Toshkent farmatsevtika instituti sanoat farmatsiyasi fakulteti biotexnologiya kafedrasi



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/32
tarix02.01.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#44867
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32
Курс иши услубий кўрсатма БФМ

 

6. BO‘LIMLAR BO‘YICHA KO‘RSATMALAR 

6.1. Kirish. 

Kurs  ishining  boshida  kirish  so‘zi  yoziladi.Kirish  so‘zida  talaba  ishining  maqsadi, 

vazifasi,  mavzuning  axamiyati  va  dolzarbligi  to‘g‘risida  ma’lumot  beradi.Qo‘yilgan 



10 

 

masalaning holati, qiska tavsifi  va joriy etilgan yangiliklar qisqa va  aniq ifodalanishi 



zarur.  

 

6.2. Adabiyotlar sharxi. 

Kurs  ishi  har  qanday  malakaviy  ish  kabi  zamonaviy  adabiyot  bilan  tanishmasdan 

talab darajasida bajarilishi mumkin emas. Adabiyotlar O‘zbekiston Respublikasida va 

chet  el  mamlakatlarida  muntazam  chop  etiladi  va  Internet  bilan  bog‘lanish  ayrim 

texnologik 

aspektlarni 

o‘rganishda  askotadi.  Ishlab  chiqarish  to‘g‘risida 

monografiyalar,  maqolalar,  patentlar  to‘g‘risida  to‘liq  axborot  referativ  jurnallarda 

chop etiladi. Katta axborot oqimida yul topish va aniq mavzular bo‘yicha ahamiyatli 

ma’lumotlarni  nazardan  o‘tkazib  yubormaslik  uchun  adabiyotlarni  tanlashda  va  u 

bilan ishlashda ma’lum tizimga rioya qilish lozim. 

         Mavzuni  olgan  talaba,  uni  yoritishda  kerakli  adabiyotlar,  ilmiy  jurnallar    va 

internet  resurslaridan  oqilona  foydalanishi  mumkin.  Foydalanilgan  adabiyotlar  soni 

10  tadan  kam  bo‘lmasligi  lozim.  Mavzu  bo‘yicha  adabiyotda  mavjud  materiallarni 

chuqur o‘rganib chiqib, me’yoriga keltirib, tartib bilan yozib chiqish va undan kelib 

chiqqqan  umumiy  xulosa  asosida  talaba  o‘zining  oldida  turgan  eksperimental  ishini 

bajarish usullarini ishlab chiqadi. 

         Kurs ishlari bilan bog‘liq savollarni xar tomonlama va chuqur o‘rganish uchun 

zarur  va  kerakli  adabiyotlarni   har  bir  talaba  o‘zi  uchun  topishi  kerak.  Kurs  ishlari 

muallifini  qiziktiruvchi  savollar  Internet  va  kataloglarni  ko‘rib  chiqib  darslik  va 

monografiyani  muvofiq  boblaridan  topib  o‘rganishdan  boshlash  lozim.  Ayrim 

boblarda  va  kitob  ohiridagi  adabiyotlar  ro‘yxati  keyingi  bosqichda  kerakli 

yo‘nalishda  adabiyotlar  topishda  ko‘rsatma  vazifasini  bajarishi  mumkin.  Ko‘rib 

chiqilgan  adabiyotlarni  qiska  mazmuni  kerakli  yo‘nalishda  tizimlashtiriladi. 

Adabiyotni  dastlab  ko‘rib  chiqib,  olgan  materiallarni  umumiylashtirib,  talaba  nuqtai 

nazaridan  e’tiborga  sazovor  bo‘lgan  malumot  manbaiga  qaytishi  va  chuqur  tahlil 

qilishi tavsiya etiladi. 

          ToshFarmi  talabalari  uchun  adabiyotni  asosiy  fondi  deb  Internet  saytlari, 

Ziyonet  ,  institut  kutubxonasi  hisoblanadi.  O‘zbekiston  Respublika    A.Navoiy 

nomidagi  kutubxona,  Respublika  ilmiy  texnika  kutubxonalari,  Turon    Markaziy  

Respublika  va  Fanlar  Akademiyasi  kutubxonalari  turli  soha  kitob  va  jurnallarni 

takdim etadi. 

 


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin