Toshkent farmatsevtika instituti sanoat farmatsiyasi fakulteti biotexnologiya kafedrasi



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/32
tarix02.01.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#44867
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32
Курс иши услубий кўрсатма БФМ

III.Xulosa. 1-2 bet 

1.   Adabiyotlar sharxidan kelib chiqqan xulosa 

2.  Amaliy qismning har bir bobiga oid xulosalar. 

  IV.Foydalanilgan  adabiyotlar  (10tadan  kam  emas)  va  internet  resurslari 

ro‘yxati (1-2 bet).  

 



 

5. KURS ISHINI RASMIYLASHTIRISH 

Kurs  ishini  talaba    elektron    variantini  diskda  taqdim  etadi,  qog‘ozdagi  nusxasi 

muqovalangan  ko‘rinishda  topshiriladi.  Kurs  ishlari  tarkibiga  yozuv-tushuntirish  va 

chizma  qismlari  kiradi.  Kurs  ishlari  bajarilayotganida  jadval  va  izlanish  natijalarini 

yorituvchi  grafiklar  chizilishi  shart.  Kurs  ishining  chizma  qismi  A3  formatdagi 

vatman qog‘ozda bajariladi. 

         Yozuv-tushuntirish  qismi  yozuv  matnli  hujjatlar  me’yoriy  talablarga  qoniqarli 

darajada  javob  berishi  kerak  (GOST  2.05-79).   Yozuv-tushuntirish  qismining 

umumiy hajmi 30-35 betni tashkil etadi. Ish standart A4 formatli oq qog‘ozning faqat 

1  yuzasiga  yoziladi.  Standartga  mos  holda  har  bir  varaqni  yozishda  4  tomondan 

hoshiya qoldirilish kerak. Har bir bet xoshiyalari chap tomondan 3 sm, yuqori va past 

tomonidan  2  sm,  o‘ng  tomonidan  1  sm  joy  qoldirishi  lozim.  Matn    Times  New 

Roman  shriftida,  14  keglda,  1.5  sm  interval  bilan    qog‘ozni  bir  tomonida  yoziladi.

 

Varaqlarni  nomerlash  pastdan  ketma-ketlikka  rioya  qilgan  hoda  3-varaqdan  (kirish) 



boshlab belgilanadi, ya’ni titul varag‘i va mundarijadan so‘ng. 

          Titul varaqda quyidagi ma’lumotlar beriladi: Vazirlik va oliy o‘quv yurti nomi, 

fakultet, kafedraning nomi, fanning nomi, kurs ishining mavzusi, kurs ishini bajargan 

talabaning  ismi,  familiyasi,  tahsil  olayotgan  yo‘nalishi,  kursi  va  guruhi    to‘liq  aks 

etilgan  bo‘lishi  kerak.  Kurs  ishiga  rahbarlik  qilgan  o‘qituvchining  familiyasi,  ismi, 

sharifi va lavozimi, kurs ishi topshirilgan o‘quv yili keltiriladi. 

Kurs ishi titul varag‘i yagona nusha bo‘yicha rasmiylashtiriladi (1-ilova). 

Titul  varag‘idan  keyin  ishning  mundarijasi  beriladi.  Bunda  har  bir  paragraflar  nomi 

va  varaqlar  soni  yoziladi.  Mundarijada  kurs  ishlaridagi  bo‘limlar,  punkt,  kichkina 

sarlavhachalar ro‘yxatida yozuv-tushuntirish xatida joylashishi kabi joylashtiriladi. 

           Kirish  qismi  raqam  bilan  ifodalanmaydi.  Adabiyotlar  sharhi,  amaliy  qism, 

xulosa , foydalangan adabiyotlar ro‘yxati bo‘limlari rim raqamlari bilan ifodalanadi. 

Bo‘limlar  nomi  qisqacha  bo‘lib,  mundarijaga  mos  bo‘lishi  shart.Sarlavhada  so‘zlar 

bir qatordan ikkinchisiga bo‘lib o‘tkazilmaydi. Sarlavhadai keyin nuqta qo‘yilmaydi. 

Agarda  sarlavha  ikki  gapdan  iborat  bo‘lsa,  ular  nuqta  bilan  ajratiladi.  Grafik, 

chizmalar tagidan yozuv ham to‘liq yoziladi. 

           Formulalar arab raqamlari bilan belgilanadi, nomeri eca varaqni o‘ng 

tomonida dumaloq qovusga olinadi va formula bilai bir chiziqda yoziladi. Formulaga 

kirgan rakam koeffitsientlar va belgilap formulani pastida, formulada keltirilgai 

ketma-ketlikda keltiriladi. 




Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin