9
5. KURS ISHINI RASMIYLASHTIRISH
Kurs ishini talaba elektron variantini diskda taqdim etadi, qog‘ozdagi nusxasi
muqovalangan ko‘rinishda topshiriladi. Kurs ishlari tarkibiga yozuv-tushuntirish va
chizma qismlari kiradi. Kurs ishlari bajarilayotganida jadval va izlanish natijalarini
yorituvchi grafiklar chizilishi shart. Kurs ishining chizma qismi A3 formatdagi
vatman qog‘ozda bajariladi.
Yozuv-tushuntirish qismi yozuv matnli hujjatlar me’yoriy talablarga qoniqarli
darajada javob berishi kerak (GOST 2.05-79). Yozuv-tushuntirish qismining
umumiy hajmi 30-35 betni tashkil etadi. Ish standart A4 formatli oq qog‘ozning faqat
1 yuzasiga yoziladi. Standartga mos holda har bir varaqni yozishda 4 tomondan
hoshiya qoldirilish kerak. Har bir bet xoshiyalari chap tomondan 3 sm, yuqori va past
tomonidan 2 sm, o‘ng tomonidan 1 sm joy qoldirishi lozim. Matn Times New
Roman shriftida, 14 keglda, 1.5 sm interval bilan qog‘ozni bir tomonida yoziladi.
Varaqlarni nomerlash pastdan ketma-ketlikka rioya qilgan hoda 3-varaqdan (kirish)
boshlab belgilanadi, ya’ni titul varag‘i va mundarijadan so‘ng.
Titul varaqda quyidagi ma’lumotlar beriladi: Vazirlik va oliy o‘quv yurti nomi,
fakultet, kafedraning nomi, fanning nomi, kurs ishining mavzusi, kurs ishini bajargan
talabaning ismi, familiyasi, tahsil olayotgan yo‘nalishi, kursi va guruhi to‘liq aks
etilgan bo‘lishi kerak. Kurs ishiga rahbarlik qilgan o‘qituvchining familiyasi, ismi,
sharifi va lavozimi, kurs ishi topshirilgan o‘quv yili keltiriladi.
Kurs ishi titul varag‘i yagona nusha bo‘yicha rasmiylashtiriladi (1-ilova).
Titul varag‘idan keyin ishning mundarijasi beriladi. Bunda har bir paragraflar nomi
va varaqlar soni yoziladi. Mundarijada kurs ishlaridagi bo‘limlar, punkt, kichkina
sarlavhachalar ro‘yxatida yozuv-tushuntirish xatida joylashishi kabi joylashtiriladi.
Kirish qismi raqam bilan ifodalanmaydi. Adabiyotlar sharhi, amaliy qism,
xulosa , foydalangan adabiyotlar ro‘yxati bo‘limlari rim raqamlari bilan ifodalanadi.
Bo‘limlar nomi qisqacha bo‘lib, mundarijaga mos bo‘lishi shart.Sarlavhada so‘zlar
bir qatordan ikkinchisiga bo‘lib o‘tkazilmaydi. Sarlavhadai keyin nuqta qo‘yilmaydi.
Agarda sarlavha ikki gapdan iborat bo‘lsa, ular nuqta bilan ajratiladi. Grafik,
chizmalar tagidan yozuv ham to‘liq yoziladi.
Formulalar arab raqamlari bilan belgilanadi, nomeri eca varaqni o‘ng
tomonida dumaloq qovusga olinadi va formula bilai bir chiziqda yoziladi. Formulaga
kirgan rakam koeffitsientlar va belgilap formulani pastida, formulada keltirilgai
ketma-ketlikda keltiriladi.
Dostları ilə paylaş: