6.3.3. Texnologik chizma.
Texnologik chizma izohida texnologik sxemalar mufassal bayon etiladi. Xom-
ashyoni keltirishidan boshlab to tayyor maxsulot iste’molchiga etib borgunga qadar
o‘tkaziladigan ishlab chiqarish amallarini ketma-ketligi ko‘rsatiladi. Texnologik
chizmani izohi texnologik jarayonning barcha bosqichlari bo‘yicha berilgani
maqsadga muvofiqdir va texnologik jarayon bayoninining o‘qilishini osonlashtiradi.
Dastlab xom-ashyolarni bo‘limga kelishi, qabul qilinishi, saqlanishi, qanday
birlamchi qayta ishlovga berilishi, qaysi vosita orqali va qanday uzatilishi va jihozga
kiritilishi ko‘rsatilishi lozim. Sex ichidagi materiallar, chiqindi va tayyor maxsulotni
sex-bo‘lim ichidagi harakatlanish uslublari ham izohlanadi. Tayyor maxsulotni
kondensiyalari, qaysi shaklda jo‘natilishi ko‘rsatilib, yakunlanadi. Texnologik
chizmani chizmadagi texnologik chizmasi keltirilgan «pozitsiya» nomerlari bilan
izohlanadi.
Dostları ilə paylaş: |