3. KURS ISHINING BAJARILISHI
Kurs ishini amaliy qismi asosan “Biotexnologiya” kafedrasi laboratoriyasida,
O‘zbekiston Milliy Universiteti “Biologiya-tuproqshunoslik” fakultetida, O‘zRFA
O.S.Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo ilmiy-tadqiqot instituti va O‘zRFA
Mikrobiologiya instituti laboratoriyalarida va O‘zRFA Genomika va Bioinformatika
markazi laboratoriyalarida bajariladi. Kurs ishini bajarayotgan talabaning ilmiy
izlanish jarayonini “Biotexnologiya” kafedrasi professor – o‘qituvchilari nazorat
qiladi.
Talaba tomonidan bayon etiladigan amaliy qism aniq, izchil va qisqa bo‘lishi
lozim. Kurs ishi ko‘proq talabaning shaxsiy muloxazalaridan, misollar va rasmlar,
solishtirish va umumlashtirish, tajriba materiallarini keltirishdan tashkil topgan
bo‘lishi kerak.
Kurs ishlarini rahbari va maslahatchini vazifasi bu talabani ish bajarish va
to‘g‘ri echimlar qabul qilishda nazorat qilishdadir. Kurs ishlari bajarish jarayonida
yangi texnologik masalalarni yangi echimini tanlashda va munozarali savollarga
echim qabul qilishda rahbarlar yordam beradi. Talaba eca kurs ishi bajarish
bosqichlarida tashabbus ko‘rsatmog‘i, texnologik echimlar variantlarini tahlil qilish
va baholashni namoyon etishi lozim. Optimal variantlarni o‘zi tanlashi, me’yoriy
hujjatlar va ma’lumotnomalardan (spravochniklar) foydalanishni bilishi kerak.
Tayyor kurs ishi quyidagi talablarga ko‘ra rasmiylashtiriladi va o‘kuv grafigida
belgilangan muddatda kafedrada himoyaga qo‘yiladi. Agarda kurs ishlardagi
materiallarga ta’luqli salbiy fikrlar bildirilsa, ular himoyagacha to‘g‘rilanishi kerak.
Kurs ishida qabul qilingan echimlarga, mazmuniga va himoya kuniga talabani o‘zi
ma’sul hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |