Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, o‘quviga, ko‘nikmasiga qo‘yiladigan talablar. Dinshunoslik fanining asosiy vazifasi talabalarda mustaqil va zamonaviy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish. Bundan tashqari olingan bilimlar bo‘yicha mustaqil mulohazalar yuritish, bahs va muloqot olib borish ko‘nikmalarini shakllantirish. Dinshunoslikni o‘qitish va o‘rganish jarayonida chuqur ilmiylik, tarixiylik, xolislik tamoyillariga amal qilinishi,talabalar mazkur fan mazmunini chuqur o‘zlashtirishlariga erishish ularda din xaqida ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, mustaqil O‘zbekistonda din, diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan, dinga e’tiqod qilish yoki qilmaslik har bir kishining shaxsiy ishi ekanligini tushuntirish, din ma’naviy madaniyatning tarkibiy qismlaridan biri sifatida uni siyosiylashtirishga yo‘l qo‘ymaslik lozimligini tushuntirish va ushbu fan bo‘yicha talabalarda ko‘nikma hosil bo‘lishi lozim.Diniy 6ag‘rikenglik tamoyillariga amal qilish, dunyokarash sifatida jamiyatning boshqa a’zolarini barkamol shaxs sifatida shakllanishiga ko‘maklashish, Vataniga va milliy qadriyatlariga sadoqatli, xar tomonlama etuk komil insonlarni tarbiyalash malakalarigaegabo‘lishikerik. Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubi jihatdan uzviy ketma-ketligi Dinshunoslik fani o‘quv rejasiga kiritilgan bir qancha ijtimoiy fanlar bilan bog‘liq.U 3 semestrda o‘tiladigan, umumiy dunyokarashni shakllantiradigan fanlar sirasiga kirib, ko‘pgina fanlar bilan o‘zaro bog‘liqlikda. Masalan: “O‘zbekiston tarixi”, “Ma’naviyat asoslari”, “Falsafa”, “Milliy istiqlol g‘oyasi”, “Huquqshunoslik”, “Konstitutsiya asoslari” kabi fanlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ular bilan uyg‘unlashtirilgan.