11 so’zdan oshishi kerak emas; b) sinaluvchilarga yo’riqnoma va motivni yetkazish, yo’riqnoma o’z ichiga motivni olishi kerak. Sinaluvchi eksperiment jarayonida qanday imkoniyatlarga ega bo’lishini bilishi kerak. Ko’pgina hollarda sinaluvchilarga bunday sharoit odatiy bo’lmaganligi sababli ularda hayajon kuzatiladi. Ularni diqqati bo’linishi mumkin. Undan tashqari yo’riqnomani tez tushunib yetish kognitiv individual xususiyatlarga bog’liq. SHuning uchun sinaluvchi yo’riqnomani tushunganligini aniqlab olish juda muhim; v) eksperiment boshida sinaluvchilarni qobiliyati, sinaluvchi sifatida ishtirok etishi xohishiga qarab aniqlanadi. Uning sog’lig’i ham tekshiriladi. Eksperimentdan oldin uning oldida xatti-harakat faoliyat rejasi bo’lishi kerak. Odatda eksperiment paytida yordamchi assisent ishtirok etadi. U yordamchi ishlarini olib boradi. Ko’p hollarda assistsent qaydnomani yozib boradi. Unda sinaluvchining javoblari yozib boriladi. Undan tashqari u sinaluvchini umumiy kuzatib eksperiment jarayonida yuzaga keladigan ishlarni belgilab boradi. U apparaturalarni ishlab turishiga ham javobgar.

  7. Statistik metodlarni qayta ishlash, ular bilan ishlash va natijalarning tahlili – keyingi bosqichdir. Odatda metodlarni qayta ishlash eksperimentni rejalashtirish bosqichida yoki undan oldin bo’lib o’tadi. Eksperimental faraz statistika ko’rinishida keladi. a) ikki va undan ortiq guruhlarning o’xshashligi; b) mustaqil o’zgaruvchilarni ta’siri; v) tobe va mustaqil o’zgaruvchilarni statistik aloqasi; g) Potent o’zgaruvchilar tuzilishi. Ma’lumotlarni matematik qayta ishlash uchun standart paket programma mavjud. Bizga ma’lum va qulaylari: statistica, stadia, stadgrapnics, Sy Stat, SPSS, SAS, BMDP. Barcha paketlar bo’linadi: 1. stsetslashgan paket, 2. umumfoydalanish paketi; 3. umum foydalanish uchun to’liq bo’lmagan paket. Kuzatuvchilarga umumfoydalanish paketi maslaxat beriladi. Barcha programmalarni hujjatlar bilan to’ldiriladi. Eksperimentatorlarni aytishicha eng yaxshi variant bu SPSS paketidir.

  8. Mulohaza va natijalar interpretatsiyasi kuzatuv tsiklini yakunlaydi. Eksperimental kuzatuvlarda faraz tasdiqlanadi yoki rad etiladi: «Agar A unda V».

Kuzatuvchi o’z mulohazalarini bildiradi va nihoyat u o’z xulosasini tahlil qiladi.
Bu kuzatuvning oxirgi bosqichi hisoblanadi; qo’lyozma, risola, monografiya, ilmiy jurnal redaktsiyasiga xat tayyorlanadi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, eksperimental kuzatuv aniq sxema orqali o’tkaziladi. Uni o’tkazishning asosiy bosqichi; muammoning tuzilishi va farazni ko’tarib chiqarish, metodikaningtuzilishi, apparatura tanlash, sinaluvchilarni tanlash, o’zgaruvchilarni nazorat qilish rejasi, eksperiment o’tkazish, natijalarni qayta ishlash va tahlil qilish, ilmiy hisobotga tayyorgarlik. SHundan so’ng kuzatuv yakun topgan hisoblanadi. Ilmiy faraz tasdiqlandimi yoki rad etildimi, natija jamoa fikriga tashlanadi.
Kuzatish metodining asosiy afzalligi shundan iboratki, kuzatish tabiiy sharoitda o’tkaziladi, kuzatish kuzatilayotgan shaxslarning odatdagi hulq-atvorlarini o’zgartirmaydi. Kuzatishni bitta odam ustida ham va bir guruh shaxslar ustida ham olib borish mumkin. Bu metod bolalar bog’chasi guruhlaridagi yoki maktab sinfidagi bolalarni o’rganish uchun qulaydir. Kuzatish metodining kamchiligi uning anchagina mehnat talab qilishidir. Tadqiqotchi psixologni hulq-atvorning istalgan qiyofada emas, balki konkret tadqiqot vazifalari bilan bog’liq holda namoyon bo’lishigina qiziqtiradi. SHuning uchun kuzatiluvchi shaxs xususiyatlari va psixik holatlarining o’ziga kerakli tarzda namoyon bo’lishini kutib turishi kerak. Bundan tashqari, psixik xususiyatlarning yakka holda namoyon bo’lishini kuzatish va qayd qilish yetarli emas. Tadqikotchi u yoki bu xususiyatlarning xarakterligiga, tipikligiga ishonch hosil qilishi kerak.
Eksperiment. Eksperiment metodining asosiy farqi va afzalligi shundan iboratki, bunda tadqiqotchi o’z hoxishi bilan qandaydir psixik jarayon yoki xususiyatni yuzaga keltirib psixik hodisaning tashqi sharoitga bog’liqligini tekshirib ko’rishi mumkin. Eksperiment metodining ana shu afzalligi uning psixologiyada keng qo’llanilishi bilan tushuntiriladi. Empirik, ya’ni tajriba yo’li bilan qo’lga kiritilgan faktlarning asosiy ko’pchiligi psixologiyada eksperimental yo’l bilan olingandir. Biroq har qanday tadqiqot qilinadigan vazifalarga eksperimentni qo’llab bo’lmaydi. Masalan, agarda psixik jarayonlar va funktsiyalar ko’proq eksperiment yo’li bilan o’rganilsa, shaxsning birmuncha sodda xususiyatlari (temperament, ko’pgina qobiliyatlar) ham shu metodda o’rganiladi. Lekin harakterning va qobiliyatlarning murakkab turlarini hali eksperiment metodi bilan o’rganib bo’lmaydi.

Yüklə 244,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin